Psixologiya diqqat jarayonini olti asosiy yondashuvlar bilan bayon qilishi mumkin. Ularning har biri inson aqliy faoliyatining bir tomonini murakkab asosi deb hisoblaydi. Lekin hech qaysi gipoteza aniq tan olinmagan. Birinchi bo‘lib diqqatni emotsional tushunish yondashuvni T.Ribo targ‘ib etgan va diqqat bilan emotsiya bir- biridan kelib chiqadi deb hisoblagan. T.Ribo fikricha, ihtiyoriy diqqatning intensivligi va davomiyligi diqqat ob’ekti orqali vujudga keladigan emotsiyalar xarakteristikasi bilan shartlangan bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |