Diqqat va uning Fiziologik asoslari


Download 429.42 Kb.
bet2/7
Sana05.01.2022
Hajmi429.42 Kb.
#203749
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Komilboyeva Mokhinurkhan 218 psychology

Diqqat inson faoliyatining barcha turlarini muvaffaqiyatli amalga oshirishni va ularni samaradorligini ta’minlovchi muhim shartlardan biridir. Kishi faoliyati qanchalik murakkab, serzahmat, davomiylik jihatdan uzoq muddatli, mas’uliyat xissini taqozo qilsa, u diqqatga shunchalik yuksak shartlar va talablar qo‘yadi. Inson ziyrakligi, farosatliligi, tez payqashi, sinchkovligi, dilkashligi uning turmush sharoitida, shaxslararo munosabatida muhim omil sifatida xizmat qiladi.


Fiziologik diqqat ruhiy jarayonlar bilan birga nerv markazlari orqali ishlaydi. Vizual eshituv va boshka his-tuyg‘ular, idrok, shuningdek harakat kabilar orqali fiziologik diqqat . Miya yarim sharlari po‘stlog‘ida muayyan qismlarining faoliyati bilan bog‘liq biroq uni amalga oshirish uchun hech qanday maxsus nerv markazi mavjud emas. Ruhiy holatlarning aniq markaziy qismi bo‘lmasa-da ko‘rish qobiliyati eshitish qobiliyatiga nisbatan bosh miyaning boshqa qismlari bilan bog‘liq, huddi shu kabi oyoq va qo‘l harakatlari ham gapirish qobiliyatiga nisbatan bosh miyaning boshqa burchagida joylashgan.

Oliy asab faoliyatini o‘rganishda bosh miya po‘stlog‘ining turli sohalarda nerv markazlari hech qachon bir vaqtning o‘zida bir xil qo‘zg‘algan yoki cheklangan holda bo‘lmaydi. Agar biz u yoki boshqa faoliyat bilan bog‘liq miya qobig‘idagi fiziologik jarayonlarni nazorat qilishimiz mumkin bo‘lganida, unda biz har vaqtda bosh miyaning u yoki bu qismidagi doimiy optimal bo‘lgan va boshqa qismlari esa kuchsizlangan holatda bo‘lgan jarayonni kuzatgan bo‘lardik “Agar bosh suyagi qopqoq bilan miya yarim sharlarini ko‘rish mumkin bo‘lganda, insonni fikrlayotgan vaqtida uning miya yarim sharlaridagi doimiy shakli va nihoyatda tartibsizligi, hajmining o‘zgaruvchanligi harakatlarini kuzatgan bo‘lardik »(Pavlov).



Download 429.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling