Diqqat va uning xususiyatlari reja: Diqqat haqida tushuncha. Diqqatning fiziologik asoslari


Download 23.94 Kb.
bet4/5
Sana24.12.2022
Hajmi23.94 Kb.
#1051750
1   2   3   4   5
Bog'liq
DIQQAT VA UNING XUSUSIYATLARI

4. DIQQATNING XUSUSIYATLARI
Diqqatning oziga xos xususiyatlariga uning kuchi va barqarorligi, bolinishi, kulami, parishonxotirlik, taqsimlanishi kabilar kiradi. Dastavval diqqatning barqarorligidan iborat bolgan tomonini ajratib korsatish kerak. Biz malum vaqt oraligidagi diqqat tolqini haqida gapirishimiz mumkinmi? Ayrim tadqiqotchilar diqqatning davomiyligini sof biologik ritmlar bilan cheklashga intilganlar. Ular diqqatni tebranishi deb, atalishi xususiyatini diqqatning biologik ritmiga kiritganlar. Diqqatning tebranish xususiyati, odatda bilinar- bilinmas qozgatuvchilar orqali organiladi. Masalan: soatning chiqillashiga quloq soladigan bolsak, diqqatimiz jiddiy qaratilgan bolishiga qaramay, bu ovoz bazan payqaladi, bazan esa payqalmay qoladi. Bir - biriga yaqin bolgan yoruglik farqini ajratishda xuddi shunday hodisa roy beradi. Diqqatning bunday tebranish davrlari hisoblab chiqilgan. Malum bolishicha, diqqat tebranishining davomiyligi unchalik katta bolmay 1,5sekunddan 2,6 sekundgacha etadi. Bu hol diqqat tebranishining asosini biologik jarayonlari tashqil etishini korsatuvchi bir dalil boladi. Diqqatimizni uzoq vaqt davomida biror harakatsiz ozgarmas obekt ustida toplashga imkoniyatimiz bolmasa ham, toqnash keladigan obektning ozgarishi va harakatchanligi bilan bolgan qandaydir bir faoliyatni bajarish ustida diqqatimizni uzoq vaqt saqlay olmaymiz. Masalan: koptok oynagan paytda shunday qilib barcha diqqat biror obekt ustida uzoq vaqt davomida toxtab turolmasa ham, lekin diqqat uzoq vaqt davomida bitta faoliyatning ozida to`planib turishi mumkin.
Malum bolishicha, 40 minutlik ish davomida diqqatning qandaydir jiddiy tebranishi roy bermagan. Demak, oquvchilar butun dars davomida toxtovsiz ishlashlari mumkin. Albatta, oquvchilar bunday uzluksiz ishlash bilan charchaydi. Bu yoshda oquvchilarga uzoq muddat davom etadigan ish buyurish yaramaydi. Bolalarning yoshiga qarab ish qiyin bolsa ham ularga dam berib, bir ish turidan ikkinchi turiga otkazib turish kerak. Diqqatning barqarorligi uchun bajarilayotgan faoliyatning jadalligi nihoyatda katta ahamiyatga ega. Diqqat harakat bilan qoshilib va ozaro bir-biri bilan chirmashib, obekt bilan mustahkam aloqa yuzaga keltiradi. Diqqatning bolinishi psixik faoliyatning shunday tashqil qilinishiki, bunda aynan bir vaqtning ozida ikkita yoki undan ham kop ish harakat bajariladi. Diqqat haqiqatdan ham bolinishi mumkinmi? Otgan asrning oxirida otkazilgan ayrim tadqiqotlarning korsatishicha, ayni biror vaqtning ozida bajariladigan ikkita ish, masalan: yod olingan biror sherni oqish va shu bilan bir vaqtda qogozga katta bolmagan sonlarni qoyish mumkin. Bu har ikkala ishni bajarish uchun qancha vaqt ketsa, ularni har birini alohida - alohida bajarish uchun shuncha vaqt ketadi. Oz diqqatini bola olish bir qator kasblar uchun, masalan: oquvchilar, haydovchi, pedagoglar va boshqalar uchun katta ahamiyatga egadir. Oqituvchi darsda oquv materialini bayon etar ekan, ozining fikrini uozatib borishi, gapirayotgan gaplarini ozi eshitishi va shuning bilan birga, oquvchilar uni qanday eshitayotganlarini uchun sinfni kuzatib borishi kerak. Diqqatning muhim tomoni uning bir faoliyat turidan boshqa bir faoliyatga tez otish qobiliyatidir. Diqqatning kochirilishiga bazan ayni bir vaqtning ozida idrok qilinadigan ikkita ozaro farqlanadigan kuzatuvchini aks ettirishga murojaat qilishga togri keladi, bir - biridan farq qiluvchi ikkita qozgatuvchining tasirini ayni bir vaqtning ozida darhol bilib bolmaydi.
Notiqqa qarab turganingda uni eshitish ancha engil boladi. Bu erda eshitish va korish qozgatuvchilari bir - birini kuchaytiradi.
Parishonxotirlik diqqatning salbiy tomonini tashqil etadi. Parishonxotirlik deganda kopincha ishga nihoyat darajada berilib ketish tushuniladi. Syunday paytda odam atrofidagi narsalarni mutlaqo payqamay qoyadi. Bolalarda parishonxotirlik tez - tez uchrab turadi. Bolalarning shaxsini uning irodaviy sifatlarini uzoq vaqt tarbiyalash yoli bilan bunday parishonxotirlikka kurash olib borishi zarur. Parishonxotirlikdan tashqari diqqatning boshqacha turidagi uozilishlari ham uchrab turadi. Ongning kasallik tufayli torayishi, diqqatning kolamining cheklanishiga, diqqat doirasining torayishi kiradi. Ayrim ruxiy kasallik holatlarida diqqatning inertligi (sustligi) yoki mutlaqo harakatsizligi, qandaydir biron obekt ustida toxtab qolishi holatlarini kuzatish mumkin. Bola hayotining bir oylik davrlarida uning uchun faqat ixtiyorsiz diqqat xos boladi. Bu davrda bola dastavval tashqi qozgatuvchilardan, ularning keskin ozgartirishlaridan tasirlanadi. Masalan: Tosatdan paydo boladigan qattiq ovozlardan harakatning ozgarishidan va boshqa narsalardan tasirlanadi. Ixtiyoriy diqqatning alomatlari odatda bola yoshiga tolgandan song yoki ikki yoshga qadam qoygan davrda paydo bola boshlaydi. Ixtiyoriy diqqat tarbiya jarayonida yuzaga keladi, bolaning atrofidagi odamlar nima qilish lozimligini asta - sekin orgatadilar. Bolalar oz diqqatini ulardan talab qilinayotgan harakatlariga ozlarining bevosita moyillaridan voz kechishlariga togri keladi. Bolada, albatta juda sodda godaklik shakli bolsa ham onglilik namoyon boladi. Bolani ozodalikka, tartiblikka, malum intizomlilikka, jamoat qoidalariga rioya qilishga orgatar ekanmiz, buning bilan biz bolada ixtiyoriy diqqatni rivojlantiramiz. Bogcha yoshidagi davrda bolaning ixtiyoriy diqqatini rivojlantirish uchun oyin katta ahamiyatga egadir. Bogcha yoshidagi bolalar diqqati juda barqaror boladi. Mashq qilish usuli bilan oz diqqatini toplash qobiliyati asta - sekin rivojlanadi.
Oquv jarayonida ixtiyoriy diqqatni tartiblash alohida ahamiyatga egadir. Maktab mashgulotlarini intizomlashtiruvchi tasiri, dars davomida sinfda otirish, oquvchilarning sozlarini eshitish zaruriyati, chalgimaslik bularning hammasi ixtiyoriy diqqatni tarbiyalashda katta rol’ oynaydi. Har turli talim ishlari maktabdagi oquv mashgguloti ustida ongning yonalganligi va toplanganligini saqlab turishni talab qiladi. Bolalarning hissiyotlari kopincha kuchli boladi. SHuning uchun ularning diqqatlari qisqa vaqt ichida davom etsa ham kuchli boladi.
Maktab yoshidagi bolalarning hissiyotlari ancha barqaror bola boshlaydi. SHuning uchun pedagog oqish materialini hissiy momentlar bilan boyitar ekan, buning bilan diqqatning barqarorligi va kuchini saqlab turishiga yordam beradi. Biror narsaga qiziqib kelgan maktab yoshidagi oquvchi uzoq vaqt diqqatli bolishi mumkin. Ammo kattalarning nazorati pasayib qolsa, u zarur vazifani bajarishdan chalgib boshqa narsaga kirishib ketishi mumkin. Masalan: adabiyotni organayotgan oquvchi kino yoki biror oqigan asari haqida xayol surib ketishi mumkin. Ayrim bolalar jismoniy mehnat darslarida diqqat bilan otirsalar boshqalari aqliy mehnatda kuchli diqqat bilan otiradilar. Ozi yoqtirgan darslarda kuchli diqqat bilan otirgan oquvchilar boshqa darslarda oqituvchilarning ancha tashvishga solib qoyishlari mumkin. Oquvchilarning oquv predmetiga munosabati, onga diqqat bilan qarashi kop jihatdan darsda oquvchining oquv materialini jonli, emotsional, qiziqarli, tushunarli, shu bilan birga toliq va chuqur oqita bilishga bogliq. Bu talablarga rioya qilmaslik darsda oquvchilarning parishonligiga yoki ikkinchi darajali qiziqishlarning paydo bolishiga olib keladi. Osmirlarda chuqur, barqaror qiziqishni tarbiyalash, oqitishning mazmunini jiddiy oylab ko`rilganligi ularda diqqatni tarbiyalashning zaruriy sharti hisoblanadi.
Bu shart - sharoitlarga rioya qilinsa osmir diqqatini boshqarishga halal beradigan bazi impulsiv (ixtiyorsiz) harakatlarga qaramay oz diqqatini ixtiyoriy ravishda boshqarish va toxtab turish mumkinligini tezda egallab oladi. U ozi uchun qiziqarsiz va qiyin ishni diqqat bilan bajarish zarur bolsa, ozini bu ishga majbur eta oladi. Masalan: Hamma predmetlardan beriladigan vazifalar. Osmirlarda kichik maktab yoshidagi bolaga qaraganda diqqatning tashqi ifodasi ham ozgaradi. Agar kichik yoshdagi maktab oquvchining yuz ifodasi va gavda holati uning qanchalik diqqatliligini aniq belgilab bersa, osmir esa ozining diqqatsizligini yashira oladi. Faqat o`qituvchining kuzatuvchanligi orqali buni aniqlash mumkin.



Download 23.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling