Diqqat va uning xususiyatlari reja: Diqqat haqida tushuncha. Diqqatning fiziologik asoslari


Download 23.94 Kb.
bet3/5
Sana24.12.2022
Hajmi23.94 Kb.
#1051750
1   2   3   4   5
Bog'liq
DIQQAT VA UNING XUSUSIYATLARI

3. DIQQAT TURLARI
Kishi faoliyatida diqqat bir necha turlarga bolinadi:
1. Ixtiyorsiz diqqat;
2. Ixtiyoriy diqqat;
3. Muvofiqlashtirilgan ixtiyoriy diqqatlarga bolinadi.
Biz diqqatni qaratishni maqsad qilib qoymagan paytimizda psixik faoliyatning yonaltirishi va toplanishi ixtiyorsiz xarakterga ega bolishi mumkin. Bunday hollarda faoliyatning maroqliligi, qiziqarli yoki kutilmaganda favqulotdaligi bilan odamni oz - oziga jalb eta oladi. Odam oziga tasir qilayotgan narsalarga, hodisalarga, bajarayotgan faoliyatiga beixtiyor berilib ketadi. Masalan: biror ishni bajarayotgan odam radioda yoqimli kuy yoki ashulani eshitib qolsa yoki elonni eshitsa u beixtiyoriy qilayotgan ishini tashlab radioga quloq soladi. Biroq biz kozlagan maqsad va qabul qilingan qaror tufayli malum bir ishni bajarish lozimligini bilar ekanmiz, bunday holda diqqatning yonalishi va toplanishi ixtiyoriy tabiatga ega bolishi mumkin. Biz bunday paytda diqqatimizni bajarayotgan ishimizga qaratishni maqsad qilib qoyamiz. Masalan: maktab oquvchisi berilgan topshiriqni ongli ravishda bajarishini ixtiyoriy tabiatga ega deb bilamiz. Bazan esa tamoman boshqa bir narsa jalb qiladi? Bu orinda biz odatda diqqatni jalb qilish xususida bir - biri bilan zich boglanib ketgan murakkab sabablarga egamiz. Bu sabablarni tahlil qilish maqsadida biz ularni shartli suratda turli toifalarga bolamiz. Bunda qozgatuvchining absolyut kuchidan kora, nisbiy kuchi muhimroq rol oynaydi

Qozgatuvchining toxtatib tasir qilishi muhim ahamiyatga egadir. Bizga doim tasir qilib turuvchi yoruglikka qaraganda malum vaqt oraligida yonib - uchib turuvchi yoruglik diqqatimizni oziga tezroq jalb qiladi. Xuddi shuningdek qozgatuvchining toxtashi ham diqqatimizni jalb qiladi. Masalan: oquvchi bir xil shovqinda dars tayyorlayotgan bolsa (ventilyator shovqinida), shovkinni payqamaydi, agar shovqin toxtasa u darhol sezadi. Qozgatuvchining tashqi xarakterimizga bogliq bolgan diqqatni deyarli majburiy diqqat deb hisoblashimiz mumkin. Pedagogik amaliyot, albatta diqqatni tugdiruvchan mana shu toifadagi sabablar bilan hisoblashmogi lozim. Oqituvchi oquvchilar diqqatini jalb qilish uchun bazan kattiqroq gapirishi yoki ovozni pasaytirib gapirishi mumkin. Lekin bunday usullar maktabda diqqatni hal qilish masalasini hech qachon oxirigacha hal qilib bermaydi. Bu usuldan song va ular bilan birga oquvchilar diqqatini jalb qilishning boshqa usullaridan foydalanmogi lozim.



Ixtiyoriy diqqatni yuzaga keltiruvchi ikkinchi toifa sabablariga tashqi qozgatuvchilarning odamning ichki holatiga va avvalo odamda mavjud bolgan ehtiyojlarga mos kelishi kiradi. Masalan: kornimiz och paytida biror mazali hid beixtiyor diqqatimizni oziga jalb etadi. Agar qornimiz toq bolsa, bu hidni payqamasligimiz ham mumkin. Bu toifadagi sabablarga maroqlilik hamda jozibadorlik kiradi. Agar oqituvchining gapirayotgan gapi har xil hissiyotlarni tugdiruvchi tasavvurlarni almashtirib tursa, oquvchilarning diqqatlari sosaymaydi. Bunday diqqatni emotsional diqqat deb atashimiz mumkin.
Diqqatni yuzaga keltiruvchi sabablarga yana ilgarigi tajribalarning tasiri, jumladan bilimlarning va tasavvurlarimizning tasiri, hamda kopincha diqqatni jalb qilishda ahamiyatga ega bolgan malaka va odatlarning tasiri kiradi. Diqqatni jalb qilishda inson shaxsi umumiy yonalishining va diqqatni yuzaga keltirishning muhim sabablaridan biri bolgan qiziqishlarning tasiri nihoyatda kattadir. Nimaiki narsa bizga bevosita qiziqarli bolsa, diqqatimizni beixtiyor oziga jalb qiladi. Bolaning ilk yoshida ham, maktab yoshidagi paytlarda ham diqqatni jalb qilish uchun qiziqtirishning tasiri ayniqsa kattadir. Qiziqishdan diqqatni jalb qilish vositasi sifatida foydalanilar ekan, shuni esdan chiqarmaslik kerakki, qiziqish bizning ilgarigi tajribamiz bilan bizdagi mavjud bilimlarga mustahkamlik boglab olib borishimiz kerak. Oquv materiallarini maroqli bayon qilish izchillik va tizimlilik bilan qoshilib doimiy qiziqish hamda ozluksiz diqqatni taminlaydi. Ixtiyoriy diqqat ixtiyorsiz diqqatdan shuning bilan farq qiladiki, u narsalarga qabul qilingan qarorlar tasiri va ongli suratda kozlangan maqsadlarimiz asosida qaratiladi. Agar ixtiyorsiz diqqatda ish bizni oziga shunchaki jalb qilib olsa, ixtiyoriy diqqatda biz ixtiyorimizni qaratish uchun esa oz oldimizga qoyamiz, qiyinchiliklarni engib, diqqatni toplash uchun kurashib va har qanday boshqa narsalarga berilmaslik uchun iroda kuchini sarflab, diqqatimizni ongli suratda biror ishga qaratamiz. Ixtiyoriy diqqatning oziga xos xususiyati mana shu maqsad kozlashda, irodaviy zor berishda namoyon boladi. Ixtiyoriy diqqat irodamizning namoyon bolishidir. Qandaydir biror faoliyat bilan shugullanishga qaror qabul qilar ekanmiz, diqqatimizni hatto ayni chogda biz uchun qiziqarli bolmagan, lekin shugullanishimiz lozim topgan narsalarga ongli suratda qaratamiz. Ixtiyoriy diqqat ixtiyorsiz diqqatdan sifat jihatidan farq qiladi. Mehnat maqsadga muvofiq faoliyatdir. Maqsad kozlash esa oz tarkibiga diqqatni yonaltirishni ham oladi. Ixtiyoriy diqqat xuddi ixtiyorsiz diqqat kabi odamni qiziqishlari bilan mustahkam bogliqdir. Ixtiyoriy diqqatda qiziqishlar, asosan bevositalik xarakteriga ega boladi. Bunday qiziqishlar maqsad, yani faoliyat natijalari bilan bogliq bo`lgan qiziqishlardir.
Ixtiyoriy diqqatdan tashqari diqqatning yana bitta torini kayd qilib otish lozim, u ixtiyoriy diqqat kabi, maqsadga qaratilgan bolib, lekin irodaviy zor berishni talab qilmaydi. Masalan: bir oquvchi matematikadan qiyin misol echishga kirishdi, lekin uni echa olmadi. U ozicha eshikka qaraydi, uni-buni eshitadi, beixtiyor nimalarnidir yozadi. Birdan misol echishning yolini tushuna boshlab misolni echadi. Oquvchining ixtiyoriy diqqati muvofiqlashtirilgan ixtiyoriy diqqatga aylanadi.

Muvofiqlashtirilgan ixtiyoriy diqqatni ixtiyorsiz diqqat bilan almashtirib bolmaydi. CHunki muvofiqlashtirilgan ixtiyoriy diqqat ongli suratda kozlangan maqsadlar bilan bogliq boladi va ongli qiziqishlar qollab turiladi. Ikkinchi tomondan muvofiqlashtirilgan ixtiyoriy diqqat sof ixtiyoriy diqqatga oxshamaydi, chunki muvofiqlashtirilgan ixtiyoriy diqqat paytida irodaviy zor berish deyarli bolmaydi. SHuning uchun diqqatning bu maxsus turi ixtiyorsiz diqqatga nisbatan sifat jihatidan farq qiladi.




Download 23.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling