Diqqatning taqsimlanishi va obrazli xotira
Download 238.7 Kb.
|
Diqqatning taqsimlanishi va obrazli xotira
- Bu sahifa navigatsiya:
- Diqqat xususiyatlari
Ixtiyoriy diqqat deb, oldindan belgilangan qatiy bir maksad asosida va ongli ravishda diqqatimizni ma’lum bir narsa va xodisalarga qaratnshimizga aytiladi.
Odamning ko’pchilik faoliyatlari asosan ixtiyoriy diqqatning ishtiroki bilan amalga oshiriladi. SHuning uchun barcha faoliyat turlarida, ya’ni uqish, o’yin va mexnat faoliyatlarida ixtiyoriy diqqatning roli juda kattadir. Ixtiyoriy diqqat ixtiyorsiz diqqatga nisbatan uzoq vaqt mobaynida davom etadigan diqqat turi bo’lib, u zo’r berishlikni, ya’ni irodaviy kuch sarf kilishlikni talab etadi. Diqqat xususiyatlari Odamning diqqati bir qancha xususiyatlarga ega bo’lib, ulardan asosiylari - diqqatning kuchi va barqarorligi, diqqatning ko’lami, diqqatning bo’linuvchanligi va diqqatning ko’chuvchanligidan iboratdir. Diqqatning kuchi va barqarorligiga kura odamlarning diqqatlari o’zining kuchi va barqarorligi jixatidan bir-biridan farq kiladi. Ayrim odamlarning diqqati kuchli va barqaror bo’lsa, boshqa bir odamlarning diqqati kuchsiz va beqaror bo’ladi. Diqqatning kuchi va barqarorligi deb, odam o’z diqqatini biror narsa yoki xodisaga uzoq muddat davomida muttasil karatib tura olishiga aytiladi. Diqqatning kuchi va barqarorligi inson xayotida juda katta ahamiyatga ega. Chunki diqqatni ma’lum muddat biror narsaga muttasil, ya’ni uzluksiz tarzda karatib odam ishlay ham olmaydi, o’qiy ham olmaydi va xatto uxlay ham olmaydi. Diqqatni jamlash Xotira — idrok etilgan narsa va hodisalarni yoki oʻtmish tajribalarni esda qoldirish va zarur boʻlganda tiklashdan iborat psixik jarayon.Xotira eng yaxshi damlarni esda qoldiradi. U nerv sistemasi xususiyatlaridan biri boʻlib, tashqi olam voqealari va organizm reaksiyalari haqidagi axborotni uzoq saqlash hamda uni ong faoliyatida va xulq, xatti harakat doirasida takroriy qobiliyatida namoyon boʻladi.Xotira individning oʻz tajribasida esda olib qolishi, esda saqlashi va keyinchalik uni yana esga tushirishi xotira deb ataladi.Xotira haqidagi dastlabki ilmiy qarashlar Sharq mutafakkirlari va yunon faylasuflari (Aristotel va boshqalar) da uchraydi. Xususan, Forobiy Xotiraga bilishdagi aqliy jarayonning tarkibiy qismi sifatida qarab, Xotirani faqat insonga emas, hayvonga ham xos xususiyat ekanini alohida taʼkidlagan.Download 238.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling