Diqqatning xususiyat


Download 457.37 Kb.
bet1/15
Sana17.06.2023
Hajmi457.37 Kb.
#1543627
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
UMIDA ABDULLAYEVA


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA`LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
IJTIMOIY FANLAR FAKULTETI
60310903 – PSIXOLOGIYA (Amaliy psixologiya)
2 – BOSQICH TALABASI
ABDULLAYEVA UMIDANING
DIQQATNING XUSUSIYAT”LARI mavzusida tayyorlagan
KURS ISHI
Fan: Umumiy psixologiya (ichki regulyatsiya)
Ilmiy rahbar: __________________________
Toshkent-2023



 

MUNDARIJA
KIRISH............................................................................................................3
ASOSIY QISM……………………………………………………………....3
I.BOB. Diqqatning xususiyatlari
1.1. Diqqat borasida olimlarning fikr va mulohazalari.................................7
1.2. Diqqatining turlari va xususiyatlari.......................................................15
II.BOB. Diqqatning inson hayotidagi ahamiyati
2.1. Diqqatning inson hayotidagi o’rni.........................................................26
2.2. Diqqatning insonda buzilishi va sabablari.............................................29
XULOSA.........................................................................................................35
ADABIYOTLAR RO'YXATI……………………………………………...38





KIRISH
Prezidentimiz SH.M.Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek “Bugungi kunda oldimizga qo’ygan buyuk maqsadlarimizga , ezgu niyatlarimizga erishishimiz jamiyatimizning yangilanishi, hayotimizning taraqqiyoti va istiqboli amalga oshirilayotgan islohatlarimiz, rejalarimizning samarasi taqdiri- bularning barchasi, avvalam bor, zamon talablariga javob beradigan yuqori malakali, ongli mutaxassis kadrlar tayorlash muammosi bilan chanbarchas bog’liqligini barchamiz anglab yetmoqdamiz. Zamon talablariga javob beradigan kadrlar chinakam ma’rifatli odam bo’lishi uchun “inson qadrini millat qadriyatlarini, bir so’z bilan aytganda, o’zligini anglash erkin va ozod jamiyatda yashash mustaqil davlatimizning jahon hamjamiyatida o’ziga munosib obro’li o’rin egallashi uchun fidoiylik bilan kurashishi mumkin”. [1]
Ma’lumki 1997 yil O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 9-sessiyasida “Ta’lim to’g’risidagi Qonun” hamda “Kadrlar tayorlashning milliy dasturi” kabi hujjatlar uzluksiz ta’lim tizimining o’zbek modelini belgilab berdi. Ushbu hujjatlarning eng axamiyatli jihati shundan iboratki, ularda shaxs kadrlar tayorlash tizimining bosh subyekti sifatida qaraladi.
“Kadrlar tayorlash milliy dasturi”ni amalga oshirishning eng muhim natijasi shaxsning malu’motliligi hamda mehnatga tayyorligidir. O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganidek , “Kelajagi buyuk davlat , eng birinchi navbatda bo’lajak fuqorolarining ma’daniyati , ma’lumoti va ma’naviyati haqida g’amho’rlik qilmog’i zarur”.
Psixologiya fanida diqqatga har xil ta’rif beriladi, uni yoritishda psixologlar turli nazariyaga asoslanib yondashadilar. Diqqat deb ongni bir nuqgaga to’plab, muayyan bir ob’yektga aktiv (faol) qaratilishi aytiladi (P. I. Ivanov). P. I. Ivanovning fikricha, biz faoliyatimiz jarayonida idrok va tasavvur qiladigan har bir narsa, har bir hodisa, o’zimiz qilgan ishimiz, o’y va fikrlarimiz diqqatning ob’yekti bo’la oladi.
Diqqat inson faoliyatining barcha turlarini muvaffaqiyatli amalga oshirishning va ularni samaradorligini ta’minlovchi muhim shartlardan biridir. Kishi faoliyati qanchalik murakkab, serzahmat, davomiylik jihatdan uzoq muddatli, mas’uliyat hissini taqozo qilsa, u diqqatga shunchalik yuksak shartlar va talablar qo’yadi. Inson ziyrakligi, farosatliligi, tez payqashi, sinchkovligi, dilkashligi uningturmush sharoitida, shaxslararo munosabatida muhim omil sifatida xizmat qiladi. Diqqat aqliy faoliyatning barcha turlarida ishtirok etadi, insonning xattiharakatlari ham uning ishtirokida sodir bo’ladi.
Diqqat ma`lum nerv markazlarining qo`zg`alishi va miyadagi boshqa nerv markazlarining tormozlanishi bilan bog`liqdir, bu esa ob`ekt uchun ahamiyatli bo`lgan qo`zg`atuvchilarni ajratishni, ya`ni psixik faoliyatning yo`naltirilishini ta`minlaydi. Har qanday yangidan yuzaga kelgan qo`zg`atuvchi, agar u etarli darajada intensiv kuchlanishga ega bo`lsa tegishli qo`zg`alish jarayonini yuzaga keltiradi, bu refleks I.P.Pavlov aytganidek “bu nima” degan refleks bilan ifodalanadi. Bu sodda turdagi diqqatning fiziologik asosidir.

Download 457.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling