Directory sinfidan foydalanish Directory sinfining metodlari va ular bilan ishlash 6


Kurs ishining maqsad va vazifalari


Download 0.55 Mb.
bet2/14
Sana28.12.2022
Hajmi0.55 Mb.
#1013966
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Dasturlash asoslari fanidan C# dasturlash tilining Directory,

Kurs ishining maqsad va vazifalari:

  • C# dasturlash tilining Directory, DirectoryInfo va DriveInfo sinflari bo’yicha nazariy bilimlarni oshirish;

  • Ushbu sinflarning metodlari bilan ishlashni o’rganish;

  • Bu sinflarni bir-biridan farqi va o’xshashliklarini o’rganish hamda ulardan samarali foydalanish usullarini tahlil qilish;

  • Olgan bilimlarni mustahkamlash maqsadida shu keltirilgan ma’lumotlardan foydalanib testlar tuzish.

Kurs ishining ob’ekti: C# dasturlash tilining Directory, DirectoryInfo va DriveInfo sinflari haqida ma’lumotlardan iborat.
Kurs ishining tarkibi kirish, 3 ta bob, test, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar va internet resurslardan iborat. Kirishda kurs ishi mavzusining dolzarbligi, maqsad, vazifalari va ob’ekti yoritilgan. Ishning birinchi bobida Directory sinfidan foydalanish yoritilgan. Kurs ishining birinchi, ikkinchi, uchinchi boblarida mos ravishda Directory, DirectoryInfo va DriveInfo sinflaridan foydalanish ma’lumotlari yoritilgan. Kurs ishining test qismi keltirilgan 3 ta bobga, ya’ni mavzuga oid standart va nostandart tuzilgan testlardan iborat. Kurs ishining xulosa qismida foydalanish bo’yicha fikr va mulohazalar keltirilgan.
I BOB. C# DASTURLASH TILINING DIRECTORY SINFI VA U BILAN ISHLASH

1.1 Directory sinfidan foydalanish


.NET platformasida kataloglar bilan ishlash uchun ikkita sinf mavjud:
Directory va DirectoryInfo.
Directory va DirectoryInfo sinflarining funksionalligi fayl sinflari (File va FileInfo) ning funksional imkoniyatlariga o’xshaydi. Chunki directory fayl tizimlari nuqtai nazaridan kataloglardir. Ma’lumki, katalog fayllarni o’z ichiga oladi.
Fayllar va kataloglarning bir-biriga yaqinligi sababli, ushbu sinflarning meros olish mexanizmi, shuningdek foydalanish usullari File va FileInfo sinflarining o’zaro bog’liqligiga juda o’xshaydi.
.NET Framework sinf kutubxonasidagi System.IO.Directory sinfi kataloglar va pastki kataloglarni yaratish, nusxalash, ko'chirish va yo'q qilishning statik metodlarini ta'minlaydi. Directory sinfidan foydalanishdan oldin System.IO maydon nomini kiritish kerak.
using System.IO;
Directory va DirectoryInfo sinflari fayl tizimidagi papkani ko'rsatish uchun ishlatiladi. Lekin bu ikkisini o'rtasida muhim farq bor. Directory sinfida faqat statik usullar mavjud va u papkada bitta operatsiyani bajarish kerak bo'lganda ishlatiladi. Directory sinfining barcha metodlari statikdir, shuning uchun ushbu sinfning namunasini yaratmasdan turib operatsiya bajariladi, chunki bitta operatsiyani bajarish uchun katalogni namoyish qiladigan ob'ekt yaratish shart emas.
Demak, yagona katalog operatsiyalari uchun Directory sinfidan foydalanish o’rinli bo’ladi. Har bir foydalanish foydalanuvchi kiritgan yo'llarni yoki katalog ichidagi fayllarni tekshirishni o'z ichiga olganligi sababli uni try\catch blokiga qo'shish tavsiya etiladi. Agar yo'l noto'g'ri o'rnatilgan bo'lsa, bu istisnoga sabab bo’ladi.

Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling