Dirijyor va kompozitor shermat yormatovning hayoti va ijodi
Download 292.81 Kb.
|
DIRIJYOR VA KOMPOZITOR SHERMAT YORMATOVNING HAYOTI VA IJODI
BAG‘RI KENG INSON…
Yana bir izdosh shogirdlari, R.Glier nomidagi RIMAL “Xor dirijyorligi” bo‘limi bosh o‘qituvchisi, “Bulbulcha” bolalar ashula va raqs ansambli “Kichkintoylar” guruhi rahbari-xormeyster, 2015 yili “Solg‘lom avlod uchun” ordeni bilan taqdirlangan Dildora Naipovaning hayotiy kechinmalari bilan tanishsak… Azizlarim, men uncha chiroyli gapira olmasamda, lekin bu insonning qalbidagi issiq taftini, yuz-ko‘zlaridagi mehrni ko‘rib ulg‘aydim, o‘sdim, inson bo‘lib shakllandim, men ana shular haqida gapirib bermoqchiman. Men juda erta onadan ayrildim. Onamning ko‘zlari yumilmasdan “Shermatjon, sizga shu qizimni topshirdim, o‘zingizga o‘xshab musiqa olamini o‘rganadigan yetuk inson qilib tarbiyalaysiz, siz ham ota, ham onaning o‘rnini bosib, yolg‘izligini bildirmang” deb, olamdan ko‘z yumdilar. Yolg‘iz qolib, ona mehrini qumsab, uni har tomondan izlab, yaqin insonlarga muxtoj bo‘lgan ana shunday bir paytda Shermat aka, ya’ni mening birinchi ustozim, mehrga to‘la qalbli Inson qo‘limdan tutdilar va “Sening yoningda men borman” deya, R.Glier nomidagi RMMMIga olib keldilar. Albatta maktab davrida ko‘p mashaqqatlar bo‘ldi, tengdoshlarimning onasi kelganida qalbim kemtikligi bilinar edi, ammo Shermat akam, “O‘qi qizim, juda ko‘p o‘qigin, juda ko‘p mehnat qilib, halol-pok inson bo‘lgin” degan gaplari hali-hamon qulog‘imda jaranglaydi. Shu yerda men yana bir insonni eslamasdan ilojim yo‘q! Meni har shanba kunlari uyga olib ketganlarida, uy eshiklarini katta ochib kutib oladigan, yurak-bag‘ri keng, qalbi pok, yuzlaridan nur taralib, tillaridan bol tomib turuvchi, mehrga to‘la inson - Muhabbat onajonim kutib olar edilar. Meni “Didola” qizim deb erkalardilar, yuvib-tarab, uzun sochlarimni mayda qilib o‘rab qo‘yar edilar. Umrimning ohirigacha Muhabbat onajonimning oxiratlari obod bo‘lishini Allohimdan so‘rab, duo qilaman. Bunday insonlarni qani edi yana hayotimda uchratsam, topa olsam… O‘zim bilmagan holda ana shunday bag‘ri butun insonlar ichida o‘sdim. O‘zim sezmagan holda mehrlariga qonib ulg‘aydim, o‘qishlarga kirib, inson bo‘lib shakllandim. Shermat aka urib turgan shu yuraklariga butun O‘zbekiston bolalarini sig‘dira oladigan insondirlar. Shermat aka nafaqat bilim, odob-axloq, qo‘shiq kuylash sirlari, balki, har bir bolajonning qalbini tinglashni, uning ko‘zlari nima demoqchiligini ham sezib turardilar. Albatta, ish faoliyatida juda talabchan, har bir ishni oxirigacha yetkazadigan, serqirra ustozdirlar. O‘zbekistonda “Boychechak”, “Bulbulcha” ansambllaridan tashqari, qanchadan-qancha maktablarda, oliygohlarda, mahsus maktablarda bolajonlarga musiqa sirlarini, qo‘shiq kuylashni, aynan xor bo‘lib, jamoa bo‘lib kuylashni o‘rgatdilar. Biron-bir maktablar yo‘q-ki ustozimiz bastalagan qo‘shiqlarni kuylab, ma’naviy oziqlanmasa, dunyoqarashi kengaymasa, chunki vatanparvarlik, yurtga sadoqat tuyg‘ulari har bir qo‘shiqlarida mavj uradi. Ustozim qilayotgan ishlari beqiyosdir, ular o‘z kasbining yuqori malakali san’at ustasidirlar. Ustozim qilgan ishlarini chorakginasini gapirdim, ular haqida har birimiz kitob yozsak ham, fikrlarimiz jo‘shib chiqaveradi. Shunday ekan, ushbu qalb egasidan yaxshilikni o‘rganaylik, biz ham ular kabi mehribon ustoz bo‘laylik. Bizdan bilim olayotgan farzandlarimiz ham aqlli, mehr-oqibatli bo‘lishsin… Men, ustozimni misoli bir shirin mevali darxtga o‘xshataman, bu daraxtning shirin mevalari hech qachon tugamaydi, chunki ushbu daraxt yaxshilik, mehr-oqibat suvlari bilan sug‘orilgan. Men ham shu daraxtning bir shoxi sifatida Shermat akam bilan yillar davomida birga ishlab, kasbining ustasi bo‘lib yetishganim uchun behisob shukrlar aytaman va bunday insonlarni ko‘payishini so‘rayman. Menga ota-onamning o‘rnini bosgan insonni umrlari uzoq bo‘lishini juda-juda xohlayman. Bizdek farzandlar uchun hamisha ustun bo‘lib tursinlar… Download 292.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling