Dirixle prinsipi
Download 275.39 Kb. Pdf ko'rish
|
Dirixle prinsipi 2020
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yechilishi.
Yechilishi.
Bir xil rangdagi bir juft qoʻlqopni qanday tanlab olish mumkin? 1) Qorongʻi sharoitda qoʻlqoplar rangini aniqlab boʻlmaydi, lekin qoʻlqoplarni “oʻng yoki chap” qoʻlga ekanini aniqlash mumkin. Shu usulda oldin bitta juftlikni (chap va oʻng qoʻlga) tanlaymiz, keyin 3 ta qoʻlqopni bitta qoʻlga, shunday qilib jami 5 ta qoʻlqopni tanlaymiz. 2) Agar qoʻlqoplarni tanlashga ruxsat berilmasa, har safar kamida eng “noqulay” holda 6 ta qoʻlqopni olish kerak boʻladi. Haqiqatan, 5 ta ixtiyoriy tanlab olingan qoʻlqoplar bitta qoʻlga mos kelsa, u holda oltinchi tanlab olingan qoʻlqop boshqa qoʻlga mos keladi va bir juft bir xil rangdagi qoʻlqoplar albatta topiladi. 3 ta dastlabki olingan qoʻlqoplar - qoʻngʻir va bitta qoʻlniki, keyingi ikkitasi - qora va boshqa qoʻlga mos boʻlgan holat ham yuz berishi mumkin. Bu holda oltinchi tanlab olingan qoʻlqop yuqorida tanlanganlardan birining rangida boʻladi. 4 – masala. 4 7 katakli jadvalni barcha satrlarida va barcha ustunlarida boʻyalgan kataklar soni har boʻladigan qilib boʻyab chiqich mumkinmi? Yechilishi. Boʻyalgan kataklar soni 0 dan 7 gacha oʻzgarishi mumkin, ya’ni jami 8 ta variant bor. Satrlar va ustunlar jami 11 ta. Dirixle prinsipiga koʻra qaysidir 2 chiziqda (satr va ustunlarda) bir xil sondagi boʻyalgan kataklar boʻladi. Bu yerda boʻyalgan 0, 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7 kataklar “qafas”lar soni, satr va ustunlar “quyon” lar boʻladi. 5 – masala. 10 ta dugona bir-birlariga bayram sovgʻalari berishdi. Har biri boshqasiga 5 ta sovgʻa berdi. Dugonalargdan ikkitasi biri ikkinchisiga sovgʻa berganini isbotlang. Isboti. Barcha sovgʻalar soni 10 5 50 = (bular “quyon”lar). Barcha insonlar juftliklari soni 45 ta (bular “qafas”lar). Dirixle prinsipiga koʻra hech boʻlmaganda ikkita sovgʻa bitta juftlikka toʻgʻri keladi, demak bu juftlikdagi dugonalar bir-biriga sovgʻa ulashgan. Download 275.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling