Dirixle prinsipi
Download 275.39 Kb. Pdf ko'rish
|
Dirixle prinsipi 2020
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1 – masala. Kamida nechta natural son olinsa, ular orasida ayirmasi 5 ga boʻlinadigan ikkitasi topiladi Yechilishi.
Dirixle prinsipi 2020 Hamid Bobojonov SARDOR BAZARBAEV | @bazarbaevs telegram kanali Hamid Bobojonov , Urganch Davlat Universiteti Akademik litseyining matematika fani oʻqituvchisi Dirixle prinsipi Buyuk nemis matematiki Peter Gustav Lejen Dirixle 1805-1859 yillarda yashab ijod qilgan. Ushbu maqolada chekli toʻplamlarning asosiy xossasini ifodalovchi, uning nomi bilan ataladigan prinsip – Dirixle prinsipi haqida bayon qilingan. Bulardan tashqari Dirixle prinsipi yordamida bir nechta masalalar yechib berilgan va oʻquvchiga mustaqil yechish uchun masalalar tavsiya etilgan. Biz bu prinsipni toʻplamlar tilida emas, oddiy tushuntirishga harakat qilamiz: “n ta qafasda n tadan ortiq quyon joylashgan boʻlsa, u holda qaysidir qafasda bittadan ortiq quyon joylashadi”. Bu prinsipning qoʻllanish koʻlami judayam kengligi bilan ahamiyatlidir. Uning yordamida ham mantiqiy ham matematik masalalar yechiladi. Bir qaraganda Dirixle prinsipi juda soddaga oʻxshab tuyuladi, lekin uni qoʻllab masalalar yechish oson ish emas. Buning uchun masala shartini boʻlaklarga ajratib olish kabi koʻnikmalar talab etiladi. Endi Dirixle prinsipi yordamida yechiladigan ayrim masalalarni koʻrib chiqamiz. 1 – masala. Kamida nechta natural son olinsa, ular orasida ayirmasi 5 ga boʻlinadigan ikkitasi topiladi? Yechilishi. Ixtiyoriy tanlab olingan natural sonni 5 ga boʻlganda u 5 ga qoldiqsiz boʻlinadi yoki quyidagi qoldiqlardan bittasi qoladi; 1, 2, 3, 4. Shuning uchun 5 ta natural sonni tanlab olganda biz uchun eng “noqulay”i ularning qoldiqlari turlicha boʻlgani, ya’ni 5 ga boʻlganda 0, 1, 2, 3, 4 qoldiq qolganlari boʻladi. Shuning uchun bu holda ular orasida ayirmasi 5 ga qoldiqsiz boʻlinadigan juftlik topilmaydi. Demak 6 ta son olish kerak, chunki oltinchi sonni 5 ga boʻlganda yuqoridagi qoldiqlardan biri hosil boʻladi. Masala yechildi. 2 – masala. 25 ta qutida uch turdagi konfet berilgan (har bir qutida faqat bir turdagi konfet berilgan). Ular orasida albatta bir xil turdagi 9 ta quti topilishini isbotlang. Yechilishi. 24 ta qutini 3 ta yashikka turlari boʻyicha joylashtiraylik. Biz uchun eng “noqulay” boʻlgan hol bu har bir yashikda 8 ta qutichaning joylashgani boʻladi. Biroq bizda yana bitta quti bor. Biz bu qutini yuqoridagi yashiklardan biriga joylashtiramiz va unda 9 ta konfet solingan quti boʻlib qoladi. Masala yechildi. 3 – masala. Stol ustida aralashtirilgan holda 3 ta juft qoʻngʻir va 2 ta juft qora qoʻlqoplar berilgan. Qorongʻi sharoitda kamida nechta qoʻlqopni olganda bir juft bir xil rangdagi qoʻlqoplar hosil boʻladi? Download 275.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling