Disketa va disk yu rutuvchilar
Kompakt-disklar formatlari
Download 466.59 Kb.
|
SAMANDAR DIPLOM
3.2. Kompakt-disklar formatlari.
0 va 1 ikkilik bitlar kompakt-disklarda shtrixlar bilan kodlanadi. Biroq, agar ma`lumotlarni kerakli tarzda tashkil qilinmas ekan, kompakt-diskda saqlanayotgan axborotni tasvirlaydigan ikkilik sonlar majmuasida biror-bir ma`noni jamlovchi va kompyuter topa olmaydi. Shu sababli ma`lumotlar diskka ma`lum formatga muvofiq yoziladi. Ma`lumotlarni o‘qish jarayonida ular oqimida bitlar kombinatsiyalarining u yoki bu kombinatsiyasi uchraganda, jamlovchi (va kompyuter) diskda axborotning joylashish formati va tuzilmasini taniydi. Agar o‘z vaqtida ma’lumotlarni tasvirlash formatlariga oid standartlar qabul qilinmaganida edi, hozirgi kompakt-disklar sanoati mavjud bo‘la olmas edi. Har bir ishlab chiqaruvchi firma o‘zining jamlovchilarini va ularga oid disklarni ishlab chiqaraverar edi, ularning bir-biriga muvofiq kelishi haqida so‘z ham bo‘lishi mumkin emas edi, demak, bunday “noyob” buyumlarga talab unchalik yo‘qori bo‘lmas ham edi. Ma`lumotlarni tasvirlashga oid standartlar ham uzluksiz rivojlanmoqda. Dastlabki kompakt-disklarda kodlash nisbatan oson bo‘lgan faqat matnli axborot yozilar edi. Grafikani tasvirlash uchun ikkinchi yondashuv talab etildi, bu esa standartlarning o‘zgarishiga olib keldi. Animatsiyani sinxron tovush bilan va “jonli” videoni ishlatish ma`lumotlarni kompakt-diskka yozish standartlarini yanada o‘zgartirishni talab etdi. Ko‘plab firmalar ma`lumotlarni yozishga oid yangicha yondashuvlarni yaratmoqdalar, shu bilan CD-ROM imkoniyatlarini kengaytirmoqdalar. U yoki bu standartning keng qo‘llanilishi uning boshqa standartlar bilan birgalikda bo‘la olishi (qo‘shila olishi) va dasturiy ta`minotni ishlab chiqaruvchilar – firmalar tomonidan qo‘llanishi bilan bog‘liq. Kompakt-diskli jamlovchilarni to‘g‘ri tanlab olish uchun bu masalalarni bilish va u qaysi standartlarda ( hozirgi mavjudlarida ham, kelajakdagilarida ham) ishlata olishini bilish lozim. Bugungi kunda ishlab chiqarilayotgan jamlovchilarning ko‘pchiligi CD-ROM ning ilgarigi standartlari bilan birgalikda bo‘ladi, shu sababli eski kompakt-disklarga yozilgan keng ilovalar kutubxonasi siz uchun to‘la yaroqli bo‘ladi. 2-jadvalda kompakt-disk formatlarining tavsifi keltirilgan
Download 466.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling