Disketa va disk yu rutuvchilar


Elastik optik disklardan tuzilgan jamlovchilar


Download 466.59 Kb.
bet11/21
Sana22.06.2023
Hajmi466.59 Kb.
#1646410
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   21
Bog'liq
SAMANDAR DIPLOM

Elastik optik disklardan tuzilgan jamlovchilar
Elastik optik disklarning o‘qish/yozish kallaklari magnitli yozuv texnologiyasidan foydalanadi, u odatdagi disketalardan kam farq qiladi. Nomidagi optik so‘zi ma`lumotlar diskka CD-ROM yoki magnitooptik disklardagi kabi lazer kurs yordamida yozilsa kerak degan fikrga olib keladi. Biroq bunday emas. Axborot odatdagi magnitli usul bilan – o‘qish/yozish kallaklari yordamida amalga oshiriladi. Disk sirtiga odatdagi elastik yoki qattiq disklardagi kabi o‘shanday ferromagnit qatlam surtilgan. Shunchalik katta sug‘im esa elastik optik disklarda yo‘lkalar soni odatdagi HD disketasiga qaraganda o‘nlab marta orttirilganligi bilan tushuntiriladi. Tabiiyki, bunda yo‘lkalar eni juda toraygan. Ayni shu yerda optika ishga kirishadi, o‘qish/yozish kallaklarini yo‘lkalarga aniq keltirish uchun “optik mo‘lgallagich” dan foydalaniladi. Diskka yozuv yo‘lkalari belgisi yotqiziladi. U disk sirtiga “chop qilinadi” va yozuvda o‘chib ketmaydi. O‘qish yoki yozish jarayonida kallaklar yuritmasi mexanizmini lazerli datchikdagi signal boshqaradi, ana shuning yordamida kallaklarning diskdagi belgiga nisbatan joriy koordinatalari aniqlanadi. Bu esa ularni yo‘lkaga aniq fokuslanishini ta`minlaydi.


3. Disk yurituvchilar
3.1. Kompakt disklar uchun disk yurituvchilar

CD-ROM (Compact Disk Read-Only Memory – kompakt diskda faqat o‘qish uchun xotira) – bu axborotni optik tashuvchi bo‘lib, u faqat ma’lumotlarni o‘qish uchun mo‘ljallangan. Boshqa CD-R va Cd-RW formatlar ma`lumotlarni kompakt-diskka yozish imkonini beradi, yangi DVD texnologiyasi esa odatdagi optik diskning sig‘imini tubdan orttirishga imkon beradi. Hozirgi vaqtda CD-ROM jamlovchisi amalda istalgan kompyuterning ajralmas qismidir.


CD-ROMda 650 Mbaytgacha ma`lumot saqlanishi mumkin bo‘lib, bu taxminan 333 ming sahifa matn.74 minutli yo‘qori sifatli tovushli eshittirishga yoki ularning kombinatsiyasiga mos keladi. CD-ROM odatdagi tovushli kompakt-disklarga o‘xshash va uni hatto oddiy proigrivatelda ishlatishga urinib ko‘rish ham mumkin. To‘g‘ri, bunda siz faqat shovqinni eshitasiz. CD-ROMda saqlanayotgan ma`lumotlarga kirish disketalarga yozilgan ma`lumotlarga kirishga qaraganda tezroq amalga oshadi, lekin baribir bu zamonaviy qattiq disklarga nisbatan sekinroq sodir bo‘ladi. CD-ROM atamasi kompakt-disklarning o‘ziga ham, axborot shu kompakt-disklardan o‘qiladigan qurilmalarga (jamlovchilarga) ham taalluqlidir.



Download 466.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling