Disklarga hizmat ko‘rsatuvchi dasturlar Reja Qattiq disklarga xizmat ko’rsatish amallari


Download 0.52 Mb.
bet2/2
Sana02.11.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1741220
1   2
Bog'liq
Disklarga hizmat ko‘rsatuvchi dasturlar

Disklarini defregmentatsiyalash
Q attiq diskda defregmentatsiyalash – bu qattiq diskda ma’lumotlarning tartiblangan va strukturalangan xolda saqlanishi. Fayllar diskda aniq ketma-ketlik bo‘yicha aniqrog‘i sektorlarga bo‘lingan maydonni to‘ldirish, faraz qiling qattiq disk bu arxiv, sektorlar esa hujjatlar (har xil ma’lumotlar) saqlanadigan qutilardir.
Aniq bir o‘lchamga ega bo‘lgan fayl sektordan ma’lum bir joyni egalaydi. Shunda sistema uni bo‘laklarga ajratadi va bu bo‘laklarni yana ma’lum bir miqdordagi bo‘sh joylari bo‘lgan turli sektorlarga joylashtiradi.
Bu fayldan foydalanish jarayonida sistema shu faylni barcha sektorlardan qidiradi. Masalan bitta bo‘lakni bir sektordan topib keyin yana qaytadan butun sektorlar bo‘yicha ikkinchi va uchinchi bo‘laklarni qidirib boshlaydi va h.k. Vaqt o‘tishi bilan bu bo‘laklar soni oshib boraveradi, bu jarayon juda ko‘p vaqtni oladi.
Kompyuterda bajariladigan amallarga qarab disklarni defregmentatsiyalash lozim. Masalan, turli xildagi hujjatlarni o‘qish va taxrirlash ishlari uchun diskni bir oyda bir marta agar kompyuterda filmlar, video ko‘rsangiz, o‘yin o‘ynasangiz дефрегментацияlash jarayonini qisqa fursatda bajarishga to‘g‘ri keladi. Defregmentatsiyalash jarayoni diskdagi bo‘sh joylarning o‘lchamiga qarab bir necha minutdan bir necha soatgacha vaqtni oladi. Agar diskingiz 90% gacha to‘lgan bo‘lsa bu jarayon uzoq vaqt davom etadi, shuning uchun keraksiz faylarni o‘chirish yoki ularni tashqi xotiraga yozib turish talab qilinadi.

“Очистка диска” dasturi qattiq diskni tozalash uchun foydalanuvchi tomonidan tanlangan fayllarni o‘chirish uchun xizmat qiladi. Agar kompyuteringizda bir qancha disklar yoki bo‘limlar mavjud bo‘lsa ekranda diskni tanlash oynasi ochiladi:

5.7-rasm Diskni tozalash oynasi.
Kompyuterni ishga tushirish (Power) tugmasi bosilgandan keyin avtomatik ravishda Microsoft Windows operatsion tizimi yuklanishni boshlaydi.
Agar kompyuterda bir nechta operatsion tizim o‘rnatilgan bo‘lsa, tanlash darchasi paydo bo‘ladi. Bu darchadan kerakli operatsion tizimni klaviaturaning boshqaruv tugmalari yordamida tanlab, enter tugmasi bosilishi bilan operatsion tizim yuklanishi davom etadi
Agar hech bir operatsion tizim tanlanmasa, odatda 30 sekunddan keyin, kompyuterning o‘zi oldindan foydalanuvchi tomonidan belgilab qo‘yilgan operatsion tizimni yuklashni boshlaydi. Albatta, bu kutib turish vaqtini kamaytirish yoki biror bir operatsion tizim tanlanmaguncha yuklashni davom qilmaslikni foydalanuvchi kompyuter o‘rnatmalarida oldindan belgilab qo‘yishi mumkin.
Windows operatsion tizimida oldingi avlodlarida bo‘lgani kabi foydalanuvchi tizimda qayd etilishi mumkin. Har bir foydalanuvchi uchun alohida qayd varag‘i ochiladi va unda foydalanuvchi o‘z login va paroli, faqat, o‘ziga tegishli ish stoli va dasturlari saqlanadi. Foydalanuvchi qayd varag‘igakirish uchun paydo bo‘lgan darchada o‘ziga tegishli loginni tanlab, parolni kiritishi va enter tugmasini bosishi lozim bo‘ladi.


Nazorat savollari

  1. Disklar necha xil bo’ladi?

  2. Disklarga necha xilda xizmat ko’rsatish mumkin?

  3. Qattiq diska xizmat ko’rsatuvchi dasturlar qanday ishlaydi?

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling