Dislaliya sabablari va shakllari, dislaliya turlari va uning namoyon bo‘lishi


Download 1.58 Mb.
bet5/6
Sana06.04.2023
Hajmi1.58 Mb.
#1333757
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
дислалия 2

Rotatsizm (grekcha ro harfi nomidan olingan bo‘lib, «r» tovushni bildiradi) –r tovushning talaffuzidagi kam­chi­liklardir. R tovushini boshqa tovushlar bilan almashtirilishi pararotatsizm deb yuritiladi. Masalan, raketa-«yaketa», rom-«lom», ruchka-«yuchka».

Rotatsizm (grekcha ro harfi nomidan olingan bo‘lib, «r» tovushni bildiradi) –r tovushning talaffuzidagi kam­chi­liklardir. R tovushini boshqa tovushlar bilan almashtirilishi pararotatsizm deb yuritiladi. Masalan, raketa-«yaketa», rom-«lom», ruchka-«yuchka».

Rotatsizm turlari

  • R tovushini nutqda qo‘llay olmaslik yoki noto‘g‘ri talaffuz etilishi rotatsizm, r tovushini nutqda boshqa tovushlarga almashtirilishi parorotatsizm deb ataladi.
  • R tovushining artikulyatsiyasi quyidagichadir. Lab undosh tovushdan so‘ng keladigan unli tovushlar holatini oladi, til uchi alveolalar tomon ko‘tariladi, buning natijasida bir oz chuqurcha paydo bo‘ladi, shu chuqurchadan chiqqan havo oqimi til uchini titratib o‘tadi va titroq tovush hosil bo‘ladi. Ovoz paychalari jipslashib titraydi va chiqayotgan havo oqimi kuchli bo‘ladi.
  • Rotatsizmning quyidagi turlari mavjud:
  • Velyar rotatsizm (grekcha velum-yumshoq tanglayning pastki chetiga yaqinlashadi va u yerda oraliq (tirqish) hosil bo‘ladi. Shu oraliqdan o‘tayotgan havo oqimi yumshoq tanglayda tartibsiz titrash (vibratsiya) hosil qiladi. Natijada ovozga qo‘shilib shovqin chiqadi.
  • Uvilyar rotatsizm (grekcha uvula-tilcha), bunda til uchi tebranishi o‘rniga, faqat tilcha tebranadi.
  • Kucherskiy rotatsizmi-bunda til uchi tebranmay, lablar jipslashib tebranadi.
  • Yon rotatsizm, bunda til uchi tebranishi o‘rniga, tilning yon tomoni tebranadi, natijada noaniq r tovushi hosil bo‘ladi.
  • Amaliyotda pararotatsizmni quyidagi turlari uchraydi, ya’ni r tovushi quyidagicha tovushlar bilan almashtiriladi rl; ry(j); rya.
  • Rotatsizmga anatomik kamchiliklardan til tagidagi yuganchaning kaltaligi; tor va baland tanglay, haddan tashqari ingichka til sabab bo‘lishi mumkin.

Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling