Dispers sistemalar va chin eritmalar, kolloid
Eritmaning konsentratsiyasi
Download 21.88 Kb.
|
dispers sistemalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Osmotik bosim.
Eritmaning konsentratsiyasi
Eritma yoki erituvchining ma’lum massa miqdorida yoki hajmida erigan modda miqdori eritma konsentratsiyasi deyiladi. Yuqori konsentratsiyali eritma konsentratsiyalangan eritma deb ataladi, kuyi konsentratsiyali eritma esa suyultirilgan eritma deyiladi. Eritma konsentratsiyasi bir necha usulda ifodalanadi, ulardan asosiylari: 1. Foizli koncetraciya 100 g eritmada erigan moddaning grammlar xisobidagi miqdorini ko‘rsatadi va procent bilan ifodalanadi. Masalan , osh to‘zining suvdagi 20% li eritmasi 100g eritmada 20 g osh tuzi va 80 g suv borligini ko‘rsatadi. 2. Molyar konsentratsiyasi 1 l eritmada erigan moddaning mollar (mol- molekula ) sonini ko‘rsatadi va M har fi bilan belgilanadi, Masalan 1litr eritmada 1 mol H2SO4 erigan bo‘lsa (1l eritmada 1g-M=98 g N2SO4 bo‘lsa) uni 1M H2SO4 kurinishda yozish mumkin. 3. Normal konsentratsiya 1 l eritmada erigan moddaning ekvivalentlari soni bilan ifodalanadi va N yoki n har fi bilan belgilanadi. 1000 g erituvchida erigan moddaning mol sonlari bilan ifodalanadi. Masalan, 1000 g suvda 1 mol, ya’ni 180 g glyukoza erigan bo‘lsa, bunday eritma 1 molyal eritma deb ataladi. Suyultirilgan eritmalarning xossalarini o‘rganish moddaning gaz holati uning eritmadagi holatiga o‘xshashini ko‘rsatadi. Gaz mole-kulalari o‘zining tartibsiz har akati tufayli idishning butun hajmini mumkin kadar egallashga intiladi. Ular bir-biridan shunday masofada joylashadiki, molekulalarning o‘zaro ta’siri amalda nolga yakin bo‘ladi, shuning uchun ham gaz molekulalari istalgan yunalishda har akat qladi. Xuddi shunga uxshash hodisa suyultirilgan eritmalarda ham kuzatiladi. Erigan modda molekulalari eritmaning konsentratsiyasi yuqori joydan konsentratsiya past joyga kuchish hodisasi diffuziya deyiladi. Diffuziya jarayoni o‘z- o‘zidan borishi natijasida molekulalar butun hajmi buylab barobar taqsimlanadi. Osmotik bosim. Agarda eritma bilan erituvchi yarim o‘tkazgich parda-tusik (membrana) yordamida ajratib kuyilsa, bu yarim o‘tkazgichdan erituvchi molekulalari bemalol o‘ta oladi, ammo erigan modda molekulalari o‘ta olmaydi. Bunda diffuziya bir tomonlama bo‘ladi. Bunday yarim o‘tkazgich parda vazifasini tirik organizmning ichak devorlari, terisi hamda o‘simliklarning bargi, sun’iy tayyorlangan membranalar (jelatina, cellofan va boshqalar ) bajaradi. Erituvchining eritmaga bir tomonlama diffuziyasi osmos deyiladi . Yarim utkazgich–membrana sirti birligiga to‘g‘ri keladigan osmos kuchi eritmaning osmotik bosimi deyiladi. Osmos hodisasini bevosita osmometrda kuzatish mumkin. Agar erituvchili idish(V) ga eritmali idish (A)ni tushirsak, erituvchining molekulalari yarim utkazgich tusik orqali o‘ta boshlaydi va natijada ichki idish(A)dagi suyuqlikning satxi ingichka qismi buyicha k o‘tarila boradi. Eritmaning bunday kutarilishidan hosil bo‘lgan ustun(h) ning gidrostatik bosimi erituvchinng sirtdan ichkariga kirayotgan mole-k o‘lalarning yarim o‘tkazuvchi t o‘sik orqali sirtki idishga chiqshga 1 yordam beradi. Nixoyat ichki dish (A) da eritmaning ko‘tarilishi to‘xtaydi. Suyuqlik k o‘tarilgan ustun h eritmaning konsentratsiyasiga va temperaturaga bog‘liq bo‘ladi. Sistemadagi muvozanat holatga to‘g‘ri keladigan ushbu gidrostatik bosim osmosning miqdoriy har akteristikasi bo‘lib, osmotik bosimni tashkil kiladi. Shunday qilib, osmotik hodisasini tuxtatadigan gidrostatik bosim osmotik bosimga teng bo‘ladi. Osmotik bosimni miqdoriy ulchamlari birinchi marta V.Pfeffer (1877 y) tomonidan o‘tkazilgan va u quyidagi qonuniyatni yaratdi: O‘zgarmas temperaturada eritmaning osmotik bosimi erigan modda konsentratsiyasiga to‘g‘ri proporsionaldir. Osmotik bosim eritmaning absolyut temperaturasiga proporsionaldir.Pfeffer qoidalari bilan Boyl-Mariot, Gey-Lyussak va Avagadroning gazlarga oid qonunlari orasida to‘la uxshashlik borligini birinchi marta 1886 yilda Vant-Goff e’tibor berdi. U bu qonunlarni birlashtirib osmotik bosim uchun xuddi ideal gaz tenglamalariga o‘xshash tenglama yaratdi: u quyidagi ko‘rinishga ega: Р=С×R×Т Bu erda: C-eritmaning molyar konsentratsiyasi, R-gaz doiymiyligi, T- absolyut temperatura , P –osmotik bosim . Gazlar bilan eritmalar orasida o‘xshashlik Vant-Goff qonuni deb yuritiladi va u quyidagicha ta’riflanadi; eritmaning osmotik bosimi erigan modda ayni temperatura gaz holatida bo‘lib, eritma hajmiga teng hajmini egallaganda kuzatiladigan gaz bosimiga tengdir.Suyultirilgan eritmalar uchun Avogadro qonuni quyidagicha ta’riflanadi; teng hajmida olingan va bir xil osmotik bosimga ega bo‘lgan eritmalarda erigan modda molekulalar soni bir xil bo‘ladi. Agar 22,4 l erituvchida 0°S da 1 mol modda eritilsa, eritmaning osmotik bosimi bir atmosferaga teng bo‘ladi. Osmotik bosim kattaligi atmosferalar bilan o‘lchanadi. Bir xil osmotik bosimga ega bo‘lgan eritmalar izotonik eritmalar deyiladi . Erituvchi osmotik hodisasida, konsentratsiyasi kam bo‘lgan eritmadan, konsentratsiya yuqori bo‘lgan eritmaga o‘tadi, ya’ni osmotik jarayonlarda erituvchi yarim o‘tkazgich orqali bir-biriga tegib turgan ikki eritmaning konsentratsiyasini tenglash tomon diffuziyalanadi Osmotik bosim hayvon va ayniqsa o‘simliklar hayotida juda muhim rol uynaydi. Masalan, xayvonlarda oziq moddaning xazm bo‘lish jarayonlari, buyrakdan moddalarning ajralishi, o‘simliklar ildiziga er osti eritmalarining o‘tishi va ularning o‘simliklar tanasiga tarqalishi va hokazolar jarayonlar osmos bilan aloqadordir. Download 21.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling