Molekulyar-kinetik nazariyasining asosiy tenglamasi. Termodinamika asoslari. Qaytar va qaytmas jarayonlar. Ichki energiya
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
9-mavzu. Fizika fanidan
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so‘z va iboralar
MA’RUZA № 9 MOLEKULYAR-KINETIK NAZARIYASINING ASOSIY TENGLAMASI. TERMODINAMIKA ASOSLARI. QAYTAR VA QAYTMAS JARAYONLAR. ICHKI ENERGIYA. Mavzu rejasi 1. Statistik va termodinamik usul. 2. Molekulyar-kinetik nazariya va uning asosiy qoidalari. 3. Molekula. Molekulalarning massasi va o„lchamlari. 4. Ideal gaz qonunlari. (Boyl-Mariot, Gey-Lyussak, Sharl, Dalton, Mendeleev-Klapeyron, Avogadro qonunlari). 5. 5.Gazlar molekulyar-kinetik nazariyasining asosiy tenglamasi. 6. Termodinamikaning asosiy tushunchalari. 7. Qaytar va qaytmas jarayonlar. 8. Ichki energiya. Erkinlik darajasi. Gazni ichki energiyasi. Issiqlik miqdori. Tayanch so‘z va iboralar: Molekula, atom, statik va termodinamik usullar, molekulyar kinetik nazariyaning asosiy qoidalari, oddiy va murakkab moddalar, Avogadro qonuni, molyar massa, bosim, hajm, harorat, Boyl-Mariott, Sharl, Gey-Lyussak, Mendeleev-Klapeyron tenglamalari, molekulyar kinetik nazariyaning asosiy tenglamasi, Bolsman doimiysi. Termodinamik sistema, yopiq sistema, termodinamik muvozanat, qaytmas va qaytuvchi jarayonlar, ichki energiya, erkinlik darajasi, qattiq molekula, adiabatik jarayon, termodinamikaning I va II qonunlari, sikl, Karno sikli, entropiya. Molekulyar fizikada juda ko„p sonli zarralar ta‟sirida vujudga keladigan hodisalarni tekshirishga to„g„ri keladi. Sistemani tashkil etuvchi ko„p sonli zarralarning ularni dinamik nuqtai nazardan xarakterlovchi fizik kattaliklar (tezlik, impul‟s, erkin yugurish masofasi va boshqalar) qiymatlari bo„yicha taqsimot qonunlarini aniqlab, bu qonunlar asosida hisoblangan o„rtacha fizik kattaliklar yordamida sistema xususiyatlarini o„rganish usuliga statistik usul deyiladi. Statistik usul ehtimollik nazariyasidan foydalanishga asoslangan. Fizik hodisalarni o„rganadigan dinamik va statik usullardan tashqari termodinamik usul ham mavjuddir. Termodinamik usul deb, fizik jarayonda ishtirok etadigan sistemaning ichki tuzilishi va sistemani tashkil etuvchi qismlarning holatlariga e‟tibor bermasdan, sistemada sodir bo„ladigan energiya aylanishlarini hamda ular orasidagi munosabatlarni aniqlash bilan sistemadagi fizik hodisalarni o„rganish usuliga aytiladi. Biz atom massasi yoki molekulyar massa deb ataluvchi aloxida atom va molekulalarning nisbiy massalari haqida gapirib o„tamiz. (ayrim hollarda atom og„irligi va molekula og„irligi terminlari ishlatiladi .) Bu massa uglerod atomining 120000 dan bir qismi atom massa birligi (a.m.b.) sifatida qabul qilingan. Bu esa kilogramlarda 1 a.m.b. =1.6605x10 -27 kg 1 . Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling