Dispers sistemalar va ularning sinflanishi. Sathdagi hodisalar Reja


Kolloid eritmalarni dializ usulida tozalash


Download 65.19 Kb.
bet3/3
Sana18.06.2023
Hajmi65.19 Kb.
#1589687
1   2   3
Bog'liq
10 dars. dispers sistemalar va ularn

1. Kolloid eritmalarni dializ usulida tozalash

Kolloid eritmalar hosil bo`lganda ular tarkibida dispers fazadan tashqari, ko`p miqdorda kislota, asos va tuzlar ham bo`ladi. Kolloid eritma barqaror bo`lishi uchun eritmada elektrolitlar ma`lum miqdorda bo`lishi kerak. Demak ortiqcha miqdordagi elektrolitkarni chiqarib yuborish zarur. Bu jarayon kolloid eritmani tozalash deyiladi. Kolloid eritmalarni tozalash uchun dializ, ultrafiltratsiya va elektrodializ usullaridan foydalaniladi.


Dializning mohiyati shundan iboratki, bunda kolloid eritma unga aralashgan elektrolitlardan toza erituvchida (suvda) yarim o`tkazgich parda (membrana) yordamida ajratiladi (4-rasm). Shunday pardadan o`ta oladigan molekula va ionlar pardaning har ikki tomonidagi molekulalar va ionlarning konsentratsiyasi o`rtasida muvozanat hosil bo`lguncha, erituvchi tomonga o`taveradi. Erituvchini vaqti-vaqti bilan yangilab, zolni qo`shimchalardan ma`lum darajada tozalash mumkin. Dializ uchun, odatda, kolloid pardalar hamda atsetilsellyulozadan ishlangan pardalar, sellofan va boshqa materiallardan tayyorlangan yarim o`tkazgich to`siqlar ishlatiladi. Shu bilan bir qatorda tabiiy yarim o`tkazgich pardalar, masalan, cho`chka yoki mol pufagi ham ishlatiladi.
Yarim o`tkazgich pardadan iborat idishga (B) tozalanishi kerak bo`lgan kolloid eritma solinadi (A), so`ngra bu idish boshqa suvli idishga tushiriladi (C). idishdagi suv doimiy oqim tufayli to`xtovsiz almashib turadi. Mol pufagi yoki boshqa yarim o`tkazgich parda devorlarida juda mayda teshiklar bo`ladi. Bu teshiklardan molekula va ionlar o`ta oladi, lekin kolloid zarracha o`taolmaydi. Zoldagi elektrolitlar suvda diffuziyalanib, parda orqali kolloid eritmadan chiqib ketaveradi. Suvni almashtirish yo`li bilan kolloid eritmani elektrolitlardan istalgan darajada tozalash mumkin.
3. Kolloid eritmalarni elektrodializ usulida tozalash
Elektrodializda dializ elektr toki yordamida tezlatiladi. Ikki membrana M1 va M2 oralig`iga elektrolitlardan tozalanishi lozim bo`lgan kolloid eritma solinadi (5-rasm). Membranalar tushirilgan idishning bir chekkasiga katod, ikkinchi chekkasiga anod o`rnatiladi. Idish orqali elektr toki o`tkazilganda musbat ionlar katodga, manfiy ionlar esa anodga tomon harakat qiladi. Ular membranadan o`tib, idishning elektrodlar tushirilgan qismiga yig`ila boshlaydi. Tozalangan zol esa idishning ikki membrana o`rtasidagi qismida qoladi. Bu usul organik kolloidlarni tozalashda ko`proq qo`llaniladi. Elektrodializdan sanoatda jelatina, elim va hokazolarni tozalashda keng foydalaniladi.

5. Kolloid eritmalarni ultrafiltratsiya usulida tozalash.


Kolloid eritmalarni yarim o`tkazgich parda yordamida ultrafiltratsiyalab elektrolitdan tozalash mumkin. Ultrafiltr Byuxner (1) voronkasi, membrana (2), Bunzen kolbasi (3) va nasosdan (4) iboratdir (6-rasm). Ultrafiltrlashni tezlatish uchun voronkaning tor qismi havoni so`ruvchi nasosga ulanadi. Tegishli membrana ishlatib kolloid eritmani elektrolitlardan filtrlab ajratish mumkin.




O’z –o’zini nazorat qilish savollar
1. Kolloid kimyo predmeti, uning rivojlanish tarixi.
2. Kolloid birikmalarning boshqa kimyoviy birikmalardan farqi va o`xshashligi.
3. Kolloid zollarning dispersligi.
4. Kolloid sistemalarning klassifikatsiyasi.
Download 65.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling