Dispers sistemalarning tasnifi. Dispers faza va dispers muhit


Download 54.08 Kb.
bet6/8
Sana21.01.2023
Hajmi54.08 Kb.
#1106476
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
dispers sistema

Aerozollar
Aerozollar (grеkcha aer - xavo va lotincha solutio - eritma) dеb dispеrs muxiti gazsimon bo`lgan dispеrs sistеmalarga aytiladi. Dispеrs fazaning agrеgat holatiga qarab aerozollar quyidagilarga bo`linadi: dispеrs fazasi suyuq bo`lgan aerozollar - tumanlar; dispеrs fazasi qattiq bo`lgan aerozollar - chang; dispеrs fazasi aralash bo`lgan aerozollar - tutunlar (inglizcha smoke - tutun, fog-tuman). Dispеrs sistеmalar klassifikatsiyasiga qarab dispеrs faza zarrachasining o`lchami 10-7 -10-9 m atrofida bo`ladi. Ko`pincha yirikroq o`lchami (10-4 -10-6 m) zarrachalar ham aerozollarga kiritiladi. Boshqa sistеmalar kabi aerozollar ham ikki xil: kondеnsatsion va dispеrsion usullarda olinadi. Kondеnsatsion usulda dispеrs faza bug` fazasidan molеkulalarni kolloid o`lchamga kondеnsatsiyalab olinadi. Masalan, yuqori kontsеntratsiyadagi bug` sovuq gaz ta'sirida kеskin sovutiladi yoki kеngaytiriladi. Ayrim aerozollar kimyoviy rеaktsiya yordamida olinadi Ko`pincha aerozollar yonish rеaktsiyasi yordamida olinadi. Dispеrs usulda yirikroq agrеgatlarni maydalab, kolloid o`lchamdagi zarrachalar olinadi. Ko`pincha, dispеrslash yo`li bilan aerozollar hosil bo`lishi noxush voqеalarga olib kеladi, zеro ularni bo`lmagani ma'qul: masalan ko`mir changi, tеgirmonlardagi un changi, shakar changi va xakozo. Aerozollar yorig`likni tarqatish qobiliyatiga ega. Ularda Faradеy-Tindal konus hosil bo`ladi. Dispеrs faza va dispеrs muhitning sinish ko`rsatgichlari orasidagi farq katta bo`lgani uchun yorug`likni tarqatish intеnsivligi aerozollarda liozollarga nisbatan katta bo`ladi. Aerozollarning molеkulyar-kinеtik xossalari liozollardagi qonuniyatlarga bo`ysinadi. Faqat gaz dispеrs muhitning qovushqoqligini va zichligini kichik bo`lgani uchun broun xarakatining intеnsivligi, diffuziya tеzligi, sеdimеntatsiya liozollarnikidan katta bo`ladi. Aerozollar dispеrs fazasidagi zarrachalarda qo`sh elеktr qavat bo`lmaydi. Lеkin zarrachalar ko`pincha zaryadlangan bo`ladi. Zaryad ishqalanish yoki gaz ionlarini adsorbtsiyasi tufayli vujudga kеladi. Ko`pincha aerozollar zarrachalari (mayda va yirik) qarama-qarshi zaryadlangan bo`ladi. Katta xajmdagi aerozollarda o`lchamiga qarab zarrachalarni ajralishi yuqori kuchlanishli elеktr maydonini hosil bo`lishiga olib kеladi. Shuning uchun, xam bulutlarda elеktr chaqmoq ro`y bеradi. Aerozollar kinеtik va agrеgativ jixatdan bеqaror sistеmadir. Chunki fazalar chеgarasida qo`sh elеktr qavati yo`q. Shu tufayli aerozollarda koagulyatsiya tеzroq sodir bo`ladi. Aerozollar turmushda, qishloq xo`jaligida, farmatsiyada katta ahamiyat kasb etadi. AgJ va PbJ aerozollari suniy yomg`ir chaqirishda yoki do`l yog`ishini oldini olishda qo`llaniladi. Tibbiyotda aerozollar ingolyatsiya tеrapiyasida, tеri yaralarini dеzinfеktsiyalash va qoplashda qo`llaniladi. Kеyingi vaqtda aerozollar xolidagi dori turi ko`paymoqda.

Gaz muhitda suyuqlik tomchilarining yoki qattiq modda zarrachalarining tarqalishidan hosil bo‘lgan mikrogeterogen sistemalar-aerozollar deyiladi.


Aerozollar shartli ravishda quyidagicha belgilanadi: Q/G yoki S/G.
Kosmik fazo, atmosfera, havo umuman biz nafas oladigan moddalarning hammasi aerozollarga misol bo‘ladi.
Aerozollar o‘z-o‘zidan yoki ishlab chiqarish sanoatlarida hosil bo‘lib turadi. Tabiatda shamol ta‘sirida changlar havoga ko‘tariladi va aerozollar hosil bo‘ladi. Aerozollarning 10% ga yaqini sun‘iy usulda hosil qilinadi.
Aerozollarning klassifikatsiyasi
Aerozollar Suyuq / gaz Qattiq/gaz Tumanlar Tutunlar Changlar d=10-7 - 10-5m d=10-9-10-5m d>10-5m Qattiq/gaz
1. Dispers fazaning agregat holatiga ko‘ra;
 Tuman (S/G);
 Tutun, chang (Q/G);
 Bulut (S+Q/G)=tutun+tuman

2. Disperslik darajasiga ko‘ra:


 Tuman (S/G), 10-15≤d≤10-5 sm;
 Tutun (Q/G), 107≤d≤10-3 sm ;
 Chang (Q/G), d≤10-3 sm

3. Olinish usuliga ko‘ra:


 Kondensatsion;
Disparsigion

Aerozollarning olinish usullari


Boshqa mikrogeterogen sistemalar kabi aerozollar ham:
 Dispergatsion (dag‘al dispers sistemalardan);
 Kondensatsion (chin eritmalardan) usullarda olinadi.

Kondensatsion usullar gomogen sistemalarda yangi fazalar hosil bo‘lishi bilan bog‘liq.


Kondensatsion usullarga:
 Gazlarning adiabatik kengayishi;
 Turli haroratli gaz va bug‘larning aralashuvi (atmosfera tumanlari hosil bo‘ladi);
 Bug‘ saqlovchi gazlar aralashmasining sovutilishi kiradi.

Bundan tashqari kondensatsion aerozollar gazli reaksiyalar natijsada ham hosil bo‘ladi:


 Yonilg‘i yonganida tutunli gazlar hosil bo‘ladi.
 Fosfor yonganida havoda oq tutun (P2O5) hosil bo‘ladi;
 Gaz holidagi NH3 va HCl reaksiyaga kirishganida NH4Cl (qattiq) tutuni hosil bo‘ladi;
 Metallar havoda oksidlanganida (metallurgik va kimyoviy jarayonlarda) metall oksidlaridan iborat tutun hosil bo‘ladi.


Aerozollarning umumiy xarakteristikasi
Aerozollarning xossalari:
 Dispers faza va dispersion muhit moddalarining tabiati bilan;
 Aerozollarning qismiy va massaviy konsentratsiyalari bilan;
 Zarrachalarning o‘lchamlari bilan ;
 Birlamchi zarrachalarning shakli bilan;
 Aerozolning tuzilishi bilan;
 Zarrachalarning zaryadi bilan aniqlanadi.
Sonli konsentratsiya–aerozolning hajm biriligidagi zarrachalar soni.
Aerozol zarrachalarining shakli dispersion fazaning agregat holatiga qarab, shar shaklida (aerozollarda suyuqlik tomchilari) va turli xil qattiq zarrachalar shaklida bo‘ladi.
Aerozollarning optik xossalari
Aerozollarning optik xossalari liozollarning optik xossasi bo‘ysungan qonuniyatlarga bo‘ysunadi. Ammo aerozolda bu qonuniyatlar aniq kuzatiladi.
Yorug‘lik nurining aerozollar bilan ta‘sirlashuvi zarrachalarning o‘lchami d va yorug‘lik to‘lqin uzunligiga bog‘liq bo‘ladi. Aerozollar uchun yorug‘likning sochilishi va yutilishi xos.
Aerozollarning molekulyar-kinetik xossalari
Aerozollarning molekulyar-kinetik xossalarining o‘ziga xosligi quyidagilar bilan tushuntiriladi:
 Dispers faza zarrachalarining kichik konsentratsiyali ekanligi -1sm3 oltin gidrozoli 1016 ta zarracha bo‘ladi;
 Dispersion muhit qovushqoqligi kichik bo‘ladi;
 Dispersion muhitning zichligi kichik bo‘ladi

Aerozollarda zarrachalarning harakati liozollardagilarga nisbatan intensiv bo‘ladi.


Eng oddiy holni ko‘rib chiqamiz. Aytaylik aerozol yopiq idishda joylashgan bo‘lib, shar shaklidagi zarrachalarning radiusi r va zichligi ρ bo‘lsin. Bunday zarrachaga bir vaqtning o‘zida og‘irlik kuchi va ishqalanish kuchlari ta‘sir ko‘rsatadi. Bundan tashqari zarracha Broun harakatiga, demak, diffuziyaga ega bo‘ladi.
Aerozollarda diffuziya va sedimentatsiyani miqdoriy baholash uchun solishtirma diffuziya oqimi (idif) va solishtirma sedimentatsiya oqimi (ised) tushunchalari ishlatiladi
Agar zarrachalar bir-biri bilan to‘qnashsa, ular o‘zaro yopishadi, bu esa ularning kattalashishiga va konsentratsiyalarining kamayishiga olib keladi.
Aerozollarning elektrik xossalari
Aerozollarda zarrachalarning xossalari liozollardagi zarrachalarning elektrik xossalaridan katta farq qiladi:
1. Aerozollarda qo‘sh elektr qavat hosil bo‘lmaydi, chunki gazli muhitning dielektrik o‘tkazuvchanligi kichik qiymatga ega. Shuning uchun zarrachalar amalda dissosilanmaydi.
2. Zarrachalarda zaryad asosan ionlarning notanlab adsorbilanishi natijasida paydo bo‘ladi.
3. Vaqt o‘tishi bilan zarrachalarning zaryadi kattaligi va ishorasi bo‘yicha o‘zgaradi.

Odatda metall va metall oksidlari aerozollarining zarrachalari (Zn, ZnO, MgO, Fe2O3) manfiy; metallmas va ular oksidlari aerozollarining zarrachalari (SiO2, P2O5) musbat zaryadlangan bo‘ladi. NaCl va kraxmal zarrachalari musbat; un zarrachalari manfiy zaryadga ega bo‘ladi.


Agregativ barqarorlik. Koagulyatsiya
Aerozollar agregativ beqaror sistemalardir. Ularda koagulyatsiya tez sodir bo‘ladi. Koagulyatsiya tezligi aerozolning sonli konsentratsiyasi ortishi bilan koagulyatsiya tezligi ortadi. Aerozolning boshlang‘ich konsentratsiyasiga bog‘liq bo‘lmagan holda bir necha minutdan so‘ng 1 sm3 hajmda 108–106 ta zarracha joylashadi (liozollarda=105 ta zarracha bo‘ladi).

Download 54.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling