Диссертация илмий раҳбар: доц. Мисиров. К
Download 1.2 Mb. Pdf ko'rish
|
bilvosita soliqlar xisobi va taxlilini takomillashtirish
1.2- jadval
Bilvosita soliqlarning O’zbekiston Respublikasi davlat byudjeti daromadlaridagi o’rni va salmog’i 31 Ko’rsatkichlar 2005 y 2010 y 2015y 2016y 2017y prognoz 2017 yil pragnoz 2005 yilga nisbatan o’zgarishi Davlat byudjeti daromadlari (mlrd. so’mda) 3 310,8 13596,7 36 493,3 41030,7 44469,6 41158,8 Bilvosita soliqlar (mlrd. so’mda) maqsadli (jamg’armalarsiz) 1 627,9 6858,5 19 193,8 21131,0 24285,4 22657,5 Bilvosita soliqlar (foizda) 49,2 50,4 52,5 51,5 54,6 5,4 Byudjet daromadlarida bilvosita soliqlarning yuqoriligi, bevosita soliqlarning pastligini ifodalaydi va ishlab chiqaruvchilarga soliqlardan katta imtiyoz borligini ham ko’rsatadi. Bunday islohotlar natijasida bilvosita soliq to’lovchilar sonining kamayishiga mutanosib holda bilvosita soliq tushumlari ham kamayib borishi lozim edi. Lekin, tadqiqotlar natijasi buning teskarisini ko’rsatmoqda. Demak, soliq yukini kamaytirish va soliq turlarini ixchamlashtirish siyosati olib borilayotgan hozirgi paytda kam sonli bilvosita soliq to’lovchi xo’jalik yurituvchi sub’ektlar uchun soliq yuki oshib bormoqda deb xulosa chiqarishga sabab bo’ladi. Chunki umumiy soliq yuki bir muncha kamaygan bo’lsada hamon byudjet daromadlarida bilvosita soliqlar ulushi yuqoriligicha qolmoqda. Tadqiqot ishimizning mazkur paragrafida olib borilgan tahlillarda mamlakatimiz soliq tizimidagi bir qancha muammolar va aniqlik kiritilishi lozim bo’lgan masalalar ko’rsatilib ularning natijalari bo’yicha quyidagi xulosaga keldik: - mamlakat YaIM hajmidagi soliqlar yuki biroz kamayib borayotgan 31 O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi. O’zbekiston Raqamlarda nomli stasistik to’plamlardan foydalanib tayyorlandi . 22 bo’lsada, lekin bu kamayish barcha xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda bir xil bo’lmay bilvosita soliq to’lovchi xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda bilvosita soliq yukiga mutanosib ravishda soliq yuki va boqimandalari oshib bormoqda. Shu bilan birga, bilvosita soliq to’lovchi korxonlarning foydasi kamayib, unga mutanosib holda bevosita soliqqa tortish bazasi ham kamayib bormoqda. Bunday holatda bilvosita soliqqa tortishni oshirish soliq tushumini ko’paytirmaydi, aksincha foyda solig’i stavkasini pasaytirish xo’jalik yurituvchi sub’ektlar moliyaviy faoliyatini mustahkamlamaydi . Download 1.2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling