Диссертация илмий раҳбар: доц. Мисиров. К
II-BOB. IQTISODIYOTNI MODERNIZATSIYA QILISH SHAROITIDA
Download 1.2 Mb. Pdf ko'rish
|
bilvosita soliqlar xisobi va taxlilini takomillashtirish
II-BOB. IQTISODIYOTNI MODERNIZATSIYA QILISH SHAROITIDA
BILVOSITA SOLIQLAR HISOBINI TAKOMILLASHTIRISH 2.1. Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida aktsiz solig’i hisobini takomillashtirish Respublikamizda soliq tizimi shakllanishiga juda ko’p vaqt ketmagan bo’lsa ham, takomillashtirib borilayotgan soliq siyosati asosida soliq tizimimiz yil sayin rivojlanib bormoqda. Hozirgi vaqtda butun dunyoda davlatning aniq amal qiluvchi soliq tizimi mavjudligi uning yuksak darajada taraqqiy etganligining belgisi hisoblanadi. Shuning uchun soliq tizimini jaxon standartlari darajasida shakllantirish bozor munosabatlariga o’tish shart-sharoitiga moslashishda alohida ahamiyatga egadir. Soliqlar muayyan maqsadlarni ko’zlashdan tashqari jamiyatning ijtimoiy tarkibiga ta’sir o’tkazish imkoniyatini yaratadi, ular vositasida aholining daromadlari darajasi boshqarib turiladi, kam ta’minlangan va yordamga muhtoj tabaqalar himoyalanganlari holda juda ko’p daromad oluvchi tabaqalar daromadlarining salmoqli qismi byudjetga jalb etib boriladi. Bilvosita soliqlar korxonalar faoliyatiga betaraf bo’lganligi uchun ular bo’yicha soliq bosimining oshirilishi huquqiy to’lovchi moliyaviy faoliyatiga jiddiy ta’sir etmaydi degan fikrlar ham mavjud. Shuning uchun ham korxonalar moliyaviy faoliyatini mustahkamlash va ularda investitsiya qobiliyatini yaxshilash maqsadida bevosita soliqlar yukini kamaytirilishi samarali ekanligi e’tiborga olinadi. Davlat bevosita soliqlar yukini kamaytirishi natijasida vujudga kelayotgan byudjet taqchilligini bilvosita soliqlar orqali to’ldirmoqda. Lekin pul taqchilligi ro’y bergan va to’lov tizimi izdan chiqqan sharoitlarda realizatsiya qilingan tovarlarning summasini korxonalarga o’z vaqtida to’lanmasligi ham mumkin. Bunday hollarda bilvosita soliqlarning to’lovchisi – nafaqat iste’molchi, balki ushbu bilvosita soliq belgilangan mahsulotni sotgan yuridik shaxs ham bo’lib, ma’lum miqdorda ularga ham bilvosita soliq yuklanadi. Aktsiz solig’i bozor iqtisodiyotiga ega bo’lgan juda ko’p mamlakatlarda o’zlarini faqatgina byudjetning samarali fiskal instrumentlar sifatida namoyon etib qolmasdan, balki barcha tadbirkorlar uchun xo’jalik yuritishda teng sharoitlar 34 yaratib beradigan vosita sifatida ham yaqqol ko’rinadi. Aktsiz solig’i eng umumiy soliq bo’lib, aktsizosti halq iste’mol tovarlarini ishlab chiqarishning barcha sohalarini o’z ichiga qamrab oladi va milliy bozordan ma’lum turdagi tovarlarni chetga chiqib ketishi, yoki milliy ishlab chiqarishga talabni kamayishiga sabab bo’luvchi chetdan kirib keladigan tovarlardan, aholi salomatligiga zararli hisoblangan tovarlarni ishlab chiqarishni kengayib borishidan milliy bozorimizni himoya qilishda iqtisodiy dastak sifatida qo’llaniladi. Aktsiz solig’i bilvosita soliqlar turiga kirganligi sababli unga iqtisodiy nuqtai nazardan yondoshganimizda qo’shilgan qiymat solig’iga juda yaqin ekanligini ko’ramiz. Uning o’xshashligi yoki yaqinligi davlat bilan yuridik shaxslar o’rtasida vujudga keluvchi ob’ektiv majburiy to’lovlarga asoslangan moliyaviy munosabatlar orqali harakterlanadi. Bu ikki soliq turining o’zaro bog’liqligi va ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lishi milliy daromadning bir qismi bo’lgan pul mablag’larini davlat ixtiyoriga safarbar qilishda ko’proq namoyon bo’ladi. Aktsiz to’lanadigan tovarlar olib kiruvchi, mulkchilik shaklidan qat’i nazar yuridik shaxslar, shuningdek jismoniy shaxslar aktsiz solig’ini to’lovchilar hisoblanadi. Bunda, agar qonun hujjatlarida boshqa narsa ko’zda tutilmagan bo’lsa, istalgan manfaatdor shaxs to’lovchi uchun bojxona to’lovlarini to’lashga haqlidir. Aktsiz solig’i stavkalari va aktsizlanadigan tovarlar ro’yxati O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi hamda belgilangan tartibda soliq to’lovchilarga O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo’mitasi tomonidan etkaziladi. O’zbekiston Respublikasi hududiga yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan olib kiriladigan, aktsiz to’lanadigan tovarlarga O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga ko’ra ro’yxatlar va stavkalar bo’yicha aktsiz solig’i solinadi. O’zbekistonda aktsiz solig’i 1992-ilda joriy qilingan. Unung qo’shilgan qiymat solig’idan farqli tomoni shundaki, u ayrim tovarlar va maxsulotlarni chegaralab olgan va bajarilgan ish, ko’rsatilgan xizmatlarga nisbatan qo’llanilmaydi. Aktsiz solig’i individual xarakterga ega bo’lib, faqat aktsiz 35 to’lanadigan tovarlarga nisbatan ko’llaniadi. O’zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksining 8-bo’lim 229-moddasiga asosan, aktsiz solig’i to’lovchi yuridik va jismoniy shaxslar quyidagilar hisoblanadi ( 2.1 - rasmga qarang). Download 1.2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling