Диссертация илмий раҳбар: доц. Мисиров. К


XULOSA VA TAKLIFLAR……........………………………


Download 1.2 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/42
Sana17.06.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1521491
TuriДиссертация
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42
Bog'liq
bilvosita soliqlar xisobi va taxlilini takomillashtirish

XULOSA VA TAKLIFLAR……........……………………….. 
78 
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR……….........………... 
82 



KIRISH 
Mavzuning asoslanishn va uning dolzarbligi. Mamlakatimizda iqtisodiy 
islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirishda soliq siyosati muhim o’rin tutib, 
ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning ustuvor yo’nalishlarini rag’batlantirishga qaratilgandir. 
Xo’jalik sub’ektlar ishlab chiqarish va moliyaviy faoliyatini yuritishda soliq siyosati 
sohasidagi olib borilayotgan keng ko’lamli islohatlar asosida davlat byudjet daromadlar 
qismini shakillantirish, soliq yukini kamaytirish va soliqlar hisobini 
takomillashtirishga alohida etibor qaratadi.
Bu borada Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoev: «Soliq siyosatining asosiy 
yo’nalishlari iqtisodiyotga tushadigan soliq yukini yalpi ichki mahsulotga nisbatan joriy 
yildagi 20,2 foizdan 18,9 foizga kamaytirishni, soliq ma’murchiligining shaffofligini 
ta’minlash orqali uni yaxshilashni, shuningdek, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik 
sub’ektlarini har tomonlama qo’llab-quvvatlashni nazarda tutadi»
1
, deb ta’kidlab 
o’tdilar. 
Respublikamiz rahbari ta’kidlaganidek mamlakatimizda soliq siyosatini 
takomillashtirish bilan mutanosib ravishda buxgalteriya hisobi va auditining 
me’yoriy-huquqiy asoslari ham takomillashtirilib borishi bugungi kunning dolzarb 
masalalaridan bo’lib hisoblanadi.
Bu borada mamlakatimizda olib borilgan iqtisodiy islohotlar natijasida
«Buxgalteriya hisobi to’g’risida»gi yangi tahrirdagi Qonun, «Auditorlik faoliyati 
to’g’risida»gi Qonun, buxgalteriya hisobining milliy standartlarini

qabul qilinishi 
buning yaqqol misolidir.
2016 yilda ijtimoiy-qtisodiy rivojlanishning asosiy yakunlari va 2017 yilga 
mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga 
bag’ishlangan vazirlar maxkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasida 
mamlakatimiz rahbari Sh.Mirziyoev Soliqlarning mamlakat iqtisodiyotini 
boshqrishdagi o’rniga aloxida to’xtalib. .... “Soliq-byudjet siyosatiga qat’iy amal 
1
Mirziyoev Sh.M. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining sakkizinchi yalpi majlisi. Xalq so’zi gazetasi, 
2016.14 dekabr. 
2
Buxgalteriya hisobi to’g’risidagi Qonun, Buxgalteriya hisobi va statistikani isloh qilish bo’yicha Davlat dasturi
BHMS lari va boshqa me’yoriy hujjatlar. 



qilish, davlatning ijtimoiy majburiyatlarini bajarish, ish haqi, pensiya, nafaqa va 
stipendiyalar hajmi, yirik investitsiya loyixalari va mamlakat mudofaa qobiliyatini 
mustaxkamlashda soliqlarning o’rni alohida ahamiyat kasb etadi”
3
deb dakidladi.
Xo’jalik sub’ektlarida soliqlar hisobini to’g’ri yo’lga qo’yish, uni 
takomillashtirish hozirgi kunning dolzarb masalalaridan biriga aylangan. Ana 
shulardan biri bilvosita soliqlarni hisoblash va byudjetga to’lanishidagi 
muammolardir. Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda bilvosita soliqlar hisobining 
o’ziga xos xususiyatlari mavjud. Bilvosita soliqlar nafaqat iqtisodiyotni tartibga 
solishda, shu bilan birga iste’mol munosabatlarini muvofiqlashtirish kabi 
funktsiyalarni bajarish bilan bir qatorda xo’jalik sub’ektini samarali faoliyat 
yuritishiga o’z tasirini ifodalaydi. 
Magistrlik dissertatsiya ishida xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning tashkil 
etilishi albatta hisob tizimini ham mazmunan ancha boyitishni talab etadi. Bilvosita 
soliqlar hisobini to’g’ri tashkil etish va taxlil ishlarini olib borish soliqlarni 
byudjetga to’liq tushushini va soliq qarzdorligini kamayishini ta’minlaydi. 
Bilvosita soliqlar hisobini tartibga solish, nazoratini samarali tashkil etish, ularning 
mahsulot ishlab chiqaruvchilar moliya-xo’jalik faoliyatiga ijobiy ta’sirini 
ta’minlash, bilvosita soliqlar hisobini to’g’ri va o’z vaqtida yuritilishini, byudjetga 
to’lanishini taxlil etish borasida qator ishlarni amalga oshirishning ob’ektiv 
zarurligi mavzuning dolzarbligini belgilaydi. 

Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling