Dissertasiya mavzusining dolzarbligi va zarurati


Download 5.59 Kb.
Sana30.04.2023
Hajmi5.59 Kb.
#1403071
Bog'liq
Kirish1


Kirish


Dissertasiya mavzusining dolzarbligi va zarurati. XXI asr jahon tilshunoslik maktablari va oqimlarida tilning eng muhim birliklaridan bo‘lmish frazeologizmlarni somatizmlar paradigmasi asosida o‘rganishga jiddiy e'tibor qaratilmoqda. Frazeologizmlar tashiydigan leksik, semantik, pragmatik, stilistik, kognitiv ma'nolarni va ularning nutqda voqelanishini zamonaviy metodologik tamoyillardan foydalangan holda umumlashtirish, somatizmlar asosida shakllangan frazemalarning lingvostilistik, semantik-pragmatik xususiyatlari hamda ularning nutqdagi maqomi yuzasidan aniq nazariy xulosalar chiqarish zarurati mavzuning dolzarbligidan dalolat beradi. Jahon tilshunosligida frazeologik birliklarni, xususan, somatik frazemalarning semantik maydondagi struktur-semantik va kommunikativpragmatik jihatdan voqelanishini ko‘rsatish tendensiyasi ustuvordir.
Inson tana a'zolari nomlari bilan bog‘liq somatik frazeologizmlarni alohida leksik-semantik guruh sifatida semantik-pragmatik va stilistik planda tadqiq etishni ham ana shu yo‘nalishda amalga oshirish zarur. Bu hol mavzuning zamonaviy tilshunoslik uchun ahamiyatini belgilaydi. Mustaqillik yillarida o‘zbek tilshunosligida frazeologik birliklarni o‘rganishda jiddiy yutuqlarga erishildi.
Shu bilan birga yaxlit shakliy va mazmuniy strukturaga ega bo‘lgan somatik frazeologizmlarning tilda amal qilinishining falsafiy-gnoseologik, milliy-psixologik va etnomadaniy aspektlarini tadqiq etish o‘zbek tilshunosligining muhim vazifalaridan biriga aylandi.
Zero, Prezidentimiz tomonidan «ona tilimizning boyligini, unga hurmat va muhabbatimizni tilimizni dunyoga tarannum etish bilan ko‘rsatishimiz kerak»ligi alohida ta'kidlangani bejizga emas1 . Shu sababli somatik frazeologizmlarning lingvostilistik va semantik-pragmatik xusu-siyatlarini zamonaviy tadqiq usullari bilan ochib berish dolzarb muammolar sirasiga kiradi
Download 5.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling