III BOB. SURXONDARYO DEALEKTAL FITONIM(O‘SIMLIK)LARINING LEKSIK-SEMANTIK TASNIFI VA TARTIBGA SOLISH MASALALARI 1. Nom o‘zi atayotgan o‘simlik navining tabiiy, botanik belgi- xususiyatlarini ifodalashi, shakl va ma’no uyg‘unligi tamoyiliga asoslangan bo‘lishi kerak. 2. Fitonim o‘zi atayotgan navni boshqa navlardan farklash vazifasini bajarmog‘i kerak. 3. Fitonimlarda milliy lisoniy xususiyat va an’anaviylik sezilib turmog‘i shart. 4. Yangi nav nomlari oldin boshqa navlarga berilgan nomlarni takrorlamasligi, o‘xshash bo‘lmasligi, shaklan va talaffuz xususiyatlariga ko‘ra ulardan farqlanishi, aynan bir nom bir necha nav nomi sifatida takrorlanmasligi kerak. 5. Fitonimlar imkon qadar o‘z til lug‘aviy birlik va vositalari asosida yasalishi lozim. Nom uchun asosan o‘zbek tilining o‘z qatlamiga mansub lug‘aviy birliklardan foydalanish ma’qul. 6. Nom shaklan qisqa, lo‘nda, sodda, tushunarli, eslab qolishga qulay bo‘lishi ma’qul. Nomlar tuzulishiga ko‘ra asosan so‘z, so‘z birikmasi shaklida bo‘lishi maqsadga muvofiq. 7. Fitonimlar o‘zbek tilining talaffuz (orfoepik) me’yori qoidalariga mos kelishi, talaffuzi yengil, tushunarli, ravon va qulay bo‘lishi shart. 8. Fitonimlarning imloviy shaklini belgilashda o‘zbek adabiy tilining imloviy tamoyillari va mezonlariga tayaniladi. Fitonimlar O‘zbekistan Respublikasining davlat tili - o‘zbek tilida va uning imlo qoidalari talablariga asoslangan holda, barcha manbalarda yagona va to‘liq shaklda yoziladi. Qisqartma shaklidagi fitonimlar o‘zbek tilining milliy lisoniy xususiyatlariga xos emas. 9. O‘zbek xalqining milliy, ma’naviy-ma’rifiy, axloqiy talablariga javob bermaydigan nomlar qo‘yilmaydi. 10. Navga aslida mazkur navda bo‘lmagan qandaydir alohida sifatlarga egadek taassurot qoldiradigan nomlar berilmaydi. 11. Navlar hech qanday aloqasi bo‘lmagan muayyan toponimlar: viloyat, shahar, tuman, qishloq nomlari bilan atalmaydi. 12. Boshqa navga turdosh ekanligi to‘g‘risida noto‘g‘ri tasavvur xosil qiluvchi nomlar ham navlarga berilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |