Dissеrtаtsiуа termiz-2023 surxondaryo dealektal fitonim(O‘simlik)larining leksik- semantik xususiyatlari


Navlarni nomlashda xalq seleksiyasining tarixiy an’analariga asoslanish maqsadga muvofiq


Download 0.54 Mb.
bet5/5
Sana20.06.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1627467
1   2   3   4   5
Bog'liq
Mamadiyeva Yulduz taqdimot1

13. Navlarni nomlashda xalq seleksiyasining tarixiy an’analariga asoslanish maqsadga muvofiq.

14. Seleksiya yutuqlariga nom qo‘yish qoidalari “O‘zbekistan Respublikasining Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 1997 yil 3 iyun 163-sonli buyrug‘i” bilan tasdiqlangan.

15. Navlarni nomlashda seleksioner olimlar, buyurtmachilar, dehqonlar, bog‘bonlar va tilshunos olimlar hamkorligini yo‘lga qo‘yish lozim.

16. Navlarni shaxslar nomi bilan atashga jiddiy yondashmoq kerak. Istisno tariqasida navning yaratilishi bilan bevosita bog‘liq shaxs nomlari berilishi mumkin. Navlarni buyuk allomalar, mashxur shaxslar nomlari bilan atamaslik tavsiya etiladi.

XULOSA

  • O‘simliklar qadimdanoq xalqimiz turmushi va hayotining ajralmas qismiga aylangan. Bu fitonimlarning yuzaga kelishiga sabab bo‘lgan.

  • 2.Fitonimlar o‘simlik nav va xillarining morfologik, kimyoviy va nisbiy belgi-xususiyatlariga asoslangan holda farklovchi va atovchi maxsus nomlardir.
    3.Fitonimlarning paydo bo‘lishi va shakllanishining lisoniy, nolisoniy omillarini, nav va xillarni nomlanish tamoyillarini va nomlanishiga doyr tarixiy, xalqona an’analarni; fitonimik indikatorlarning lisoniy xususiyatlarini va fitonimlar tarkibidagi vazifasini, fitonimlarningtarixiy va zamonaviy shakllarini, lug‘aviy-ma’noviy xususiyatlarini, morfemik va yasalish modellarini hamda ulardagi lisoniy o‘zgarishlarni, tilning apellyativ leksikasi bilan fitonimik leksikasi munosabatlarini, fitonimlarning boshqa bionim turlari bilan munosabatini va bundagi vazifaviy o‘tishlarni, fitonimlarni tasniflash bilan bog‘liq ilmiy hamda amaliy masalalarni o‘rganish fitonimikaning obyekti va predmetidir.
    4.Xalqlar o‘z hayoti davomida o‘rmonchilik, bog‘dorchilik, dehqonchilik va boshqa sohalarda hamkorlik qilib kelgan. Shu bois o‘zbek tili fitonimiyasida rus, arab, fors-tojik va boshqa tillardan o‘zlashgan fitonimlar ham kuzatiladi.
    5. O‘simliklarning nav va xillarini nomlashda nisbatlash, qiyoslash, tavsiflash tamoyillari yetakchilik qiladi, ularning rang-tusi, shakli, hajmi, ko‘rinishi, dorivorligi, o‘sish, yetishtirish hududi, yaratuvchi shaxslarning nomi, mavsumiy xoslanganligi kabi morfologik, kimyoviy va nisbiy belgi-xususiyatlar motivga olinadi. Fitonimlarga til lug’at tarkibidagi turkiy, jumladan, o‘zbekcha va arabcha, fors-tojikcha so‘zlar
    lug‘aviy asos bo‘ladi.
    6. Fitonimlar jonli va jonli deb tasavvur qilinadigan mavjudot, narsa nomlari: antroponimlar, zoonimlar, ornitonimlar bilan birgalikda
    bionimlarni tashkil etadi.
    7. O‘simliklar dunyosining jamiyat, xayvonot, qushlar dunyosi bilan uzviy bog‘liqligi va aloqadorligi mahsuli sifatida o‘zbek tili fitonimiyasida antropofitonimlar, topofitonimlar, zoofitonimlar, ornifitonimlar ham kuzatiladi.
    8. Agropofitonimlar, topofitonimlar va kosmofitonimlar bir atoqli otning ikkinchi bir atoqli otga o‘tishi — transonimizatsiya mahsuli.
    9. Xalqona fitonimlar bilan ilmiy fitonimlarni farqlash lozim. Ilmiy fitonimlar ma’lum mutaxassislar: seleksionerlar, botanik olimlar kelishuvi asosida yuzaga kelgan nomlardir.
    10. Fitonimlarning tilda yashashi turg‘un va ko‘llanish darajasi bir xil emas. Ayrim fitonimlar o‘zi ifodalayotgan o‘simlikni ekish, yetishtirishdan to‘xtatilishi natijasida til lug’at tarkibidan iste’moldan chiqishi, nofaol qatlamga o‘tishi, ya’ni faqat ayrim manbalarda
    qo‘llanishi, aksincha ma’lum nav va xilning yetishtirilishini faollashishi bilan bog’liq tarzda tilda faol ko‘llanishga o‘tishi hollari kuzatiladi.

E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!


Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling