Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati


Download 8.79 Kb.
Sana18.01.2023
Hajmi8.79 Kb.
#1098316
Bog'liq
Aniq va tabiiy fanlarni o(1)


Aniq va tabiiy fanlarni o`qitish metodikasi(geografiya)yo`nalishi magistratura 1-bosqich magistranti Buriyeva Umida Normatovnaning “Jizzax maxsus industrial zonasini shakllantirishning geografik xususiyatlari”mavzusidagi magistrlik dissertatsiya ishi bo`yicha
ASOSNOMA
Magistr:Buriyeva Umida Normatovna
Dissertatsiya mavzusi:”Jizzax maxsus industrial zonasini shakllantirishning geografik xususiyatlari”.
Ilmiy rahbar:iqtisod fanlari nomzodi dotsent Kamolov Meliboy Normatovich.
Dissertatsiya ishi bajarilayotgan fan tarmog`i:Geografiya.
Ish bajarilayotgan tashkilot:Jizzax davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati:Keyingi bir necha o`n yilliklar davomida sanoat ishlab chiqarish sohasi tuzilishi ,texnologik jihati va sihalr bo`yicha bog`lanishida keskin o`zgarishlarga yuz tutdi.Buning oqibatida 1990- yildan boshlaboq ishlab chiqarish sanoatida qo`shimcha qiymat rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlarda ham beqiyos darajada ortib bordi.Biroq,deindustrializatsiya holatida ayniqsa rivojlanayotgan va o`tish iqtisodiyotini boshdan kechirayotgan davlatlarda sanoatning yalpi ichki mahsulotdagi ulushini kamayishi yaqqol ko`zga tashlanmoqda.Shu boisdan ham maxsus iqtisodiy va industrial zonalarni tashkil etish va rivojlantirish bugungi kunda davlatlar iqtisodiy rivojlanishining hamda tashqi iqtisodiy hamkorlikni rivojlanishi uchun muhim bo`lib qolmoqda .bu o`z nvbatida hududning ,tabiiy boyliklar ,xom-ashyo va boshqa materiallardan foydalanish,logistik va klaster markazlarini tashkil etish ,mahsulot ishlab chiqarishni ko`paytirish,raqobatbardoshli mahsulotni sifat darajasini oshirishni talab etadi.
Dunyo iqtisodiyotida erkin iqtisodiy zonalar davlat iqtisodini yuqori suratlarda rivojlantirishning asosiy faktorlaridan biri hisoblanadi.Bunda asosiy e`tibor xalqaro mahsulot almashinuv ,investitsiyalarni jalb etish,texnologiyalar almashish va iqtisodiy jarayonlarni integratsiyalashuvi vujudga keladi.
Bir so`z bilan aytganda,maxsus industrial zonalar va davlatning iqtisodiy ham intellektual sohalarni rivojlanishi,mustahkam iqtisodni,shuningdek,eksportga yo`naltirilgan ishlab chiqarishni yuzaga keltiruvchi institutlar hisoblanadi.
Jahon iqtisodiyoti amaliyotida erkin iqtisodiy zonalar va sanoat zonalari ,industral zonalar tashkil etishda ulkan tajriba to`plangan.Iqtisodiyotni liberallashtirish jahon iqtisodini tobora globallashuvi asosida maxsus iqtisodiy va industrial zonalar tashkil etish jahon hamjamiyati tomonidan keng quloch yozmoqda.Bu kabi zonalar iqtisodiyoti jahon iqtisodiyotiga ochiq iqtisod va bir vaqtda milliy va xorijiy investorlar uchun boj to`lash va soliqdagi liberallashuvi bilan o`ziga jalb etadi.
O`zbekiston Respublikasi hududida ham maxsus iqtisodiy zonalar trashkil etish yuzasidan huquqiy jihat yaratilgan ,masalan 2020-yilning 17-fevraldagi “Maxsus iqtisodiy zonalar to`g`risida “gi qonun shular jumlasidandir.Bundan tashqari O`zbekiston Respublikasining Prezidenti tomonida qator Qaror va Farmoyishlar qabil qilinganki,bu hol mamlakatimizda iqtisodiy va industrial zonalar yaratish uchun asos bo`ladi.
Tadqiqot maqsadi:Jizzax industrial zonasini tashkil etishni geografik jihatlari bo`yicha atroflicha ilmiy asoslangan foydali tavsiyalar ishlab chiqish va tavsiyalarni yuzaga keltirish.
Tadqiqot obe`kti:Jizzax maxsus industrial zonasi hisoblanadi.
Tadqiqot predmeti:Jizzax industrial zonasini rivojlantirishni tashkil etishda asos hisoblangan geografik omillar va obe`ktlarni yuzaga chiqarish hamda ulardan foydalanishda chora-tadbirlar belgilash hisoblanadi.
Tadqiqot vazifalari: Mavzu asosida o`rtaga tashlangan maqsadga yetish uchun quyidagi vazifalar belgilangan va amalga oshirilishi ko`zda tutilgan:
-Jizzax industrial zonasi geografik joylashuvi,geografik xususiyatlari va ta`sir doirasi o`rganiladi;
-Jizzax industrial zonasi imkoniyatlari ,iqtisodga ta`sir jarayonlari o`rganiladi;
-Jizzax industrial zonasi imkoniyatlari asosida logistika va yo`l-transport xaritalarini ishlab chiqish;
-Jizzax industrial zonasi iqtisodiyotdagi lokomativ bo`lishi mumkin bo`lgan sohalarga e`tibor qaratilib,iqtisodiy jarayonlar o`rganiladi va tavsiyalar beriladi;
-Jizzax industrial zonasi kelgusidagi istiqbollarini yanada yuksaltirishda ta`sir etuvchi geografik omillar prognozi beriladi vastrategik jihatlari ishlab chiqiladi.
Tadqiqotning metodologik asoslari: BMTning 2030- yilgacha barqaror rivojlanish bo`yicha dasturida 9-maqsad. Barqaror infratuzilmani yaratish, umumqamrovli va barqaror sanoatlashuv va innovatsiyalarga ko‘maklashish “,respublika Prezidentining farmoni va asarlari ushbu dissertatsiya ishining metodologik asosi bo`lib xizmat qiladi.
Tadqiqot usullari:Tadqiqotni olib borishda dala tadqiqoti,kartografik,aerokosmik,GIS texnologiyalari ,qiyoslash,iqtisodiy,statistik,geobotanik,geomorfologik,sotsiologik so`rov,adabiyotlar va fond materiallari bilan ishlash kabi metodlardan foydalanilgan.
Muammoning o`rganilganlik darajasi:Jizzax maxsus industrial zonasini shakllantirishning geografik asoslarini oqrganish borasida ham bir qancha tadqiqot ishlari olib borilgan.Su bugunga qadar uni tashkil etishning geografik jihatlari iqtisodiy jihatdan foyda keltirish tamoyillari va xom -ashyo resurslarini joylashuvi va zaxirasi ,geografik oqibatlari haqida o`rganilgan.Ushbu ilmiy ish mobaynida Jizzax maxsus industrila zonasi hududini rivojlanishiga ta`sir etuvchi iqtisodiy va ijtimoiy geografik omillar , tarmoqlarning joriy muammolari va ularning ta`sir doirasi atroflicha o`rganilib ,ular yuzasidan istiqbolli tavsiyalar berish hisoblanadi.
Download 8.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling