Dissertatsiya


II BOB YUZASIDAN XULOSALAR


Download 94.92 Kb.
bet11/15
Sana21.06.2023
Hajmi94.92 Kb.
#1642117
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Munira

II BOB YUZASIDAN XULOSALAR
Yuqorida keltirib oʻtilgan tahlillardan quyidagi xulosalarga kelishimiz mumkin:
Adiblar turli yillarda yashab oʻtgani, turli millatga mansub boʻlishiga qaramasdan, hikoyalarida koʻtarib chiqqan mavzulari bir xil. Inson his- tuygʻulari va jamiyatda ularga nisbatan qilinayotgan nohaqliklar. Uchala adib hikoyasida ham individual obrazlar jamiyatdagi mavjud tuzum qurbonlari boʻlishgan. Ular jamiyatdagi nohaqliklarni koʻrib turishadi. "Evrilish" hikoyasidagi Gregor Zamza kabi jonkuyarlik, cheksiz mehr bilan tushuntirishga harakat qiladi ammo uni tajavvuzkorlikda ayblab oʻldirishmoqchi boʻldi.
"Jazo kalonyasida"gi sayyoh kabi jim turib chetdan kuzatdi. Chunki tushuntirgan bilan tushunadigan odam yoʻqligini sayyoh juda yaxshi bilib turibdi.
"Maymun yetaklagan odam" asaridagi chol obrazi kabi hayotdan umid shami soʻnib boʻldi. Kurashishga ortiq kuchi qolmadi.
"Tobut"dagi telba me'mor kabi baralla baqirib aytdi. Ammo atrofdagilar uni telba boʻlib qolgandek parvo qilmadilar, garchi oʻzlari yoppasiga oʻlib ketyotganini koʻrib turishsa ham.
" Emili uchun atirgullar" hikoyasidagi Emili kabi baxtli boʻlishga urinib koʻrdi, ammo aldanayotganini sezgan zahoti oʻch oladi va umrini yolgʻizlikda , mavhumlikda oʻtkazdi.
"Toʻzonli sentyabr" asaridagi sartarosh Xoksho kabi asli haqiqatni koʻrib tursada, jamiyatdagi obroʻsi toʻkilishidan qoʻrqib, oʻz qarashlarida voz kechadi.
Urush qurbonsiz boʻlmagani kabi bunday totalitar, zoʻrovonlik asosiga qurilgan jamiyatlarning ham oʻz qurbonlari bor edi. Jumladan "Evrilish"da Gregor Zamza, "Jazo kaloniyasida" ofitser, qoʻriqchi askar va jazoga mahkum etilgan askarlar ham majoziy maʼnoda qurbon deya atashimiz mumkin. "Maymun yetaklagan odam" hikoyasidagi chol, "Tobut" hikoyasidagi shahar aholisi, "Emili uchun atirgullar" dagi Emili, va nihoyat "Toʻzonli sentyabr"dagi qora tanli yigit.
Shuningdek barcha hikoyalarda jamiyatdagi, insonlararo munosabatlarda koʻp muammolarga sabab boʻluvchi, gʻiybat, qildan qiyiq axtarish va tashqi koʻrinishga qarab xulosa chiqarish, insonlar koʻnglini, his-tuygʻularini oyoq osti qilish kabi illatlar ham tilga olingan.

Download 94.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling