Dissertatsiya


Download 94.92 Kb.
bet8/15
Sana21.06.2023
Hajmi94.92 Kb.
#1642117
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
Bog'liq
Munira

Oʻsha davrda ham hozirda ham mavjud bir haqiqat: san'at pul uchun xizmat qilmoqqa chogʻlanmoqda, san'atni tushunmaydigan uni his etish, qadrlash buyogʻda tursin, hatto hurmat ham qilmaydigan puldorlar tomonidan ezgʻilanmoqda, ammo ular odam qiyofasida...
Koʻrinishi qirqoyoq kabi boʻlgan bir maxluq boshini xiyol qiyshaytirib, nota belgilariga diqqat bilan, ayni paytda mahzun qarardi. Gregor yana oldinroq siljidi. Singlisining ko‘ziga qarash uchun boshini yerga qo‘ydi; musiqa unga shunchalik ta’sir qilar ekan, nahotki u odam emas, hayvon bo‘lsa? Gregor hozir g‘aroyib bir oziqqa yaqin qolganday, noma’lum bir lazzatga yetadiganday entikdi
Afsuski musiqadan lol boʻlar darajada pok, xokisor qalbning qadr qiymatini fahmlaydigan, tushunadigan zot yoʻq. Uning koʻngli bilan hisoblashishlariga tashqi koʻrinishi yoʻl bermaydi. Inson ruhiyatining qusurlaridan biri boʻlgan moddiyat, sirti yaltiroqlilikka uchish samimiylikni koʻra oladigan qalb koʻzini soʻqir qilib qoʻydi.
Gregor oilaga daromad keltirib turganda hamma unga yaxshi munosabatda boʻlar, uni asrab-avyalashardi. Bu munosabatlar zamirida moddiyat yotganini anglamagan Gregor yaqinlarini oʻzi kabi samimiy deb hisoblardi. Shu tufayli falokatdan keying unga nisbatan aytilayotgan soʻzlar, xatti-harakatlarni yaxshilikka yoʻyardi. Yaqinlarini aslo aybamasdi. Ammo shafqatsiz taqdir unga asl mohiyatni namoyon qilmoq uchun shunday dardga mubtalo qildi. Va barcha xalqlarda mavjud "doʻst kulfatda bilinar" maqolini nechogʻlik toʻgʻri ekanligini koʻrsatib berdi.
Gregor pul topmay qolgach oilaning kun kechrishi nihoyatda ogʻirlashdi. Pul topishga oʻzini yaroqsiz deb sanaydigan, kasalmand otasi ham, qoʻli ogʻir yumush koʻrmagan erkatoy singlisi ham pul topish uchun kechayu kunduz tinim bilmaydilar. Ammo ahvollari kun sayin ogʻirlashib boradi. Bundan aslida uch kishi ishlab ham bir Gregorchalik boʻlolmasliklarini anglash oʻrniga, barcha baxtsizliklarning bosh sababchisi deya uni uydan haydamoqchi boʻlishadi. Bu ham kamdek uni oilasini oʻylamay faqat qorin toʻydiriah dardi bilan yashaydigan jirkanch ongsiz maxluqqa ham chiqarishadi. Eng achinarlisi bunday qiynalib yashagandan koʻra jigaridan judo boʻlmoqni afzal koʻrishadi: " O‘shanda biz yaqinimizdan judo bo‘lsak ham, uning xotirasini muqaddas tutgan bo‘lardiku. Bu maxluq esa doim bizni ta’qib qiladi, ijarachilarni haydaydi, butun uyni o‘ziga olmoqchi, bizni ham ko‘chaga chiqarib tashlamoqchi. Ana, ota,qaragin, u yana o‘z bilganini qilyapti! Singlisi Gregor tasavvur qilmagan bir dahshatda onasini ham tashlab, otasi tomon yugurdi. Uning harakatidan qattiq hayajonlangan chol qizini himoya qilganday qo‘llarini cho‘zdi. Lekin birovni qo‘rqitish, ayniqsa singlisini xafa qilish Gregorning xayolida ham yo‘q edi. U o‘z yotog‘iga kirish uchun aylanayotgan edi, xolos. Uning bu harakati darrov ko‘zga tashlandi, chunki aylanish qiyin bo‘lganidan u boshini ham ishga solar va boshi polga gurs-gurs urilardi".
Kafka ushbu hikoyasida begonalashib ketish, odam qiyofasini yoʻqotish zamon va makonga taalluqsiz, oʻziga xos abstraksiya ekanligini, bu gʻoya esa kishi va jamiyat oʻrtasidagi munosabatlar tabiatidan mantiqiy ravishda kelib chiqishini shu zayilda koʻrsatib berolgan. Kapitalizmda ijtimoiy munosabatlar tizimini ham, shaxs ongining ahvolini ham kuzatgan Kafka ushbu tizimda odam va shaxs oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarni tushuna olmadi. Milena Yesenskayaning yozishicha: “Uning uchun hayot boshqa odamlar tasavvurida nimani anglatayotganidan keskin farq qilardi, jumladan pul, birja, sarroflik doʻkoni, yozuv mashinkasi Kafkaga gʻayritabiiy koʻrinardi”.Bu narsa balki Kafka tasavvurida kapitalistik munosabatlar asosida qurilgan jamiyatning tub mohiyati – moddiy dunyoga sajda qilish, ishlab chiqarishning kapitalistik usulidagi mehnat mahsuliga aylanayotgani ijtimoyi belgi (mol-dunyo) sirini topganini anglatganmikin? Aksincha, Kafka “dunyodagi vaziyat” va “ruhiy holat” oʻrtasidagi ijtimoiy munosabatlarni mavhum tarzda tushungan.
Frans Kafkaning mashhur hikoyalaridan yana biri «Jazo koloniyasida» deb ataladi. Yozuvchi bir umr jamiyat inson erkini bo‘g‘adi, uni hamisha o‘zi istamagan ishni qilishga, o‘zi xohlamaganiday yashashga majbur etadi deb hisoblar edi. Shuning uchun ham uning deyarli barcha asarlarida jamiyatning yovuz, g‘ayriinsoniy mohiyatini ko‘rsatish asosiy o‘rin tutadi. «Jazo koloniyasida» hikoyasida bu hol yanada bo‘rtibroq namoyon bo‘lgan. Hikoyada qahramon deb atash mumkin bo‘lgan timsolning o‘zi yo‘q. Shunchaki personajlargina ishtirok etishadi. Hatto bu personajlarga ism ham berilmagan. Biri sayohatchi, ikkinchisi ofitser, uchinchisi mahkum, to‘rtinchisi soqchi va h. k. Yozuvchining mahorati shundaki, u asardagi timsollarga nom bermaganligining o‘zi bilan ularning umumlashtirish ahamiyatini bo‘rttirib ko‘rsatishga erishgan. Avvalo, asarda jazo koloniyasi misolida jamiyat tasvirlangani uchun ham qatnashchilarga nom berilmagan, balki faqat ularning ijtimoiy mavqeyigina ko‘rsatilgan. Ikkinchidan, adibning fikricha, jamiyatning mohiyati shundan iboratki, u o‘ziga tarafdor bo‘ladimi yoki unga qarshi turadimi, baribir, har qanday shaxsni qiyofasiz kimsaga aylantirib tashlaydi.
«Jazo koloniyasida» hikoyasida mahbuslar jazo o‘taydigan koloniya inson yashaydigan jamiyat ramzini ifoda etadi. Bu yerda shunday tartib o‘rnatilganki, mahbuslarni bir kishining o‘zi sud qiladi, ular ustidan o‘zi hukm chiqaradi, o‘zi ijro etadi va eng dahshatlisi shundaki, mahkum bu jarayonda mutlaqo ishtirok etmaydi, taqdiri qanday hal bo‘lganidan bexabar qolaveradi. Ham sud, ham ijrochi martabasida bo‘lgan, jazo mashinasining tinimsiz ishlab turishini astoydil orzu qiladigan ofitser mahkumni hukmdan xabardor qilishni tamomila ortiqcha deb hisoblaydi. Uni sud qilish, unga o‘zini oqlash imkonini yaratish-ku xayoliga ham kelmaydi. Kafkaning talqinida odam jamiyatning iskanjasida xuddi shu koloniyadagi mahbus singari ojiz, nochor, huquqsiz va erki toptalgan holatda bo‘ladi.
Ofitser-jallodlik va yovuzlikdan iborat jazo mashinasini qo‘llashning astoydil tarafdori. Shunisi g‘alatiki, bu mashina o‘z qurbonlarining tanasiga «Adolatli bo‘l!», «Boshlig‘ingni hurmat qil!» singari shiorlarni tig‘ bilan o‘yib yozishga mo‘ljallangan va bu ish odil sud namunasi hisoblanadi. Ofitserning fikriga ko‘ra, sud jarayonida har qanday odamga nisbatan «Aybdorligiga shubha yo‘q» qoidasiga amal qilish yaxshi samara beradi. Uning qarashicha, har qanday odam aybdordir va u jazoga loyiqdir. Ofitser-jamiyat tartiblarining to‘g‘riligiga mutaassiblarcha ishongan kimsa. Shuning uchun ham sayohatchi uning g‘oyalarini qo‘llamagani, jazo koloniyasining yangi komendanti esa u o‘rnatgan tartiblarni o‘zgartirmoqchi bo‘layotganini ko‘rib, o‘zi aybdor deb hisoblagan kishilarni azoblab o‘ldirib, rohatlanadigan ofitser o‘zini o‘zi jazo mashinasiga solib, tilka-pora qilib o‘ldiradi. Shu bilan mashinasining nihoyatda yaxshi ishlashini, bu xildagi jazo eng adolatli ekanligini isbotlamoqchi bo‘ladi. Mazkur hikoyada jamiyatning alohida odam ustidan o‘rnatgan cheksiz hokimiyatidan norozilik ufurib turadi, ijtimoiy tartiblarning g‘ayriinsoniy qiyofasi hech qanday bo‘yoqsiz ko‘rsatiladi.
Bundan tashqari chett ellik sayyoh timsolida Kafka jamiyat insonni oʻzi hoxlamagan ishlarni qilishga yoinki jim kuzatishga va oxir oqibatda taxsin oʻqishgada majbur qilishi koʻrsatib berilgan. Sayyoh aslida bu yerga ilm izlab keladi ammo ilm bir tarafda qolib jaholatni kuzatish uchun vaqtini sarflaydi. Jazo mashinasi, uning tuzilishi va qanday ishlashi aslida uni umuman qiziqtirmaydi, lekin obroʻli tashkilotlar tomonidan yuborilganligi va komendant topshirigʻini hurmat yuzasidan rad etolmaganligi sababli shu ahmoqon mashinani ishlashini va mashinaga mukkasidan ketgan manqurt kabi ofitserni izohlarini tinglash uchun qimmatli vaqtni behudaga soviradi.
Ofitser esa manqurtlikning yaqqo isboti sifatida tasvirlangan. Insoniyat yaralibdiki, tuzumga koʻr-koʻrona taqlid qiladigan, jaholatni adolat deya bong uradigan qalbi soʻqirlar hamisha topiladi. Va oxir oqibatda ular oʻsha jaholat qurboniga aylanishganini oʻzlari bilmay qoladi xuddi ofitser kabi.
Bundan tashqari ofitser orqali Kafka Dostayevskiyning quyidagi soʻzlarini qanchalar hayotiy ekanligini koʻrsatib bergan "Hayotdagi muvaffaqiyatsizlikni eng muhim sababi men hammaning diqqat markazidaman, hamma men bilan mashgʻul deb oʻylashinhdadir. Ishon menga sen hech kimni qiziqtirmaysan".
Jinoyatchi va oddiy askar esa kungaboqar piyodalar kabi ifodalanadi. Ofitser jon berib sayyohga mashinani maqtayotgan va sayyoh behavsala uni tinglayotgan bir paytda jinoyatchi va askar ovqat talashib ovqat yeyishadi. Kafka ta'rifi bilan aytganda " Ochko'zlik - bu odamning chuqur baxtsiz ekanligining eng ishonchli belgilaridan biridir".21
Yoki ofitser oʻzini oʻlim mashinasiga solyotganda ham sayyoh ularni haydashganda moshina odamni qanday oʻldirishini koʻrmoqchi boʻlishadi. Jinoyatchini hozirgina oʻzi shu mashindan bir moʻjiza bilan qutulgani hayoliga ham kelmaydi. Alsingcha sirk tomoshasiga intilgan boladek moshinaga talpinishadi. Lekin ofitserni jasadini moshinadan olishga yordam soʻrashganda teskari qarab olishadi. Bu ham hamma jamiyatda mavjud unsurlarni yaqqol misoli. Kafka hikoyalarida inson, ko‘pincha, ilojsiz, mahkum, ezilgan, cheklab va qisib qo‘yilgan holda aks ettiriladi. Bu adibning jamiyat va inson, odam va uning hayoti mazmuni haqidagi qarashlarining oqibati edi



Download 94.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling