Dissotsiatsiya qaytar jarayondir


-SAVOL. Element atomlarining oksidlanish darajalari. Oksidlanish


Download 81.88 Kb.
bet7/41
Sana08.01.2022
Hajmi81.88 Kb.
#255048
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   41
Bog'liq
JAVOBLAAAR

110-SAVOL. Element atomlarining oksidlanish darajalari. Oksidlanish darajasi, oksidlanish soni — oksidlanish reaksiyalarini talqin qilishda valentlik oʻrnida ishlatiladigan tushuncha. Kimyoviy birikmani batamom ionli tuzilishga ega deb faraz qilinsa, uning tarkibidagi biror elementning shartli zaryadi shu elementning oksidlanish darajasi deb ataladi. Elementlarning Oksidlanish darajasini aniklashda doim kislorodning Oksidlanish darajasini —2, vodorodnikini +1 deb qabul qilinadi. Metall ionlarining Oksidlanish darajasi ularning zaryadiga teng deb olinadi. Mas, suv N2O da vodorodning O.D.+1, kislorodniki —2 dir. Kaliy yodid KJ da kaliyning Oksidlanish darajasi +1, yodniki —1 dir. Erkin elementlarning Oksidlanish darajasi O ga teng qabul qilingan. Har qanday molekula tarkibidagi barcha atomlarning Oksidlanish darajasi yigʻindisy 0 ga teng . Mas, xromat kislotada (N2SgO4) xrom atomining Oksidlanish darajasi (+1)2+x+(—2)-4=0, bundan x=+6. Shu yoʻl bilan H2SO4 da SHHHr Oksidlanish darajasi +6, KMpO4 da Mp ning Oksidlanish darajasi +7 ga tengligini aniklash mumkin. Kimyoviy birikmalarda atomlarning Oksidlanish darajasi musbat (+), manfiy (—), 0 va hatto kasr songa teng boʻlishi mumkin. S2N2 da uglerod (S)ning Oksidlanish darajasi — 1 ga, KJNi(CN)4]fl a nikel Ni ning Oksidlanish darajasi 0 ga teng . Koʻpchilik hollarda molekula tarkibidagi atomlarning Oksidlanish darajasi ularning valentliklariga, yaʼni ayni element hosil qiladigan haqiqiy bogʻlanishlar soniga teng boʻlmaydi. Organik birikmalarda uglerodning valentligi 4 ga teng , lekin Oksidlanish darajasi turli birikmalarda turlicha. Mas, SN4 da uglerodning Oksidlanish darajasi —4 ga, SO2 da +4 ga, NSON da 0 ga, NSOON da +2 ga, S2N4 da —2 ga teng .[1]


Download 81.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling