Elektr xossalari


Download 22.71 Kb.
bet1/4
Sana19.10.2023
Hajmi22.71 Kb.
#1710271
  1   2   3   4
Bog'liq
OLLOID


33333333333333333333333333333333333333333333333333333333333333333333333333333333333333333333333333333333333333333333333333333333333333333333333333333333333333333333333333333333333333333333333333333333333333333333333333333333333333333333333333333333333333333333333333333333333333333333333333333333333333333333333333333333333333333333333333333333333333333333333333333333333333333333333333333333333333333333333333333333333333333333333333333333333333333333333333333333333333333333333333333333333333333333333333333333333333333333333333333333333333333333333333333333333333OLLOID SISTEMALARNING ELEKTR XOSSALARI 
Reja 

1. Kolloid sistemalarda elektrokinetik hodisalar. 


2. Qo’sh elektron qavat va uning tuzilishi.
3. Mitsella va uning tuzilishi. 
4. Elektrokinetik potensial. 
5. Kolloid eritmalarning elektr o’tkazuvchanligi. 
1807 yilda Moskva universitetining professori Reyss birinchi bo’lib elektr 

maydonida kolloid zarrachalarning harakatda bo’lganligini tajriba yo’li bilan 


aniqladi. Reyss bir parcha loyga ikki nayni o’rnatib, bu naylarga tozalab yuvilgan 
qum soldi va ikkala nayga bir xil balandlikda suv quydi (I-rasm). 

I-rasm. Reyss tajribasining sxemasi. 


So’ngra bu suvga elektrodlarni tushirdi. Tok yuborilgandan bir oz vaqt o’tgach, 


musbat elektrod tushirilgan naydagi suv loyqalandi: loy zarrachalari sekin-asta 
ko’tarilib, suvda suspenziya hosil qila boshladi. Manfiy elektrod tushirilgan nayda
esa suv ko’tarila boshladi. Kolloid zarrachalarning tashqi elektr maydon ta’sirida 
harakat qilish hodisasi elektroforez deyiladi. Demak, kolloid zarrachalar ma’lum 
zaryadga ega va shu sababli sistemaga elektr toki berilganda zarrachalar biror 
elektrodga tomon harakat qiladi; manfiy zarracha musbat elektrodga, musbat 
zarracha – manfiy elektrodga tomon boradi. Shu yo’l bilan elektroforez usulida 
kolloid zarrachalarning zaryadlarini aniqlash mumkin bo’ldi. 

75 

Reyss tajribasida biz ikki hodisani kuzatamiz. Birinchisida loy 
zarrachalarining musbat elektrod tomon harakati bo’lsa, ikkinchisida esa-
suyuqlikning manfiy elektrod tomon harakat qilishidir. Suyuqlikning elektr 
maydonida g’ovak jism orqali elektrodlar tomon harakat qilishi elektroosmos 
deyiladi. Elektroosmos yo’nalishiga qarab suyuqlik zaryadi ishorasini aniqlash 
mumkin. Elektr toki ta’sirida qattiq va suyuq fazalarning o’zaro harakati elektro-

kinetik hodisalar deb aytiladi. 
Elektro-kinetik hodisalar geologiya, tuproqshunoslik, agrotexnika va 

texnikaning turli sohalarida keng qo’llaniladi. Masalan, ular toza kaolin hosil 


qilishda, bo’yashda katta ahamiyatga ega. Elektro-kinetik hodisalar kolloid 
kimyoning o’zida ham katta rol o’ynaydi. Kolloid sistemaning dzeta-potensial 
kattaligi ayni sistemaning agregativ barqarorligi uchun xarakteristika bo’la oladi. 



Download 22.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling