Elektr xossalari
Download 22.71 Kb.
|
OLLOID
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kolloid eritmalarning elektr o’tkazuvchanligi.
- Tayanch iboralar
Elektr-kinetik potensial. Kolloid zarrachalarning sirti katta bo’lganligi
uchun ionlar ularga oson yopishadi, ya’ni adsorbilanadi. Suyuqlik qattiq zarrachaga nisbatan (yoki zarracha suyuqlikka nisbatan) harakat qilganida qo’sh elektr qavatning adsorbsion va diffuzion qavatlari orasida hosil bo’ladigan potensial elektro-kinetik potensial deb yuritiladi. U dzeta () harfi bilan belgilanadi va dzeta potensial deb yuritiladi. Eritmadagi barcha ionlar konsentratsiyasi elektro-kinetik potensial kattaligiga ta’sir etadi. Eritmada ionlar konsentratsiyasi kamaysa, qo’sh elektr 79
qavatning qalinligi ortadi, dzeta-potensial ham ortadi. Agar diffuzion qavatdagi ionlarning hammasi adsorbsion qavatga o’tsa, u holda dzeta-potensial nolga teng bo’lib qoladi. Dzeta-potensial qiymatini hisoblash va kolloid zarracha zaryadining ishorasini aniqlash uchun elektroforez va elektroosmos hodisalarini tekshirish natijasida qo’lga kiritilgan ma’lumotlardan foydalaniladi. Kolloid eritmalarning elektr o’tkazuvchanligi. Kolloid eritmalarning elektr o’tkazuvchanligini yuqori chastotali elektr maydonda tekshirish orqali ularning dielektrik xossalari haqida fikr yuritish mumkin. Ko’pchilik liofob kolloid eritmalarda zarrachalarning elektr zaryadlari assimetrik ravishda taqsimlanadi. Shu sababdan kolloid zarrachalar deyarli katta dipol moment qiymatiga ega bo’ladi va elektr maydonida oriyentatsiyalanadi. Ana shunday kolloid eritmalarning dielektrik konstantasi nihoyatda katta bo’ladi. Kolloid eritmalarning elektr o’tkazuvchanligiga kolloid zarrachalarning harakatidan kelib chiqadi. Shu sababli kolloid eritmaning elektr o’tkazuvchanligi kolloid zarrachalarning hamda zoldagi
zaryadi, soni va
bo’lsa, elektr o’tkazuvchanlik natijalaridan foydalanib, zarrachalarning solishtirma zaryadini aniqlash mumkin. Lekin bu yo’l bilan liofob kolloidlarning elektr o’tkazuvchanligini aniqlash qiyin. Tayanch iboralar Elektro-kinetik hodisa. Qo’sh elektr qavat. Adsorbsion qavat. Diffuzion qavat. Qattiq faza. Eritma. Dzeta-potensial. Elektroforez. Elektroosmos. Mitselyar nazariya. Elektr o’tkazuvchanlik. Download 22.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling