Dissotsiatsiya qaytar jarayondir


Download 81.88 Kb.
bet18/41
Sana08.01.2022
Hajmi81.88 Kb.
#255048
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   41
Bog'liq
JAVOBLAAAR

2AlCl3 3Na2CO3H2O = 2Al(OH)3 6NaCl 3CO2 

2Al3CO32- 3H2O = 2Al(OH)3 3CO

Bu jarayonda AlCl3 o’rniga Al2(SO4)3; CrCl3; Fe(NO3)3; BiCl3; Fe2(SO4)3 larni olish mimkin. Na2CO3 o’rniga K2CO3, Li2CO3 o’xshash karbonatlarni olsa bo’ladi.


122. Ko‘p zaryadli ionlar gidrolizi mahsulotlarining polimerlanishi va

polikondensatlanish. Polikondensatlanish (yun. polys — koʻp sonli va kondensatsiya) — bi - yoki polifunksional monomer va (yoki) oligomerlar taʼsirida poli-merlar sintez qilish jarayoni. Bunda polimer bilan bir qatorda suv, spirt, ammiak, vodorod galogenid, tegishli tuzlar va shunga oʻxshash quyi molekulali moddalar ajralib chiqadi. Polimerlanish — quyi molekulali modda (monomer)larning kovalent bogʻ orqali birikib, yuqori molekulali birikma (makromolekula)lar hosil qilish jarayoni. Makromolekulaning elementar tarkibi (uning chek-ka guruhini nazarga olmaganda) monomerning tarkibidan farq qilmaydi. P.ning polikondensatlanishdan mu-him farqi ham ana shunda.

  • 123. Bufer eritmalar haqida tushuncha. Bufer sistemalar ikki turga bo’linadi:

  • 1. Kuchsiz kislota va shu kislotaning kuchli

  • asos bilan hosil qilgan tuzining aralashmasi.

  • Masalan: CH3COOH + CH3COONa - atsetatli

  • bufer eritma

  • 2. Kuchsiz asos va shu asosning kuchli kislota

  • bilan hosil qilgan tuzining aralashmasi.

  • Masalan: NH4OH + NH4Cl - ammiakli bufer

  • Eritma

Bufer sistemalar, bufer eritmalar, bufer aralashmalar — vodorod (H) ionlarining ma’lum konsentratsiyasini saqlab turuvchi sistemalar. Bufer eritmalar suyultirilganda yoki ularga bir oz kislota yoki ishqor qo‘shilganda ham muayyan kislotali xossalari deyarli o‘zgarmaydi. Bufer.sistemaga sirka kislotasi CH3 COOH bilan uning natriyli tuzi CH3 COONa aralashmasi misol bo‘la oladi. Eritmalardagi kislota miqdori vodorod ko‘rsatkich pH bilan belgilanadi (neytral eritmalar uchun pH7, kislotali eritmalar uchun pH 7 dan kichik va ishkorli eritmalar uchun pH 7 dan katta). 1 l toza suvga 100 ml 0,01 molyarli HCl (0,01 M) qo‘shilganda pH ni 7 dan 2 ga tushiradi. Shu kislota eritmasini 1 l CH3COOH+CH3COONa bo‘lgan Bufer.sistemaga (0,1 M) qo‘shilganda esa pH bor yo‘g‘i, 4,70 dan 4,65 ga kamayadi, ya’ni pH 0,05 chamasi o‘zgaradi, xolos. Toza suvdagi 100 ml 0,01 M NaOH eritmasi pH ni 7 dan 11 ga ko‘tarsa, yuqorida aytilgan Bufer.sistemanikini esa 4,7 dan 4,8 gacha ko‘taradi, xolos. Bufer sistemaning kislotaligi (o‘z navbatida pH) komponentlar tabiati, konsentratsiyasiga bog‘likdir. Bufer sistema kimyo sanoatida analitik ishlarda keng qo‘llaniladi. Odam va hayvonlar organizmidagi Bufer sistema quyidagilardan iborat: karbon kislota va uning tuzlari, fosfat kislota va uning tuzlari hamda oqsillar. Kishi qonidagi pH 7,35—7,47 ga teng bo‘lib, oziq-ovqat hamda boshqa sharoit o‘zgarganda ham deyarli doimiy qoladi. Tuproqdagi tabiiy bufer sistema dalalar hosildorligini saqlashda muhim rol o‘ynaydi.


Download 81.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling