Distilyatsiya jarayoni reja: Kirish I. Bob. Distillyatsiya jarayonini nazariy asoslari


I.Bob.Distillyatsiya jarayonini nazariy asoslari


Download 155.58 Kb.
bet2/8
Sana21.01.2023
Hajmi155.58 Kb.
#1107494
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
DISTILYATSIYA JARAYONI

I.Bob.Distillyatsiya jarayonini nazariy asoslari
1.1. Distillyatsiya jarayonini nazariy asoslari
Mazkur jarayonni nazariy asoslarini o‘rganish uchun eritmani qaynash
haroratini va uni ustidagi erituvchi bug‘larini bosimini bilish zarur. Distillyatsiya jarayoni missella xossalari va uni konsentratsiyasi orasidagi bog‘liqlik bilan aniqlanadi.
Missella ustidagi erituvchi bug‘larining bosimini uning konsentratsiyasiga bog‘liqligi Raul qonuni bo‘yicha hisoblangan chetlanishga ega. Moy – erituvchi sistemasida maqbullikning yo‘qligi molekulalar orasidagi Van-der-Vaals tortishish kuchlariga bog‘liq va Raul qonunidan teskari chetlanish holatida erituvchi molekulalari orasidagi tortishish kuchlari misselladagi erituvchi va moy molekulalari orasidagi tortishish kuchlaridan kichik bo‘ladi.
Missellani qaynash haroratini turli bosimlarda uning konsentratsiyasiga bog‘liqligini o‘rganishda missellani qaynash harorati konsentratsiyasi 60 % dan oshganda keskin ko‘tarilishi aniqlandi, bu esa distillyatsiya jarayonining haroratini ko‘tarilishiga olib keladi. Hattoki jarayon chuqur vakuum holatida olib borilganda ham yuqori konsentratsiyali missellalarni qaynash harorati baland bo‘ladi va moyni parchalanishi natijasida distillyatsiya jarayonini davom ettirishni imkoni bo‘lmaydi. Shuning uchun missella tarkibidan erituvchini ajratish jarayoni ikki bosqichda olib boriladi.
Birinchi bosqichda jarayonning barcha qonuniyatlari asosida bug‘lanish jarayoni atmosfera bosimida yoki vakuum sharoitida olib boriladi. Bu bosqichda missella shunday konsentratsiyaga erishish kerakki, uning qaynash harorati 100℃dan oshmasligi kerak.
Ikkinchi bosqichda qo‘shimcha ravishda o‘tkir suv bug‘i qo‘llaniladi, shuning uchun bu jarayon boshqa qonuniyatlarga bo‘ysunadi. Sistema uchta komponentdan iborat: erituvchi, moy, suv va ular uchta fazani tashkil qiladi: ikkita suyuq (missella, suv) va bitta bug‘ (erituvchi) fazalar. Fazalar qoidasiga binoan bunday sistema erkinlikni ikkita darajasiga ega bo‘ladi. Demak, muvozanatni buzmagan holda ikkita parametrni o‘zgartirish mumkin, bu holatda missella konsentratsiyasi va umumiy bosim o‘zgartiriladi.
Agar distillyatsiya jarayonida qizib ketgan suv bug‘idan foydalanilsa, sistema komponentlari soni uchta (erituvchi, moy, suv bug‘i), fazalar soni esa ikkita: suyuq-missella va bug‘ faza – suv va erituvchi bug‘lari bo‘ladi. Bunday sistemani erkinlik darajasi uchga teng bo‘ladi, demak umumiy bosim, missella konsentratsiyasi va suvni parsial bosimini o‘zgartirish mumkin.

Download 155.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling