Qoraxoniylar davrida yashagan yana bir o‘z davrining atoqli shoiri, donishmand va davlat arbobi Yusuf Xos Hojibdir (XI asr). Uning tarjimai holi, tug‘ilgan yili va hayoti to‘g‘risida yozilgan biron-bir asar saqlanib qolmagan. U Qoraxoniylar sulolasining poytaxti Bolasog‘unda tug‘ilgan va shu yerda ijod etgan. Hozirgi kunda Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilik”(”Baxt-saodatga boshlovchi bilim”)deb nomlangan didaktik, badiiy-falsafiy asari bizgacha yetib kelgan bo‘lib, boshqa asarlari ma’lum emas. Shoirning o‘zi bu ishga roppa-rosa 18 oy sarflagan va unga juda ham puxta tayyorgarlik ko‘rgan. - Qoraxoniylar davrida yashagan yana bir o‘z davrining atoqli shoiri, donishmand va davlat arbobi Yusuf Xos Hojibdir (XI asr). Uning tarjimai holi, tug‘ilgan yili va hayoti to‘g‘risida yozilgan biron-bir asar saqlanib qolmagan. U Qoraxoniylar sulolasining poytaxti Bolasog‘unda tug‘ilgan va shu yerda ijod etgan. Hozirgi kunda Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilik”(”Baxt-saodatga boshlovchi bilim”)deb nomlangan didaktik, badiiy-falsafiy asari bizgacha yetib kelgan bo‘lib, boshqa asarlari ma’lum emas. Shoirning o‘zi bu ishga roppa-rosa 18 oy sarflagan va unga juda ham puxta tayyorgarlik ko‘rgan.
- Asar nasriy muqaddimadan so‘ng 77 baytdan iborat bo‘lgan she’riy muqaddima bilan boshlanib, 73 bobning mundarijasi beriladi. Boshlang‘ich boblar o‘sha davr an’analariga binoan boshlanib, Olloh va Payg‘ambar, islom dinining foydasi va dunyoviy, ijtimoiy-siyosiy, axloqiy-ilmiy masalalar bilan tugallanadi.
Asar shunchalik ko‘p qamrovli-ki, unda ko‘tarilgan masalalarni oddiy sanab o‘tishning o‘zi ham bir necha sahifalarni tashkil etadi: - Asar shunchalik ko‘p qamrovli-ki, unda ko‘tarilgan masalalarni oddiy sanab o‘tishning o‘zi ham bir necha sahifalarni tashkil etadi:
- Masalan: Yetti sayyora va o‘n ikki burj.
- Inson farzandlarining qadri bilim va tafakkurda.
- Tilning fazilat va manfaatlari.
- Kitob egasining uzri.
- Bilim va aql-idrokning farqi to‘g‘risida.
- Bahad madhi.
- Oy to‘ldining baxt haqidagi hikoyasi.
- Ana shu sanab o‘tilganlardan ham ko‘rinib turibdiki, asarda shoir inson masalasini ajratib oladi. Insonning ijtimoiy mohiyati, uning hayotdagi o‘rni, vazifasi har tomonlama tahlil qilinadi.
- “Qutadg‘u bilig” asarida bilim haqidagi alohida bob bo‘lib, unda bilimdan hech bir ziyon bo‘lmasligi, u kishilarga faqat foyda keltirishi mumkinligi, kishilarga bilim qadr-qimmat, hurmat va ehtirom keltirishi mumkinligi aytib o‘tiladi. Shuningdek, asarda markazlashgan davlatni mustahkamlashga qaratilgan nizolarga chek qo‘yish kabi o‘sha davr uchun juda katta ahamiyatga molik bo‘lgan masalalarga ham alohida e’tibor beriladi. Shu bilan birga, davlatni idora etish yo‘llari, buning uchun beklar bu yo‘lda o‘z atrofiga bilimdon, aqlli odamlarni to‘plashi lozim ekanligini alohida ta’kidlaydi. El-yurtni boshqarish asosida ikki narsa yotadi deb ko‘rsatgan shoir. Biri adolat ko‘rsatish bo‘lsa, ikkinchisi, ulardan marhamatni ayamaslikdir. Yuqorida qayd qilinganidek, shoirning bu asari dunyo jamoatchiligi tomonidan yaxshi qabul qilingan eng yaxshi asarlar qatoridan o‘rin olgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |