Ditizon eritmasi – C13H
Download 26.57 Kb.
|
MIKRO
Dietilditiokarbamat [C5H10NS2] -Svines (II) Azo’tnokisliy (Qo'rg'oshin (II) nitrat) [Pb(NO3)2]
TOZALASH Analitik tarozida Dietilditiokarbomat (3-H2O) [C5H10NS2] dan 0.332 gr, Svines (II) Azo’tnokisliy [Pb(NO3)2] dan 0.243 gr tortib olinadi. 250 ml li kolbaga ikkalasini solib ustidan 100 ml bi distillangan suv quyiladi va yaxshilab eritiladi. Tayyorlangan aralashma taqsimlash voronkasiga quyiladi. 250 ml Perxloretilen [C2Cl4] quyiladi va 6-8 daqiqa chayqatiladi. 4-5 minut tindiriladi bu vaqt ichida 2 qisimga ajraladi, pastki qismi filtrlab ajratib olinadi. So'ngra, yana filtr yordamida 250 ml Perxloretilen [C2Cl4] quyiladi. 500 ml kalibrlash uchun tayyor eritma hozirlandi. Indikator 100 ml o'lchov kolbasiga analitik tarozida 0.1 gr Fenolftalein [C20H14O4] tortib olib solinadi va chizig'igacha 60% li spirt [C2H5OH] quyiladi. Standart Analitik tarozida 0.393 gr Mis kuporosi (CuSO4*5H2O) tortib olamiz va 100 ml li o'lchov kolbasiga solib o'lchov chizig'igacha bi distillangan suv bilan to'ldiramiz. Ustiga 1 tomchi Sulfat kislota [H2SO4] tomiziladi. 1 sutka qoldiriladi Bu eritmadan 100 ml li o'lchov kolbasiga 1 ml olib bi distillangan suv bilan chizig'igacha to'ldiramiz. Buning tarkibida 0.01 mg Mis kuporosi (CuSO4*5H2O) bor 5 ta 100 ml li og'zi yopiladigan kolba olinadi va tayyorlangan Misli eritmadan mos ravishda quyiladi: 0.0 ml 0.25 ml 0.5 ml 1.0 ml 1.5 ml Har biriga 10 ml bi distillangan suv, 5 ml dan 5% li Ammoniy limonnokisliy [C6H17O7N3] (tozolangan) eritmasi, 1 tomchidan Fenolftalein, 1 tomchidan Ammiak [NH3] solinadi. Och pushti rangga kirishi kerak. 10 ml dan Dietilditiokarbomat [C5H10NS2] + Svines (II) Azo’tnokisliy [Pb(NO3)2] (tozolangan) eritmasi quyiladi va 10 daqiqa davomida chayqatishga qo'yiladi. So’ngra taqsimlash voronkasiga quyiladi 2 qisimga ajraladi, yaniy, pastki qismi misli qisim tepa qismi suv pastki misli qisimi filtrdan o'tqaziladi. Har birini alohida-alohida menzurkachalarga solib og'zi mahkam yopiladi. Spektrofotometrda har biri tekshiriladi. Spektrofotometr to'lqin uzunligi 535 bo'lishi kerak. Natriy uksusniykisliy (Natriy atsetat)–CH3COONa TOZALASH 1 litrli o'lchov kolbasiga analitik tarozida 82 gr (agar 3H2O bo'lsa 136 gr) Natriy uksusniykisliy [CH3COONa] tuzidan tortib olinib solinadi ustidan 500 ml bi distillangan suv bilan eritiladi. O'lchov kolbasi chizig'igacha bi distillangan suv bilan to'ldiriladi va 1 sutka qoldiriladi. Sistema muhiti pH indikatorida tekshiriladi. pH muhiti 7 va 8 orasida bo'lishi lozim. Agar 7 dan past bo'lsa, 1 tomchi Ammiak qo'shiladi. Sistema och pushti rangga kirishi kerak. Agar och pushti rangga kirmasa 1 tomchi Fenolftalein tomiziladi. So'ng muhit tekshiriladi va pH 7 va 8 orasida bo'lsa, taqsimlash voronkasiga solinadi. Taqsimlash voronkasidagi sistemaga 3-4 ml Ditizon [C13H12N4S] solib chayqatiladi. Bu jarayon 6-8 marotaba takrorlanadi, ya’ni, har safar sabzi rangdagi ustki qismi qoldirilib, pastki, pushti rangdagi qismi to'kiladi so'ngra og'zi yaxshi yopiladigan idishga solib ustidan 4-5ml Ditizon [C13H12N4S] quyib 1 sutkaga qoldiriladi. Ertasi kuni taqsimlash voronkasiga solinadi pastki quyqa qismi tokiladi yana 4-5 ml ditizon quyib chayqatiladi. Toki pastki qismi Ditizon rangiga o'tguncha davom ettiriladi. So'ngra 4-5 ml Perxloretilen [C2Cl4] bilan 4-5 minut chayqatiladi. 4-5 minut tindirilib pastki qismi to'kiladi shu jarayon 2-3 marta takrorlanadi. Songra og’zi yaxshi yopiladigon idishga solib ustidan 4-5ml Perxloretilen [C2Cl4] quyib 1 sutkaga qildiriladi Ertasi kuni taqsimlash voronkasiga solib pastki qismi tokiladi ustidan Perxloretilen [C2Cl4] 4-5 ml solamiz, chayqatamiz, toki, pastki cho'kma qismi ham tepa qismi ham rangsiz tiniq bo'lgunga qadar. Download 26.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling