Ditizon eritmasi – C13H
Standart 1 litirli о‘lchov kolbasiga analitik tarozida metall holidagi Ruh [Zn]
Download 26.57 Kb.
|
MIKRO
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ruh uchun kalibrovka qilish
Standart
1 litirli о‘lchov kolbasiga analitik tarozida metall holidagi Ruh [Zn] dan 0.2 gr tortib olinadi.(metal qaychi bilan maydalanadi) 150 ml bi distillangan suv bilan aralashtiriladi. Ustiga 3-4 ml Sulfat kislota [H2SO4] quyiladi va 1-2 sutka qoldiriladi erigandan so‘ng bidistillangan suv bilan o‘lchov chizig‘igacha yetkaziladi. Ruh uchun kalibrovka qilish 1 litrli o‘lchov kolbasiga 0.2 gr metal holidagi Ruhdan tortib olib, ustiga 150 ml distillangan suv solinadi. Ustiga 1 ml Sulfat kislota solib 2-3 kun qoldiriladi. Bu davr mobaynida Ruh to‘la erib bo‘ladi. Kolbaga metkasigacha suv quyiladi. Standart eritma tayyor. Ishchi eritma O‘lchov kolbasiga 1 ml standart eritmadan olib, metkasigacha distillangan suv quyamiz. Shu eritma tarkibida 0.022 ml Ruh (Zn) bor. 5 dona konussimon (коническый) kolbaga (250 ml li): 0.0 0.2 ml; 0.5 ml; 1.0 ml; 2.0 ml dan quyib olinadi. Har biriga 20 ml dan distillangan suv, 2 tomchidan Metiloranj tomiziladi. Sariq rangga kirishi lozim. Agar, sariq rangga kirmasa 5 % li Natriy atsetatdan 1-2 tomchi tomiziladi. Shunda och sariq rangli eritma hosil bo‘lishi kerak. Eritmalarga 2 ml dan 5 % li Natriy giposulfatdan solib aralashtiramiz. Ustidan 3 ml Ditizon solinadi, chayqatib 3-4 minut tindiriladi. Ikki qismga ajralgan aralashmani yangi konussimon kolbaga pastki Ditizon qismini quyib olamiz. Taqsimlash voronkasida ustidan 2 ml Ditizon quyib yana yuvib, ajratib olamiz. Ustiga 0.01 N li Ammiakdan 20 ml solamiz (0.01 ml Ammiak tayyorlash: 0.7 ml 25 % li Ammiakdan olib 1 litrga yetkaziladi) va chayqatib, 3-4 daqiqa tindiramiz. Ikki xil rangga ajraladi: pastki qismi – pushti, tepa qismi – oq. 10 ml o‘lchov kolbasiga pastki qismi quyib olinadi. Ustidan Perxloretilen bilan metkaga yetkaziladi. Download 26.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling