Diuretik va antiseptik xususiyatiga EGA boʼlgan benzolsulfanilamidlarning taxlili usullari
Download 315.19 Kb.
|
16-тема Diuretik va antiseptik hususiyatli
- Bu sahifa navigatsiya:
- Spirtlarning olinishi.
- ETIL SPIRTI. Spiritus aethylicus
TIBBIET AMALIYOTIDA
IShLATILADIGAN SPIRTLAR. Uglevodorodlardagi vodorod atomining gidroksilga almashinilgan xosilalari spirtlar deb ataladi. Ulardagi gidroksillarning soniga ko’ra spirtlar bir atomli, ikki atomli, uch atomli va xokazo bo’ladi. Gidroksil guruxning qaysi uglerod atomiga birikkaniga qarab, ular birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi spirtlarga bo’linadi. Spirtlarning olinishi. Etil spirtini asosan kraxmalga boy o’simlik maxsulotlaridan (makkajuxori, buqdoy, javdar, kartoshka) bir qator fermentlar ishtirokida bijqitish yo’li bilan olinadi. Xozirgi vaktda sanoatda etil spirtini yoqoch chiqindisidan olish xam keng yo’lga qo’yilgan. Etil spirtini etarli darajada atsetilen va etilenlardan sintez qilib xam olinadi. Glitserinning olinishiga kelganda, uni ilgarilari moylarni ishqorlar ta'sirida quyidagi reaktsiya bo’yicha gidrolizlab olish (sovun ishlab chiqarishda) birdan-bir usul xisoblanib kelar edi Xozirgi vaqtda glitserinni moylarni avtoklavlarda yuqori xaroratda (220°S) va bosim ostida (2200 atmosfera bosimida), suv buqlari yordamida gidrolizlab olinadi. ETIL SPIRTI. Spiritus aethylicus. Etil spirt rangsiz, tiniq o’ziga xos xidli, uchuvchan va tez alangalanuvchi suyuqlik bo’lib, suv, efir, xloroform, atseton va ba'zi boshqa organik erituvchilar bilan yaxshi aralashadi. U 78°S xaroratda qaynaydi. Preparat tarkibida 96—95% etil spirt bo’lib, uning zichligi, 0,808—0,812 g sm3 ga tengdir. Etil spirtining Chinligi meva xidini eslatuvchi etilatsetat efiri xosil qilish reaktsiyasi bo’yicha aniqlanadi. Uni etil spirtining kontsentrlangan sulfat kislotadagi aralashmasiga sirka kislota ta'sirida qizdirib olinadi. Etil spirtining Chinligini yana yodoform xosil qilish reaktsiyasi bo’yicha xam aniqlanadi. Bunda etil spirtiga natriy gidroksid va yod eritmalari qo’shilganda o’ziga xos yodoform xidi keladi. U sekin-asta sariq, cho’kma xolida cho’kadi. Download 315.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling