Diyen sintezi. Kauchukni vulkanlash diyen sintezi


Siklobutan va uning gomologlari brom bilan qiyinchilik bilan yuqori haroratda reaksiyaga kirishadilar


Download 18.53 Kb.
bet2/3
Sana31.01.2024
Hajmi18.53 Kb.
#1817823
1   2   3
Bog'liq
DIYEN SINTEZI. KAUCHUKNI VULKANLASH

Siklobutan va uning gomologlari brom bilan qiyinchilik bilan yuqori haroratda reaksiyaga kirishadilar.
Siklopentan va siklogeksanga galogenlar bilan ta’sir etilganda, halqa ochilmaydi va almashinish reaksiyasi sodir bo‘ladi.
Galoidvodorodlar ta’siri. Siklopropan va siklobutanga galoidvodorodlar, ayniqsa vodorod bilan ta’sir etilganda birikish reaksiyasi sodir bo‘ladi va halqa ochiladi:

Diyen uglevodorodlarining tuzilishida qo‘shbog‘ ishtirok etadi. Ularning umumiy formulalari CnH2n-2 bilan ifodalanib, n=3 sharti qoniqtirilishi shart.
Qo‘shbog‘larning o‘zaro joylashuviga qarab diyen uglevodorodlari 3 guruhga bo‘linadilar va quyidagicha nomlandilar:

1. Qo‘shbog‘lari ketma-ket keladigan (qo‘shbog‘lari yig‘ilgan) diyenlar:
СН
2 = С = СН2 allen, propadiyen
СН
3 – СН = С = СН2 metilallen, 1,2-butadiyen
2. Tutash qo‘shbog‘li diyenlar:
СН
2 = СН – СН = СН2 divinil, 1,3-butadiyen
СН
2 = С(СН3) – СН = СН2 izopren, 2-metilbutadiyen-1,3
3. Ajratilgan qo‘shbog‘li diyenlar:
СН
2 = СН – СН2 – СН2 – СН = СН2 diallil, 1,5-geksadiyen
Diyen uglevodorodlari orasida tutash qo‘shbog‘li diyenlarning ahamiyati katta. Ular sintetik kauchuk va boshqa qimmatli birikmalar olishda ishlatiladi. Quyida biz tutash qo‘shbog‘li diyenlarning olinish usullari, xossalari va ishlatilishi bilan tanishib chiqamiz.
Olinish usullari. 1,3-Alkadiyenlar sanoatda quyidagi usullar bilan olinadi. To‘yingan uglevodorodlarni bosqichli degidrogenlash:

To‘yingan ikki atomli spirtlardan suvni tortib olish:
Etil spirtidan olish:
Bu usul rus olimi S.V. Lebedev tomonidan kashf etilgan bo‘lib, dunyoda birinchi marotaba (1929-1931 yillarda) sintetik kauchuk ishlab chiqarilgan.
Asetilen va asetondan foydalanib izoprenni olish:
Fizik xossalari. Divinil oddiy sharoitda gazsimon, qolgan diyenlar suyuqlik holatda bo‘ladi. Uglevodorodlar uchun xos bo‘lgan qonuniyatlar diyen uglevodorodlari uchun ham taaluqlidir.

Kimyoviy xossalari. Bularning tuzilishida ikkita qo‘shbog‘ bo‘lganligi uchun ular birikish jarayonlariga etilen ugevodorodlariga qaraganda oson kirishadilar. Turli molekulalar 1,2-uglerod atomlariga (bunda qo‘shbog‘lardan biri uzulmaydi) yoki 1,4-uglerod atomlariga (bunda qo‘shbog‘lardan biri o‘rtaga siljiydi) birikishi mumkin.
Vodorodning birikishi.


Download 18.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling