Diyorbekning iqtisodiyot nazariyasi fanidan tayyorlagan
Download 23.53 Kb.
|
QARSHIYEV DIYORBEK REFERAT
- Bu sahifa navigatsiya:
- Talab elastikligi va uning asoslari. Daromad va narx bo‘yicha talab elastikligi.
Bozor muvozanati
Muvozanat - bu tizimning shunday bir holatiki, agar unga biror bir tashqi kuch ta’sir qilmasa, u o’zining ushbu holatini saqlab qoladi. Talab va taklif modelida talab chizig’i bilan taklif chizig’ining kesishgan nuqtasi bozor muvozanatini bildiradi. Demak, bozor muvozanati talab hajmi bilan taklif hajmining tengligini ta’minlaydigan narx darajasi va tovar miqdori bilan aniqlanadi. Talab va taklif qonuniga ko’ra shuni ta’kidlash mumkinki, agar bozor muvozanat holatida bo’lsa, u holda, uning qatnashchilari tovar narxini yoki tovar miqdorini o’zgartirishga hech narsa sabab bo’lmaydi. Agar taklif va talab chiziqlari bir vaqtning o’zida siljishsa, muvozanat narx va muvozanat miqdor larning o’zgarishi har xil bo’lishi mumkin. Yuqorida keltirilgan bozor modeli statik bo’lib, u ma’lum vaqt oralig’ini oladi (masalan, u bir oyga, bir yilga teng bo’lishi mumkin). Bunday bozor modelida o’zgaruvchilar vaqtga bog’liq emas. Talab elastikligi va uning asoslari. Daromad va narx bo‘yicha talab elastikligi. Ma’lumki, tovarga bo’lgan talab, uning narxiga, iste’molchi daromadiga va boshqa tovarlar narxiga bog’liqdir. Xuddi shunday, taklif tovar narxiga va tovarni ishlab chiqarish xarajatiga bog’liq. Masalan, olmaning narxi oshsa, unga talab kamayadi. Lekin, biz shu tovarga talabni yoki taklifini miqdoriy jihatdan o’sishi yoki kamayishini bilmoqchimiz. Agar olma narxi 15% ga oshsa, unga bo’lgan talab qanchaga o’zgaradi? Yoki daromad 10% ga oshgandagi talab qanchaga o’zgaradi? Bunday savolga javob berish uchun, elastiklik tushunchasidan foydalanamiz. Elastiklik - bir o’zgaruvchining boshqa bir o’zgaruvchi ta’siri ostida o’zgarishini o’lchaydigan o’lchov; aniqroq qilib aytganda, biror o’zgaruvchining bir foizga o’zgarishini natijasida boshqa bir o’zgaruvchining ma’lum foiz miqdorga o’zgarishini ko’rsatadigan sondir. Bunga eng muhim misollardan biri bo’lib, narxga bog’liq bo’lgan talab elastikligidir. Bu elastiklik tovar narxining bir foizga o’zgarishi, unga bo’lgan talabninng necha foizga o’zgarishini ko’rsatadi. Download 23.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling