Dizartriya
Bu davrda yana artikulyatsion belgilar bo‘yicha bir-biriga qarama-qarshi qo‘yilgan tovushlar differensiyasi ustida mashqlar o‘tkaziladi
Download 35.47 Kb.
|
4-amaliy mashg\'ulot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Adabiyotlar
Bu davrda yana artikulyatsion belgilar bo‘yicha bir-biriga qarama-qarshi qo‘yilgan tovushlar differensiyasi ustida mashqlar o‘tkaziladi:
og‘iz va burun tovushlar differensiatsiyasi (p-m); burunli tovushlar guruhi o‘rtasida tovushlar differensiatsiyasi (m va n); dortlovchi tovushlar guruhida tovushlar differensiatsiyasi (k-x); unli tovushlar differensiatsiyasi (a, u, o, u); portlovchi va qorishiq tovushlar differensiatsiyasi (t-s). Bu mashqlar jarayonida boshqa tovushlarni o‘zlashtirish uchun asos yaratiladi. Endigi davrda artikulyatsion jihatdan talaffuz qilish qiyin bo‘lgan tovushlar ustida ish olib boriladi. Bu jarangli shovqinli undoshlar, qorishiq va «r» tovushidir. Bu davrda ishning muvaffaqiyatli olib borilishida fonematik eshituvning yetarli rivojlantirilganligi, tovushlar analiz malakasining birmuncha shakllanganligi asosiy rol o‘ynaydi. Bolalar bu davrga kelib tovushlarni yaxshi ajrata oladilar. Bolalar nutq faolligi, tovushlar analiz malakasi sezilarli darajada oshadi. «R», «SH», «J» tovushlarni bolalar aniq, yaxshi talaffuz qilishda qiynaladilar. Lekin ularni farqlashda qiyinchiliklar kam kuzatiladi. Bu davrda ham tovushlar differensiatsiyasi ustida ishlashga maxsus vaqt ajratiladi. Bu vaqtda s-z, sh-j tovushlar differensiatsiyasi ustida ish olib boriladi. Bunda bolalar tovushlarni bir-biridan xatosiz ajratishga o‘rganganliklariga logoped ishonch hosil qilgach, tovushlarni burun va so‘zdagi o‘rinlarini aniqlashga qaratilgan mashqlarga o‘tadi. Tovushlarni to‘g‘ri talaffuzi, fonematik eshituvni rivojlantirish, tovushlar analiz malakasini shakllantirish ustida olib borilgan muvaffaqiyatli ishlar, dizartrik bolalarning yozuvni o‘zlashtirishlari uchun asos bo‘ladi. Adabiyotlar:Ayupova M.Y. Logopediya. Darslik. T.: O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati, 2007. Logopediya L.S.Volkova, S.I.Shaxovskaya. Izd-vo «Vlados» – M., 2002. Golubeva G.G. Korreksiya narusheniy foneticheskoy storoni rechi u doshkolnikov. Izd-vo «Soyuz» – M., 2001. Krauze YE.N. Logopediya. Izd-vo «Korone print» – M., 2003. Mo‘minov L., Ayupova M. Logopediya. – T., 1993. Xrestomatiya po logopedii T.2. (pod.red. Volkova S.L., Seliverstov V.I.) Izd-vo «Vlados» – M., 1997. Xrestomatiya po logopedii T.2. (pod.red. Volkova S.L., Seliverstov V.I.) Izd-vo «Vlados» – M., 2002. Download 35.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling