Dizartriyani kelib chiqish sabablari, shakllari va bartaraf etish


Download 1.15 Mb.
bet4/5
Sana27.10.2023
Hajmi1.15 Mb.
#1727523
1   2   3   4   5
Bog'liq
2 mavzuga ma`ruza

Дизартриянинг 4, 5, 6 белгилари

  • Реципрок (ўзаро мувофиқланиш) иннервациянинг патологияси (асаб марказлари фаолиятининг ўзаро мувофиқланишининг бузилиши).
  • Товуш талаффузининг бузилишини келтириб чиқарувчи артикуляцион аппарат ва мажбурий ҳаракатларнинг мавжудлиги.
  • Болаларда тил, лаб ҳолатларини, уларнинг йўналишини сезиш қобилиятининг пастлиги .

Dizartriya shakllari (jarohatlanish o‘chog'iga ko‘ra)

Bulbar dizartriya

  • Miyaning bulbar qismiga tegishli IX, X va XI, XII bosh miya nervlarining periferik o’qlari, po’stloq yoki yadroning shikastlanishi oqibatida yuzaga keluvchi simptokompleksning harakat buzilishlari bulbar falaj deb ataladi.

Psevdobulbar dizartriya

  • Miyaning bulbar qismiga tegishli IX, X va XI, XII bosh miya juft nervlarining yadro ildizlarining jarohatlanishi natijasida yuzaga keladi.
  • Piramida yo‘lining bosh miya nervlarining harakatlantiruvchi yadrolariga po‘stloq impulslarini tashuvchi tomonlariga kartikonuklear yoki kartiko – bulbar deyiladi. Ularning shikastlanishida yuzaga keluvchi muskullar paralichi markaziy spastik paralich xususiyatiga ega. Sust bulbar paralichlardan farq qilib bu paralichlar psevdobulbar deyiladi.

Psevdobulbar dizartriya shartli ravishda 3 darajaga ajratiladi: yengil, o‘rta, og‘ir.

  • 1.Psevdobulbar dizartriyaning yengil darajasi artikulyatsion nutq apparat harakatlarida qo‘pol buzilishlarning yo‘qligi bilan xarakterlanadi. Bunda asosiy artikulyatsion qiyinchilik til, lablarda harakatni tez va aniq bajara olmasliklarida seziladi. Bunday bolalarda talaffuz kamchiliklari asosida artikulyatsion harakatlarini aniq tez bajara olmasliklari natijasida yuzaga keladi. Nutq bir muncha sekinlashgan bo‘ladi. Arti-kulyatsion jihatdan qiyin bo‘lgan tovushlar: j, sh, r, ch talaffuzida kamchiliklar kuzatiladi. Jarangli tovushlar talaffuzida ovoz yetarli darajada ishtirok etmaydi.

O‘rta og‘ir daraja

  • Psevdobulbar dizartriyaning o‘rta og‘ir darajada bolada yuz muskullar harakati yo‘qolgan bo‘ladi. Bu holat dizartriyaning o‘rta og‘ir darajasi uchun xarakterlidir. Lab va til harakatlari chegaralangan bo‘ladi. Bola lablari va tillarini kerakli holatlarda harakatlantira olmaydi.
  • Asosiy qiyinchiliklar bir harakatdan ikkinchi harakatga o‘tishda yaqqol namoyon bo‘ladi. Yumshoq tanglay kam harakatchan bo‘ladi. Bolada so‘lak oqishlari hamda chaynash va yutish aktlarida qiyinchiliklar kuzatiladi.
  • Artikulyatsion apparat funksiyasidagi kamchiliklar og‘ir talaffuz kamchiliklariga olib keladi. Bunday bolalar nutqi tushunarsiz bo‘ladi va kechikib rivojlanadi.

Download 1.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling