Dizel iyod ishga tushirish tizimi tuzilishi va ishlashi


Download 0.71 Mb.
bet18/18
Sana10.11.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1763242
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
1-amaliy mashgulot

Ishni bajarish tartibi
1. Yordamchi dvigatellar qirqimlari, isitkichlar va dekompression mexanizm montaj stendlari,
maketlar, chizmalar, plakatlardan foydalanib, ularning tuzilishi va ishlashini o‘rganish.
2. O‘qituvchi ko‘rsatmasiga binoan yordamchi dvigatellar, IYOD ishga tushishini yengillatuvchi
qurilmalarning alohida qism va priborlari sxemalarini chizish.
3. T-150K traktori, traktorlarni ishlatish qo‘llanmalari, maketlar, chizmalar, plakatlardan
foydalanib, quyidagi ishlarni bajarish:
a) asosiy dvigateldan yordamchi dvigatelni ajratish;
b) yordamchi dvigatel kuch uzatmasini qismlarga ajratish;
d) uzel va detallar eskizini chizish;
e) qismlarni teskari ketma-ketlikda yig‘ish.
4. O‘qituvchi ko‘rsatmasiga binoan yordamchi dvigatel, uning kuch uzatmasi, IYOD ishga
tushishini yengillatuvchi qurilmalarning asosiy parametrlarini aniqlab, jadvalni to‘ldirish.
Hisobot mazmuni
1. Asosiy IYODni ishga tushiruvchi yordamchi dvigatellarning sxemalarini chizish.
2. Yordamchi dvigatel kuch uzatmasining sxemasi va IYODni ishga tushirish tartibi.
3. IYOD ishga tushishini yengillatuvchi qurilmalarning eskizlarini chizish.
4. Jadvalni to‘ldirish.
Nazorat savollari
1. Yordamchi dvigatellar qanday sikl bo‘yicha ishlaydi?
2. Yordamchi dvigatellar qanday yonilg‘ida ishlaydi?
3. Qanday mexanizmlar yordamchi dvigatellarning transmissiyasi tarkibiga kiradi?
4. Yordamchi dvigatellar transmissiyasiga qanday moy quyiladi?
5. Dizelni ishga tushirishni osonlashtirish uchun qanday vositalar qo‘llaniladi?
Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling