Dizel yonilg’ilarining o’z-o’zidan alangalanish qobiliyati Reja: Umumiy ma'lumotlar Ekspluatatsion talablar


Dizel yonilg’ilari uchun èkspluatatsion talablar


Download 105.42 Kb.
bet2/6
Sana13.05.2023
Hajmi105.42 Kb.
#1455405
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Dizel yonilg’ilarining o’z-o’zidan alangalanish qobiliyati

Dizel yonilg’ilari uchun èkspluatatsion talablar.


Dizel dvigatellarida yonilg’i to’la va sifatli yonishi uchun ular quyidagi èkspluatatsion talablariga javob berishi kerak:
1. Yuqori bosim nasosi uzluksiz va puxta ishlashi uchun yonilg’i yaxshi so’rilishi va haydalishi (buning uchun yonilg’i optimal qovushqoqlikka, zarur past harorat xossalariga èga bo’lishi) lozim.
2. Mayin to’ziydigan va yaxshi aralashma hosil qiladigan bo’lishi (buning uchun fraktsion tarkibi va qovushqoqligi optimal darajada bo’lishi) zarur.
3. Dvigatel oson yurg’izib yuborishi va "yumshoq" ishlashi uchun tutun hosil qilmasdan batamom yonishi kerak (bu yonilgining oktan soni, qovushqoqligi va fraktsion tarkibiga bog’liq), barkaror yonishi, hamda yonganda mumkin qadar ko’p issiqlik chiqarishi zarur.
4. Klapanlarda, porshenlarda va porshen xalqalarida ko’p qurum hosil bo’lmasligi, ninalar osilib qolmasligi hamda forsunkalarning to’zitkichlari kokslanmasligi lozim (bular èsa yonilg’ining kimyoviy hamda fraktsion tarkibiga, tozalash usuli va darajasiga bog’liq).
5. Rezervuarlarni, yonilg’i berish tizimini va dvigatel detallari korroziyalamasligi kerak (bular oltingugurtli birikmalar, organik hamda mineral kislotalar, suv miqdoriga bog’liq):
6. Uzoq muddat saqlanganda xossalarini o’zgartirmasligi zarur.
Èkspluatatsion sifatini bildiruvchi fizik va kimyoviy xossalari.
Fraksion tarkibi. Bu tarkib dizel yonilg’isining bug’lanishini ko’rsatuvchi va benzinlardagi kabi yonilg’i hajmi bilan yonilg’i temperatura orasidagi bog’liqlikni belgilab beradi. Dizel yonilg’ilari uchun xaydashning boshlanishi 170-200 0S bo’lib unig 50% qishqi dizel yonilg’isida 2500Sda, yozgi dizel yonilg’isida èsa 2800Sda bug’lanishi lozim, haydashning oxirida yonilg’ini 96% 330-3600S haroratda qaynab, bo’g’ga aylanishi lozim. Bu haroratlar yonilg’ining yurgizib yuborish xususiyatlariga ta’sir ko’rsatadi. Dizel yonilg’isining ancha yuqori haroratda haydalishi yonilg’ida og’ir fraktsiyalar borligidan darak beradi. Bu og’ir fraktsiyalar yonilg’i aralashma hosil bo’lishi protsessini yomonlashtiradi, yonilg’i ko’p sarf bo’ladi, ishlatilgan gaz tutab chiqadi va qurum ko’p xosil bo’ladi.

Download 105.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling