Djamolova muhlinso muhammadrasul qizining


Download 0.84 Mb.
bet7/36
Sana14.10.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1702989
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   36
Bog'liq
SO\'NGI VARIANT Muxlinsa opa 03.10

Tatqiqot obekti: Tadqiqotning obekti sifatida Marxamat tumani Andijon tajriba ko’rgazma maydoni o’tloqi bo’z tuproqlarida yetishtirilgan qushqo’nmas o’simligi tanlab olindi.
Tadqiqot predmeti: bo‘lib qushqo’nmas (Silybum marianum.L) o‘simligining yovvoyi turi “Zolushka, Panaseya navi”, urug‘lari, xom ashyosi, qushqo’nmas o’simligi moyi xisoblanadi.
Tadqiqotning maqsadi: Andijon viloyati Marxamat tumani Andijon tajriba ko’rgazma maydoni o’tloqi bo’z tuproqlari sharoitida o‘sayotgan qushqo’nmas (Silybum marianum .L) o‘simligining yetishtirish agrotexnalogiyasi va dorivorlik hususiyatlari,ekish muddatlari,hosildorligi,o’rganiladi hamda yetishtirishning yangi agrotexnalogiyalari takomillashtiradi.
Tadqiqotning vazifasi quyidagilardan iborat:

  • Qushqo’nmas o’simligini morfobiologiyasini o’rganish;

  • Qushqo’nmas o’simligini ekish muddatlarini uning o’sishiga ta’sirini o’rganish va tadqiq qilish;

  • Qushqo’nmas o’simligini ekish muddatlarini hosildorligiga ta’sirini aniqlash:

  • Qushqo’nmas o’simligini dorivorlik xususiyatlarni o’rganish.

Ishning ilmiy yangiligi: Andijon viloyati Marhamat tumani o’tloqi bo‘z tuproqlari sharoitida istiqbolli va serhosil qushqo’nmas o‘simligining ushbu muhitga moslashgan Qushqo’nmas (Silybum marianum.L) o’simligining Zolushka va Panaseya navi hosildorligini va dorivorlik hususiyatlarini oshirishning samarali agrotexnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari: qushqo’nmas o‘simligini ekish muddati va o’g’itlash me'yorlarini o‘simlikning o‘sishi, rivojlanishi va hosildorligini oshirish samaradorligini aniqlash hamda sanoatbop xosil olish texnologiyalarni takomillashtirish natijasida sifatli sanoatbop qushqo’nmas o‘simligidan yaxshi xosil olish hamda dorivorlik xususiyatlarini yanada oshirish mumkin.
Tadqiqotda qo‘llanilgan metodikaning tavsifi: Dala va ishlab chiqarish tajribalarini o‘tkazish, urug‘ni ekishga tayyorlash, urug‘larni sifat ko‘rsatkichlarini aniqlash, ko‘chatlarni parvarishlash, istiqbolli navlarini tanlash va baholash 3317–90 (QzDSt 322.15.04.2009), 26869–86 (QzDSt 322.15.04.2009) davlat standartlari uslubiy qo‘llanmasi talablari asosida amalga oshirildi. Qushqo’nmas o‘simligi urug‘larini ekishga tayyorlash bo‘yicha tadqiqotlar S.M.Ablaev (1977 yil) tomonidan ishlab chiqilgan uslub asosida amalga oshirildi. Dala tajribalarida olingan natijalar statistik tahlili Microsoft excel kompyuter dasturi yordamida B.A.Dospexov tavsiya qilgan uslub bo‘yicha hisoblangan.

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling