Djamolova muhlinso muhammadrasul qizining


Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati


Download 0.84 Mb.
bet8/36
Sana14.10.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1702989
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   36
Bog'liq
SO\'NGI VARIANT Muxlinsa opa 03.10

Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati: Tadqiqot natijalarining nazariy ahamiyati Andijon viloyatida qushqo’nmas o‘simligini plantatsiyalarda yetishtirish mumkinligi ilmiy asoslanadi.
Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati qushqo’nmas o‘simligini ekish muddati va me’yorlarini, o‘sishi, rivojlanishi,dorivorlik hususiyatlarini oshirishga ta’siri samaradorligini aniqlash hamda yuqori sifatli sanoatbop xosil olish texnologiyasini takomillashtirishga ilmiy asoslangan agrotexnologik tadbirlarining ishlab chiqilganligi bilan izohlanadi.


Ish tuzilmasining tavsifi: Magistrlik dissertatsiyasi kirish, to‘rtta bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar va ilovadan iborat. Umumiy hajmi 85 bet, 12 ta rasm va 9 ta jadvallardan tashkil topgan. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 76 ta adabiyot 22 ta internet saytlar keltirilgan. Dissertatsiya matni kompyuterda 14 shrift 1,5 intervalda shakllantirilgan.


I.QUSHQO’NMAS (SILYBUM MARIANUM L)NING EKISH MUDDATI VA O’G’ITLASH ME’YORLARINI O’SISHI VA RIVOJLANISHIGA TA’SIRI
(ADABIYOTLAR SHARHI).
1.1. Qushqo’nmasning kelib chiqishi va tarqalishi.
Qushqo'nmas qumlidan tortib juda og'ir loygacha bo'lgan turli xil tuproqlarda o'sadi.Qushqo'nmas o’simligi to'g'ridan-to'g'ri tuproqqa ekiladi. Ekish kuz va bahorda amalga oshiriladi, qator oralig'i odatda 40-60 sm, qatordagi o'simliklar orasidagi masofa 30 sm. Pendimetalin va metribuzin gerbitsidlari qushqo'nmasda begona o'tlarni nazorat qilish uchun yakka tartibda va birgalikda xavfsizdir. Qushqo'nmas qurg'oqchilikka chidamli hisoblanadi va odatdagi yog'ingarchilik ko'pincha yetarli. Bundan tashqari, qushqo'nmasning qurg'oqchilikka chidamli bir nechta navlari yaratilmoqda.
Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz, nomli kitobida buyuk Alisher Navoiy Bobomizning“ Odamiy ersang demagil, odamiy, Onikim, yo‘q xalq g‘amdin g‘ami ” degan satirlarida qanchalik chuqur hayotiy hikmat, falsafa bor. Ya‘ni bu dunyoda insonlarning dardu-u tashvishlarini o‘ylab yashash- odamiylikning eng oliy mezonidir, xalqning g‘amidan uzoq bo‘lgan insonni odam qatoriga qo‘shib bo‘lmaydi, deb ta‘kidlamoqda ulug‘ bobomiz. (1) [17,18]b
Aholi va tadbirkorlarni o‘ylantirayotgan dolzarb masalalarni har tomonlama o‘rganish, amaldagi qonunchilik, huquqni qo‘llash amaliyoti va ilg‘or xorijiy tajribani tahlil qilish, shuningdek keng jamoatchilik muhokamasi natijasida ishlab chiqilgan hamda quyidagilarni nazarda tutadigan 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi (keyingi o‘rinlarda-Harakatlar strategiyasi) PF-4947-sonli Farmoni. O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017 y. 6-son, 70-modda. (2)

  1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 20-yanvar № 5-sonli majlis bayoni, 1.12 bandi. “2015-2017 yillarda o‘rmon xo‘jaliklari tizimini rivojlantirish, dorivor va ozuqabop o‘simliklar xom ashyosini yetishtirish, tayyorlash va qayta ishlashni yanada kengaytirish chora tadbirlari to‘g‘risida”. Toshkent, 2015. (3)

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-fevraldagi “Farmatsevtika tarmog‘ini jadal rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi PQ-3532-sonli qarori. Oxirgi bir yarim yil davomida farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish, dori vositalari va tibbiy buyumlarning arzonligi va erkin muomalasini ta’minlashga qaratilgan o‘ndan ortiq normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi.
Farmatsevtika tarmog‘ining davlat boshqaruvi tizimi qayta ko‘rib chiqildi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzurida Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi tashkil etildi.
“Nukus-farm”, “Zomin-farm”, “Kosonsoy-farm”, “Sirdaryo-farm”, “Boysun-farm”, “Bo‘stonliq-farm” va “Parkent-farm” erkin iqtisodiy zonalari tashkil etilib, ularning hududida 41,7 million AQSh dollari miqdoridagi beshta loyiha amalga oshirilmoqda.(4)
Mamlakatda ijtimoiy dorixonalarni tashkil etish choralari ko‘rilmoqda. Jumladan, Surxondaryo viloyatida davlat-xususiy sheriklik shartlarida 75 ta ijtimoiy dorixonalarni qurish va joylashtirish bo‘yicha ishlar boshlangan. Shu bilan birga, o‘rganishlar qabul qilingan qonun hujjatlarini o‘z vaqtida, sifatli va to‘liq ijro etish bo‘yicha yetarli choralar ko‘rilmayotganligini, mas’ul organlar rahbarlarida yuklatilgan vazifalarni bajarishda tashabbuskorlik yo‘qligini ko‘rsatdi. (5)
Qushqo’nmasning davolovchi xususiyatlarining tarixi qadimgi davrlardan boshlanadi, buni neolit ​​va mezolit davridagi qazishmalarda qushqo’nmas urug‘lari topilganligi tasdiqlaydi. Qushqo’nmasni dorivor o’simlik sifatida Gippokrat, Pliniy, Dioskoridlar ishlatgan. Ibn Sino o’zining «Tib qonuni» kitobida qushqo’nmasni «Hazm faoliyati meyorlashtiradi, ozdiradi,jigarni davolaydi » deb ta’rif bergan. (6) [29,48]b
“Agro ilm” ilmiy ommabop jurnali. 1959 yilda turli halqaro universitetlarda 200 dan ortiq tadqiqotlar olib borildi. Tadqiqot natijalari hayratlanarli edi va turli ilmiy jurnallarda chop etildi. 1989- yil Pokiston tabobat jurnalida qushqo’nmasning xususiyatlari haqida maqola e’lon qilindi.keyinchalik qushqo’nmasning hayratlanarli hususiyatlari kashf etildi ya’ni u gepatit kasalligining bir qancha turlariga juda samarali kurashishi isbotlandi. (7) [52,54]b
Yaqin Sharq qushqo’nmasning vatani deb hisoblanadi, keyinchalik u butun Osiyo qit’asida tarqalib, Yevropaning janubiga va shimoliy Afrikaga kirib bordi. Bugungi kunda o'simlik dunyoning ko'plab mamlakatlarida, shu jumladan Rossiyaning janubida yetishtiriladi Qushqo’nmasning ilmiy nomi – Silybum marianum deb ataladi.

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling