Djamolova muhlinso muhammadrasul qizining


Xulosa va ishlab chiqarishga tavsiyalar


Download 0.84 Mb.
bet6/36
Sana14.10.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1702989
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
Bog'liq
SO\'NGI VARIANT Muxlinsa opa 03.10

Xulosa va ishlab chiqarishga tavsiyalar ..........................................

68




Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati .................................................

70



SHARTLI BELGILAR VA QISQARTMALAR
ga-gektar.
so‘m/ga-gektariga so‘m hisobida
g-gramm.
g/sm3-santimetr kubda gramm miqdorida.
mg/kg-kilogrammda milligramm miqdorida.
kg-kilogramm.
kg/ga-gektariga kilogramm hisobida
s - sentner.
s/ga-gektarida sentner hisobida.
t/ga-gektarida tonna hisobida.
mm-millimetr.
sm-santimetr.
m-metr.
m2-metr kvadrat.
m3-metr kub.
m/s-sekundiga metr hisobida.
mln.-million.
%-foiz.
oC-selsiy darajasi bo‘yicha havo harorati.
N-azot.
P-fosfor.
K-kaliy.
KIRISH
Magistrlik dissertatsiyasi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi: Dorivor oʻsimliklar odam va hayvonlarni davolash, kasalliklarning oldini olish uchun, shuningdek, oziq-ovqat, atir-upa va kosmetika sanoatida ishlatiladigan oʻsimliklar - giyohlardir. Yer yuzida dorivor oʻsimliklarning 10-12 ming turi borligi aniqlangan. 1000 dan ortiq oʻsimlik turining kimyoviy, farmakologik va kimyoviy xossalari tekshirilgan. Oʻzbekistonda dorivor oʻsimliklarning 700 dan ortiq turi mavjud. Shulardan tabiiy sharoitda oʻsadigan va madaniylashtirilgan 120 ga yaqin oʻsimlik turlaridan ilmiy va xalq tabobatida foydalaniladi. Hozirgi davrda tibbiyotda qoʻllaniladigan dori-darmonlarning qaryib 40-47% oʻsimlik xom ashyolaridan olinadi. Oʻsimliklar murakkab tuzilishiga ega boʻlgan jonli tabiiy kimyoviy laboratoriya boʻlib, oddiy noorganik moddalardan murakkab organik moddalar yoki birikmalarni yaratish qobiliyatiga ega. Dorivor oʻsimliklarning quritilgan oʻti, kurtagi, ildizi, ildizpoyasi, tuganagi, piyozi, poʻstlogʻi, bargi, guli, gʻunchasi, mevasi (urʻugi), danagi, sharbati, qiyomi, toshchoyi, efir moyi va boshqalardan doridarmon tarzida foydalaniladi.
Dorivor oʻsimliklarni 2 xil tasniflash qabul qilingan: 1) taʼsir qiluvchi moddalarning tarkibiga qarab -alkaloidli, glikozidli, efir moyli, vitaminli va boshqalar, 2) farmakologik koʻrsatkichlariga qarab -tinchlantiruvchi, ogʻriq qoldiruvchi, uxlatuvchi, yurak-tomir tizimiga taʼsir qiluvchi, marka-ziy nerv sistemasini qoʻzgʻatuvchi, qon bosimini pasaytiruvchi va boshqalar. Dorivor oʻsimliklarning taʼsir etuvchi moddalari alkaloidlar, turli glikozidlar (antraglikozidlar, yurakka taʼsir etuvchi glikozidlar, saponinlar va boshqalar), flavonoidlar, kumarinlar, oshlovchi va shilliq moddalar, efir moylari, vitaminlar, boʻyoq moddalar, fermentlar, fitonsidlar, kraxmal, oqsillar, polisaharidlar, azotli moddalar, moy hamda moy kislotalari va boshqa birikmalar boʻlishi mumkin.
Shifobaxsh giyohlardan dori-darmon sifatida foydalanish juda qadimiy odat bo‘lib, uning tarixi insonning shakllanish davridan boshlanadi. Inson yashash va hayot kechirishi uchun yon-atrofdagi turli-tuman o‘simliklarning maysalari, novdalari, barglari, mevalari, urug‘lari, piyozlari, tuganaklari, ildizlari oziq-ovqat o‘rnida foydalanilgan va ulardan har-xil maqsadlarda bahramand bo‘lganlar. Shu tariqa, asta-sekin o‘simliklarning dori-darmonlik xususiyati to‘g‘risida ma’lumotlarni to‘plaganlar. Ayniqsa, qadimiy Yunoniston, Xitoy, Arabiston, O‘rta Osiyo hamda G‘arbiy Yevropa mamlakatlari xalqlari shifobaxsh o‘simliklardan dori-darmon o‘rnida foydalanishgan.
Prezidentimiz tomonidan chiqarilgan 2022-yil 20-may kuni “Dorivor o‘simliklar xomashyo bazasidan samarali foydalanish, qayta ishlashni qo‘llab-quvvatlash orqali qo‘shimcha qiymat zanjirini yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Farmon va “Dorivor o‘simliklarni madaniy holda yetishtirish va qayta ishlash hamda davolashda ulardan keng foydalanishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Qaror ijrosini taminlash maqsadida Respublikaning bir nechta hududlarida tabiiy holda o‘suvchi dorivor va oziq-ovqatbop, texnik o‘simliklarning zaxiralaridan oqilona foydalanish, ularning areallarini va tabiiy zaxiralarini o‘rganish, o‘simlik dunyosi ob’ektlari biologiyasi va anatomiyasini o‘rganishda, yovvoyi holda o‘suvchi dorivor o‘simliklar nav-namunalarini yig‘ish va ulardan dorivor moddalari eng ko‘p to‘planadigan navlarini ko‘paytirish, ishlab chiqarishga joriy etish muxim masalalardan hisoblanadi.
Qushqo’nmas (Silybum marianum.L) o‘simligi dunyoning istalgan qismida ayniqsa O’rta Osiyoning adir va tog‘larida yo’l yoqalarida uchraydi, farmasevtik ehtiyojlar uchun kichik plantatsiyalarida o’stiriladi.Uning urug‘larida shifobaxsh silimarin moddasi va moylari borligi sababli tabobatda keng ishlatiladi.
Qushqo’nmas ko‘plab shifobaxsh xususiyatlarga ega. Uning tarkibida organizmning zararli ta’sirlariga qarshi kurashish, sog‘liqni mustahkamlash kabi hususiyatlari mavjud. Bunday keng qamrovli ta’siri uchun, qushqo’nmas ko‘p kasalliklarni proflaktikasi va davolanishida qo‘llaniladi.Qushqo’nmas jigar,oshqozon ichak, o‘t qopi va me’da kasalliklarida yordam beradi.
Qushqo’nmasdan bugungi kunda farmasevtika va kosmetikada dori preparatlari va foydali fitochoylar ishlab chiqarishda keng qo‘llaniladi.
Aynan shu yo’nalishda Farg’ona viloyati Uchko’prik tumanida joylashgan “MEHRIGIYO” hususiy korhonasi tomonidan ishlab chiqarilayotgan va keng ko’lamda ekib yetishtirilyotgan qushqo’nmas,pol-pola,razmarin,dorivor valeriana kabi bir qancha dorivor o’simliklar dorivor preparatlar ko’rinishida xalqimizga yetkazib berilmoqda.
Respublikada so‘nggi yillarda dorivor o‘simliklarni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, dorivor o‘simliklar yetishtiriladigan ixtisoslashgan xo‘jaliklar va plantatsiyalarni tashkil etish hamda qayta ishlash borasida izchil islohotlar amalga oshirilmoqda. Oxirgi yillarda dorivor o‘simliklarni yetishtirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yovvoyi holda o‘suvchi dorivor o‘simliklarni muhofaza qilish, madaniy holda yetishtirish, qayta ishlash va mavjud resurslardan oqilona foydalanish chora tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 10-apreldagi PQ-4670 qarori, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash, ularning urug‘chiligini yo‘lga qo‘yishni rivojlantirish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar ko‘lamini kengaytirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 26-noyabrdagi PQ-4901 qarori qabul qilindi.
Qarorlarga asosan, tabiiy holda o‘suvchi dorivor o‘simliklar zaxiralarini kengaytirish, mahalliy va xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, farmasevtika sanoati korxonalarning dorivor o‘simliklar xomashyosiga bo‘lgan talabini faqatgina dorivor o‘simliklar o‘stirish orqaligina qondirish mumkinligi aytilgan. Shuni ta’kidlash lozimki, qushqo’nmasning shifobaxsh xususiyatlari qadimdan ma’lum bo‘lib, Sharq tabobatida undan keng foydalanilgan.
Bundan tashqari, qushqo’nmas urug‘i tarkibida shifobaxsh moylar, alkaloidlar,vitaminlar, ko‘p miqdorda silimarin moddasi,fermenti va boshqa moddalar bor. Xalq tabobatida virusli gepatit kasalligini davolashda,o’t safro haydovchi vosita sifatida, siydik va yel haydovchi, xayzni tartibga soluvchi vosita sifatida, shishlarni davolashda qo‘llaniladi. Urug‘idan va yashil massasini quritilganidan fitochoy,dori vositalaridan karsil, apkasul va bir qancha jigar uchun muhim dori preparatlari ishlab chiqariladi. Bu preparatlar pankreatitda, holesistit va gepatit kasalliklarida keng qo’llanadi.
Mamlakatimiz iqtisodini ko`tarishda va xalqimizning salomatligini sifatli nazorat qilib, ishonchli va yetarli dori mahsulotlari bilan ta`minlash uchun biz qushqo’nmasdan sifatli va o`z joyida foydalanishimiz zarur. Dorivor ekinlar maydonlarini tashkillashtirish, ularning ichida qushqo’nmasning yetishtirish texnologiyasini o`rganish va hayotga tadbiq etish bo`yicha ilmiy ishlar dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Demak dorivor o’simliklarni yetishtirishda takomillashgan yangi agrotexnologiyalarni ishlab chiqarish va amaliyotga joriy etish, yuqori dorivorlik xususiyatiga ega, sifatli mahsulot yetishtirishga erishish, bugungi kunda Respublikamizdagi eng dolzarb masalalaridan biridir. Mazkur muammolarni hal etish maqsadida 2021-2023 yillarga mo’ljallangan Andijon viloyating Marxamat tumani Andijon tajriba ko’rgazma maydoni o’tloqi bo’z tuproqlari sharoitida “Qushqo’nmas (Silybum marianum.L) o’simligining yetishtirish texnalogiyasi va dorivorlik xususiyatlari’’mavzusida ilmiy tadqiqot ishlari olib boriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 10.04.2020 yildagi “Yovvoyi holda o‘suvchi dorivor o‘simliklarni muhofaza qilish, madaniy holda yetishtirish, qayta ishlash va mavjud resurslardan oqilona foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4670, Respublika hududlarida dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlashga doir ilmiy tadqiqotlarning yagona bazasini yaratish, xorijiy davlatlarning ilg‘or ilmiy ishlanmalarini o‘rganib borish, yetakchi ilmiy muassasalar bilan hamkorlik o‘rnatish hamda zamonaviy texnologiyalar, ilmiy ishlanmalarni respublikaga joriy etish va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanishni kuchaytirish maqsadida qabul qilingan 26.11.2020 yildagi “Dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash, ularning urug‘chiligini yo‘lga qo‘yishni rivojlantirish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar ko‘lamini kengaytirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ 4901-son Qarorlarida belgilab berilgan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida, mahalliy va chet el florasiga mansub introdusentlarni mahalliy sharoitga moslashtirish orqali, ularning keng ko’lamli plantatsiyalarini tashkil etish zarurati tug‘ildi. Bu o‘z navbatida, respublika farmasevtika sanoatining chetdan xomashyoni sotib olish (import) muammosini hal etish bilan birga, zarur bo‘lganda, xomashyoni chetga sotish (eksport) imkoniyatini yaratadi. Joriy yil Davlat bojxona qo‘mitasidan olingan ma’lumotlarga asosan, O‘zbekiston Respublikasiga bir yilda qushqo’nmas (Silybum marianum.L) va oddiy zig‘ir (Linum usitatissimum), zira (Elwendia persica) 900 tonnadan ortiq mahsulot import bo‘lib kirib kelishi va respublikamizdan 1 mln. AQSh dollaridan ortiq valyuta mablag‘i chiqib ketishi aniqlandi. Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, farmon va qarorlar ijrosini ta’minlash doirasida “Qushqo’nmas (Silybum marianum.L)o’simligini yetishtirish texnalogiyasi va dorivorlik hususiyatlarini o’rganish’’ mavzusidagi ilmiy izlanishlarimiz bilan o‘z xissamizni qo‘shishni maqsad qilib oldik.

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling