Djumanazarova mavluda abdunazarova


Download 0.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/31
Sana05.01.2022
Hajmi0.73 Mb.
#222822
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   31
Bog'liq
pedagogika fanlarini oqitishda qomusiy olimlar ilmiy merosidan foydalanish yollari

1  mashk:  Kichik  jamoalarda  “Gurux  portreti”  uslubi  yordamida  namunali 

murabbiyga ta’rif berish.  



 

“Guruh portreti” : Ishlashdagi izchillik shunday: 

1. 


 Ekranda xazil shaklda chizilgan portret namoish etiladi. Bu - 

ramziy murabbiyning portreti. 

2. 

 Tinglovchilarga  quyidagi  savol  bilan  murojaat  etiladi: 



“Namunali bo’lish uchun murabbiy tanasidagi har bir a’zo muayyan vazifalarni 

bajarishga qaratilgan. Vazifalarni aniqlang.”  

3. 

 Xar  bir  jamoaga  ekrandagi  portret  nusxasi  beriladi.  Xar  bir 



jamoa fikrlab, ushbu portretga chizmalar yordamida ta’rif beradi. 


 

48 


4. 

 “Guruh  portreti”  ishning  natijasi  xisoblanadi.  U  bilan 

keyinchalik  ishlash,  ya’ni  tahlil  etish,  aniq  qadamlarni  takomillashtirish, 

yaxshilash va boshqa maqsadlarda qayta ishloab chiqish mumkin. 

 

 

  



Ushbu uslubdan “Murabbiylik soat”lari quyidagi mavzularga bag’ishlanganda 

foydalanish mumkin: “Namunali o’quvchi”, “A’lochi portreti”, “Muammoli 

talaba”, “Namunali (kasb egasi)” va xokazo. 

Avvalam bor, o’zimiz –  murabbiylar ham notiqlik jihatidan yorqin namuna 

bo’lishimiz  darkor.  Notiqlik  mahorati  –  muvaffaqiyat  muhim  omillaridan  ekan, 

yoshlarimizda tarbiyaviy soatlarda erkin, tezkor fikrlashga imkon yaratuvchi zarur 

sharoitlar yaratishimiz, turli mashqlar tashkil etishimiz lozim.   

Notiqlik mahorati – ishontirish usullarini o’rgatuvchi fan. Notiqlik mahorati 

– namunali murabbiy muvaffaqiyati uchun muhim omil.  

«Aqliy  xujum»  yordamida  yaxshi  notiq  qanday  xususiyatlarga  ega  bo’lishi 

kerakligini aniklaymiz 

Notiqlik mahoratini oshirishga qaratilgan mashqlar: 

«Reklama  qilish»  (o’zini  o’zi,  do’stini,  guruhini,  biror  bir  buyumni), 

«Hamma  shanbalikka»,  «Tabriklayman,  kutlayman»  kabi  mavzularda  qisqa  nutq 

tuzish.  Bundan  tashqari  tezkorlikni,  xozirjavoblikni  oshiruvchi  «Blits-o’yin», 

«Xikoya tuzish», «Ta’rif berish» (masalan buyumga, rangga, xarakatga, insonga) 

kabi mashqlar. 

Videotrening  yordamida  tinglovchilar  o’zlarini  notiq  sifatida  baholaydilar. 

Baholashga ko’mak  beruvchi savollar: 

a.  O’zimizni 

notiq 

sifatida 



chetdan 

kuzatib, 

qanday 

ijobiy 


tomonlarimizni  ko’rdik  (ihtiyoriy  ravishda  har  bir  tinglovchi 

o’ziga baho beradi); 

b.  O’zimizni 

notiq 


sifatida 

chetdan 


kuzatib, 

qanday 


salbiy 

tomonlarimizni  ko’rdik  (ixtiyoriy  ravishda  har  bir  tinglovchi 

o’ziga baho beradi); 

c.  Qaysi  bir  tinglovchini  eng  zo’r  notiq  deb  hisoblaysiz?  (O’zini 

maqtashi ham mumkin). 



 

49 


Xulosa.  Nutqqa  tayyorgarlik  –  psixologik  jihatdan  sovg’a  tanlashga 

o’xshaydi. Sovg’a in’om etuvchilar uch toifaga bo’linadi: 

7.  O’ziga keraksiz narsani birovga sovga qilib yuboruvchi (madaniyatsiz); 

8.  O’ziga  ravo  ko’rgan  narsani  birovga  in’om  etuvchi  (sovg’a  taqdim 

qiluvchi sovg’a oluvchini o’zidek ko’radi); 

9.  O’ziga ravo ko’rgan narsadan ham a’lo narsani in’om etuvchi 

Nutq  shahsan  notiqning  o’ziga  yoqmasa,  tinlovchilarga  in’om  etmasligi 

lozim.  Nutq  ham  sovg’a  kabi  tinglovchilar  uchun  yoqimli  va  kerakli  bo’lishi 

darkor. SHundagina nutq samarali bo’ladi.  

 

Hozirgi  kunda  eng  muhim,  eng  dolzarb  vazifamiz  -  jamiyatimiz  a’zolarini, 



avvalambor  voyaga  yetib  kelayetgan  yosh  avlodni  kamol  toptirish,  ya’ni  ularni 

komil inson qilib tarbiyalash. 

“Aqliy  xujum”  uslubi  orqali  komillik  nima,  komil  inson  deganda  qanday 

insonni ko’z oldimizga keltiramiz degan fikrlarni tinglovchilardan jamlab olamiz. 

Har  bir  xalqning  o’zi  intiladigan  komillik  timsollari  bo’ladi.  Ular 

ajdodlarimizning  o’z  farzandlarini  mard,  sog’lom,  qo’rqmas  va  mukammal  qilib 

tarbiyalash yo’lidagi orzularini ifodalaydi.  

Vazifa:  Tinglovchilarning  komillik  timsollarini  aniqlash.  Ushbu  mashq  

individual  tarzda  bajariladi.  Tinglovchilar  komil  inson  haqidagi  orzulari  qanday 

kishilar  siymosida  o’z  ifodasini  topganligini  aniqlashadi  va  daftarlariga 

belgilashadi. Sung, jamoadoshlari bilan fikr almashishadi. 

Maktab/OTM  kishining  ma’naviy  shaxs  sifatida  shakllanishida  poydevor 

rolini  o’ynaydi.  Bola  bu  yerda  nafaqat  bilim  oladi,  balki  uning  dunyoqarashi 

kengayadi. Uning aql-idrokli, teran fikr yurituvchi komil inson bo’lib yetishida bu 

muqaddas dargohning ahamiyati katta. O’quvchi/ sizdan ko’p narsani kutib qoladi. 

Siz unga yordam berasiz, uni yo’naltirasiz, to’g’ri yo’l ko’rsatasiz. SHuning uchun 

o’zingiz ham komillikka intilishingiz lozim. 

Buni  siz  “Mukammallikka  intilish  tizimi  sizda  mavjudmi?”  so’rovnomasi  orqali 

bilishingiz mumkin. Bu so’rovnoma 15 ta’kiddan tarkib topgan.  




Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling