Nazorat – ayniqsa quyi kurslarda talabalarning davomati va o’zlashtirishi,
guruh yetakchisining o’z funksiyalarini bajarishi, uning saylanishi va qaytadan
saylanishini nazorat qilishni ko’zda tutadi.
Murabbiyning ijodkorligi – uning individual ehtiyojlari va qobiliyatlariga
muvofiq tarzda o’z faoliyatini kengaytirishini nazarda tutadi.
Tarbiyaviy ishlarni tashkil etish jarayonida muvavaffaqiyat ko’p jihatdan
tarbiyachining shaxsiyatiga bog’liqdir. SHuning uchun murabbiy shaxsining
shakllanishiga va rivojiga, murabbiyning o’z imkoniyatlariga ishonchini yanada
ortishiga qaratilgan mashqlardan foydalanish maqsadga. Ijodkorlik bor joyda
yangilanish bor, shuning uchun bir qator mashqlar murabbiylarning «yashiringan»
imkoniyatlarini ochishga qaratilgan bo’lib, ularning imkoniyatlarini cheksizligidan
dalolat beradi («Men – ijodkor shaxs», «Jamoa taqdimoti», «Vaqt top»,
«Hamkorlik va raqobat» va x.).
42
Prezidentimiz I.A.Karimov o’z nutqlarida yoshlarga katta ishonch bildirib,
O’zbekiston kelajagi yoshlar qo’lida ekanligini ta’kidlar ekan, avvalo yoshlarni
shunday ishonchga javob bera oladigan insonlar qilib yetishtirish o’qituvchi va
tarbiyachilarning fidokorona mehnati bilan bog’liqligini nazarda tutadi.
Jamiyatimiz talab etayotgan har tomonlama yetuk, komil insonni
tarbiyalashda o’qituvchining o’rni beqiyosdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |