Djumanazarova mavluda abdunazarova
Download 0.73 Mb. Pdf ko'rish
|
pedagogika fanlarini oqitishda qomusiy olimlar ilmiy merosidan foydalanish yollari
Voiz Koshifiy insonni bilim orqali tarbiyalash, uning aqli qobiliyatini
o’stirish mumkin deb bilimni insonni shakllantirish mezoni sifatida qaraydi. SHuning uchun ham bolaga ta’lim – tarbiya beradigan muallimning o’zi ham bilimli, dono, ahloqi yuksak bo’lishini targ’ib qiladi. Shuningdek, har bir muallim ta’lim – tarbiya yo’llari, uslubini yaxshi bilishi zarur, deya, ayniqsa muallim – murabbiyning muloyim, xushfe’l bo’lishi zarurligini ta’kidlaydi.
Voiz Koshifiyning ahloqiy qarashlari ham o’z salaflari kabi Qur’on va Hadislardagi ahloq qoidalari bilan bog’liqdir. U ilgari surgan ahloqiy tushunchalar yaxshilik va yomonlik, adolat, burch, vijdon, or – nomus, baxt – saodat kabilarni ta’riflab, har birini insonda shakllantirish yo’llari va usullarini ham bayon etadi, ularning tarkibiy qismlarigacha ajratib, ijtimoiy talab darajasida tushuntiradi hamda asosiy mezonlarini ham ko’rsatib beradi. U ahloqning asosiy mezonlari deb insoniylik, adolatlilik, sof insoniy munosabatlarni biladi. Bularga teskari bo’lgan hatti – harakatlar: yolg’onchilik, chaqimchilik, g’araz, hasad, baxillik, pastkashlikni qoralab, ulardan qutulish yo’llarini bayon etadi.
Asarda keltirilishicha, Futuvvatning tarkibi 71 ta bo’lib, uning 48 tasi vujudiy, 23 tasi azaliydir. Bu shartlarning barchasining asosiy maqsad va yo’nalishi insonni komil inson ruhida tarbiyalash inson qalbida iymon – e’tiqod, vatanparvarlik tuyg’ularini shakllantirishga qaratilgan.
Darhaqiqat, Vatandan tashqarida haqiqiy baxt yo’q. O’zbek xalqi azaldan o’z Vataniga - O’zbekistoniga, Turkistoniga, Turoniga ega bo’lgan, hech qachon bevatan bo’lgan emas. Mamlakatimizga, qurayotgan jamiyatimizga muxoliflik va g’arazgo’ylikni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan kuchlar mavjud va ular, eng avvalo, hali hayot tajribasi yetarli bo’lmagan yoshlarning ongini zaharlab, vaqtinchalik qiyinchiliklarni ro’kach qilib, shohona hayot va’dalari bilan yo’ldan ozdirishga harakat qiladilar. Yangi iqtisodiy munosabatlarga o’tish sharoitida o’tish davri qiyinchiliklari va u bilan bog’liq muammolarni hal qilish jarayonida, eskicha sharoitlarga
26
o’rgangan yoshlar tashkilotlarining tarqalib ketishi, yangi tashkil etilgan tashkilotlarning esa yaxshi ishlamaganligi va shu qiyinchiliklarni yengish uchun harakatda bo’lgan ota- onalar va maktab tomonidan nazoratning tabiiy susayishi oqibatida bo’shliq paydo bo’ldi. Bu bo’shliqni yaxshi anglab yetgan qo’poruvchi guruhlar esa, undan ununmli foydalanishga harakat qildilar. “ 16 fevraldagi fojiali voqealarning ishtirokchilari asosan
yoshlar ekanligi bizni, ayniqsa, tashvishlantiradi. Bizning beg’am, loqaydligimiz, ishimizdagi kamchiliklar oqibatida ular jinoiy guruhlar, ekstremistlar ta’siriga, diniy mutaasiblar ta’siriga tushib qolgan. Bu, avvalo, siyosiy ijtimoiy sohadagi muayyan nuqsonlar, eng muhimi yoshlar tashkilotlari va mahalla kengashlari ishidagi katta kamchiliklarni ko’rsatadi. Men bu masalada davlat hokimiyati va jamoat tashkilotlari barcha bo’g’inlari rahbarlarining aybi borligini ta’kidlashga majburman “- degan edi bu xususda Prezidentimiz 1 .
cho’qqisiga ega va bu uning mafkurasida aks etadi. Bugungi sharoitda o’smir va yoshlar tarbiyasini qanday yo’lga qo’yish kerak? Bizning fikrimizcha, avvalambor ularda vatanni sevish, milliy qadriyatlarimizga, Vatanimizning boy va buyuk tarixiga cheksiz hurmat va bu bilan faxrlanish, xalqimizga xos bo’lgan oilani muqaddas deb bilish, o’zidan kattalarga nisbattan hurmat, kichkinalarga mehr va e’tibor tuyg’ularini kamol toptirish muhimdir. Milliy vatanparvarlik tarbiyasi milliy mafkuraning ajralmas bir bo’lagi bo’lib, yoshlarni ana shu ruhda tarbiyalash masalasi juda muhimdir. Buyuk kelajakni yaratish vazifasini o’z zimmasiga oladigan yoshlarimizning yuksak insoniy hamda axloqiy fazilatlarga, huquqiy va kasbiy bilimlarga ega bo’lishlari, ayni paytda aqlan, ma’nan va jismonan sog’lom, o’z xalqiga, Vatanga muhabbat ruhida tarbiya topgan bo’lishlari talab etiladi. “Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar” risolasida milliy istiqlol mafkurasining vazifalaridan biri sifatida – “... vatandoshlarimiz tafakkurida o’zlikni anglash, tarixiy xotiraga
27
sadoqat, muqaddas qadriyatlarimizni asrab avaylash, vatanparvarlik tuyg’ularini kamol toptirish” masalasi qo’yilgan 2 .
qadriyatlardan biridir. CHunki, o’z oilasi, qarindosh-urug’i va yaqinlariga mehr - oqibat, ularning taqdiri va muammolari uchun qayg’urish, bir birilarining boshiga kelgan kulfat, tashvish va falokatlarni birgalikda yengish azal- azaldan xalqimizning eng yuksak fazilatlaridan bo’lib kelgan. “Bir mayizni qirq kishining bo’lib yeyishi” faqat bizning xalqimizga xos va faqat uning asl tabiatini belgilaydi. Umumxalq, umummilliy vatanparvarlikning alohida turi va ajralmas bo’lagi, bu - harbiy vatanparvarlikdir. U O’zbekistonning milliy va davlat mustaqilligiga erishganligi sharoitida yana ham muhimroq ahamiyat kasb etadi. Sohibqiron Amir Temurning o’zi to’g’risida yozib qoldirgan asarida shunday satrlarni uchratamiz: “ Mening hukmronligim davrida mamlakatda ososyishtalik hukm surdi va shuning uchun ham mening xalqim o’z mustaqilligini qurol kuchi ila himoya etmoqqa shaydir”. SHu to’g’rida yana “ Tuzuklari”da shunday deydi: “ Mag’lub bo’lgan mamlakat qo’shini mening qo’shinim tarkibiga kirdi, men esa bu bilan xalqning muhabbatini qozonishga harakat qildim”. Ko’ramizki eski zamonlardayoq xalq va armiya tushunchasi bir- biridan ajralmagan. Harbiy vatanparvarlik - vatanparvarlik tarbiyasining eng oliy ko’rinishidir. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 52 moddasida “ O’zbekiston Respublikasini himoya qilish O’zbekiston Respublikasi har bir fuqarosining muqaddas burchidir. Fuqarolar qonunda belgilangan tartibda harbiy yoki muqobil xizmatni o’tashga majburdirlar”- deb belgilab qo’yilgan 3 . Milliy istiqlol mafkurasi, uning ajralmas tarkibiy qismi bo’lgan vatanparvarlik tushunchasi kishilar ongiga zo’rlab tiqishtiririladigan g’oya emas. Uning zamirida milliy xususiyatlarimiz va umumbashariy qadriyatlarimiz, buyuk tariximiz yotibdi. Demakki, bu qarashlar bizning qon- qonimizda, faqat uni yuzaga chiqarish kerak, xolos. Bu g’oyalarni yoshlarimiz, xalqimiz ongiga yetkazishda ta’lim va tarbiya, ilm- fan, madaniy- ma’rifiy, adadbiyot va san’at, diniy, jismoniy 28
tarbiya muassasalari, qolaversa, mahallalar ahllari, har bir oilaning shu mafkura tevaragidagi jipsligi va faolligi talab etiladi.
Amir Temurning nihoyatda ko’p qirrali hayot faoliyatining juda ko’p sahifalari haligacha to’la yoritilmagan. Ayniqsa, uning islohotchilik faoliyati,sotsial-madaniy sohadagi samarali ishlari kam o’rganilgan. Ko’plab dalillarga asoslanib aytish mumkinki, Buyuk Sohibqiron o’zining sotsial siyosatida va etnomadaniyat sohasida inson, jamiyat va tabiatga cheksiz g’amxo’rlik namoyon qilgan. Uning barcha ishlari jiddiy va izchil insonparvarlik ruhi bilan sug’orilgan.
O’rta Osiyo xalqlari va bo’ysundirilgan mamlakatlar aholisining xo’jalik- madaniy va sotsial-iqtisodiy xususiyatlari va o’ziga xos axloqiy tamoyillari katta imperiyani boshqarishda nafaqat zo’r mahorat va gumanistik faoliyat talab qilibgina qolmay, teran va keng bilimdon, yuksak madaniyatli va odil arbob bo’lishni taqozo etgan.
Amir Temurga zo’r obro’ keltirgan katta sotsial siyosat, barcha raiyat ahvolidan xabardor bo’libgina qolmay, “ulug’lariga og’a qatorida, kichiklarini farzand o’rniga ko’rib” munosabat qilganligi, “adolat va insof bilan Tangrining yaratgan bandalarini” o’zidan rozi qilganligidadir.
Bunday nihoyatda zo’r insonparvarlikka asoslangan ichki va tashqi siyosat Sohibqironga jahon miqyosida yuksak obru keltirgan va hind daryosi sohillaridan Volga bo’ylarigacha, muhul dashtlaridan Bolqon va O’rta yer dengizi subtropik tuprog’igacha Buyuk qudratli imperiyani bunyod etishida eng muhim omil bo’lib xizmat qilgan edi. Bu buyuk saltanatning shukuxi shundaki, Sohibqiron o’z siyosatini donolik bilan amalga oshirish maqsadida asl zotli, shijoatli va aql farosatli er yigitlarni atrofiga birlashtirgan. Ularning birlik ittifoqlari go’yo bir tandek, barchalarining maqsadlari, so’zlari va ishlari bitta bo’lgan. Amir Temur qaysi mamlakatni zabt etmoqchi bo’lsa to’g’ri tadbir va kengash bilan xatoga yo’l qo’ymaslik uchun har qadamni ko’p o’ylab, sergaklik va ehtiyotkorlik bilan ish tutgan.
29
Xalq g’amida hukumronlik qilgan Amir Temur “Kimki biron sahroni obod qilsayu, biron bog’ ko’kartirsa, yohud biron xarob bo’lib yotgan yerni obod qilsa, birinchi yili undan hech narsa olmasinlar, ikkinchi yili raiyat o’z roziligi bilan berganini olsinlar, uchinchi yili esa oliq-soliq qonun-qoidasiga muvofiq xiroj yig’ilsin” deb hukm chiqargan. SHunisi muhimki,uning buyrug’i bilan har yer va elning amaldorlari oddiy fuqaroga jabr-zulm qilsa va shu orqali bechoralarga zarar yetkazgan bo’lsa, bunday vaqtlarda yetkazilgan zararni amaldordan undirib, jabr ko’rganlarga berish shart hisoblangan.
Buyuk Sohibqironga g’oyaviy bayroq va tayanch bo’lib islom dini xizmat qilgan. Tarixiy manbalarga binoan, Amir Temur islom asoslarini chuqur bilgan, Qur’oni Karimni yod olgan. U nafaqat o’z askarlarini, barcha fuqarolarni musulmonchilik ruhida tarbiyalashga, ularni slom g’oyalari asosida biriktirishga, o’zining sotsial-iqtisodiy siyosatida dindan ahloqiy-siyosiy omil sifatida oqilona foydalanishga harakat qilgan. “Temur tuzuklari”da diniy va sotsial ong shakli davlat ishlarida va ijtimoiy hayotda muhim ahamiyatga ega ekanligi, jamiyatni mustahkamlashda va elatni jipslashtirishda zarur vositaligi bir necha bor ta’kidlab o’tilgan. Sohibqiron musulmon dini peshvolariga, ulamolarga sufiy shayxlarga nihoyatda hurmat bilan qaragan va ularni hat tomonlama qo’llab-quvvatlagan. SHunday bo’lsa-da, uning fikricha, dunyodagi hamma narsani biluvchi va hal qiluvchi dastavval Olloh, qolaversa, insonning samarali tarbiyalanishi, aqliyu amaliyotni o’zlashtirib, o’zini-o’zi boshqarishi deb hisoblagan. Amir Temur dunyoqarashida inson tarbiyasi odob-ahloqi, uni adolatni sevishga, vatanparvarlik va insonparvarlikka o’rganish muhim o’rin egallaydi. SHu sababli u yoshlarga bilim berish, ularning aqliy faoliyatini takomillashtirish maqsadida har bir shaharda masjidu madrasalar qurish, ulamoyu domlalarni moddiy rag’batlantirish siyosatini amalga oshirgan.
Amir Temur barcha o’lkalarda qonunchilikka to’la rioya qilishni qat’iy talab qilgan. Uning maxsus buyrug’i bilan bilagida kuchi bor miskinlar o’z ahvoli va kasbu-koriga qarab ish tutmog’i lozimligini, sarmoyasi qo’lidan ketib qolgan savdogarga o’z sarmoyasini qaytadan tiklab olish uchun xazinadan yetarli daraja
30
oltin berilishini, dehqonlar va raiyatdan qaysi birining dehqonchilik qilishga qurbi yetmay qolgan bo’lsa, unga ekin-tikin uchun zarur urug’ va asbob tayyorlab berilishini, fuqarodan birining uy imorati buzilib, tuzatishga qurbi yetmasa, kerakli uskunalarni yetkazib berib, unga yordam ko’rsatish eng yukssak insonparvarlikdan dalolat emasmi? Mamlakatning obodonligi ham barcha toifadagi fuqarolarning ish va maosh bilan ta’minlash, ularning sotsial himoyasi va shart-sharoiti bilan belgilanadi. Sohibqiron o’z davrida shunday farmon chiqargan edi: “YAna buyurdimki, - deyiladi shu farmonda, har bir mamlakat fatx etilgay, u yerlarning gadolarini to’plab kundalik yemish-ichmishlarini berib, ularga biron vazifa belgilasinlar. Hamda barchasi tamg’alansinlar, toki boshqa gadolik qilmasinlar. Agar tamg’adan keyin ham gadolik qilgudek bo’lsalar, ularni uzoq mamlakatlarga yuborsinlar yoki haydasinlar. SHundagina gado zoti mamlakatimizdan yo’qoladi.
Hozirgi murakkab tarixiy vaziyatda jahon siyosati markazida ekologik muammolar birinchi darajali masalalardan biri bo’lib, insonning atrof muhitning holati uchun ijtimoiy va ma’naviy javobgarligi muammosi ilgari surilmoqda. Bugun tabiat va jamiyat oldida har bir inson nafaqat javobgar, balki uni ehtiyot bilan muhofaza qilish hayot-mamot masalasiga aylangan. Amir Temur ichki va tashqi siyosatida etnoekologiya masalasi muayyan o’rin olgan bo’lib, bu tarixiy tajriba inobatga olinsa foydadan xoli bo’lmas edi. Endilikda nafaqat tabiatga, madaniy obidalarga ham ehtiyotkorona munosabatda bo’lish, ularga vaxshiylarcha munosabatni yo’qotish va bu ishda izchil nazorat o’rnatish zaruriyati yaqqol namoyon bo’lmoqda. SHuni mamnuniyat bilan qayd qilish lozimki, Amr Temur va temuriylar hukmronligi davrida shakllangan o’ziga xos etnomadaniy va etnosotsial an’analar ma’lum darajda hozirgacha saqlanib kelgan. Ularni chuqur o’rganib, avaylab, saqlab davr talabiga moslashtirib takomillashtirish va yosh avlod ongi va shuuriga singdirish barcha ijtimoiy fan olimlarining, o’qituvchilarining eng dolzarb va amaliy jihatdan muhim vazifalardan biridir.
Download 0.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling