Djumanazarova mavluda abdunazarova
Download 0.73 Mb. Pdf ko'rish
|
pedagogika fanlarini oqitishda qomusiy olimlar ilmiy merosidan foydalanish yollari
1
«БАРКАМОЛ АВЛОД ЙИЛИ» давлат дастури ижроси бўйича тармоқ дастури, Вазирлик Ҳайъатининг 2010 йил 9 февралдаги мажлиси 2/2-сонли қарори. Т – 2010
2 Karimov I.A. O`zbekiston ma’naviy islohotlar yo`lida. -Тoshkent: O`zbekiston, 1998.-B.43. 17
Har bir mamlakatdagi mavjud vijdon erkinligi fuqarolarning, xususan yoshlarning ruhiy va ma’naviy olamiga, uning sog’lom va barkamolligiga ma’lum darajada o’z ta’sirini ko’rsatadi. Shuning uchun BMTning nizomidan tartib, barcha halqaro xujjat va shartnomalarda har bir mamlakatning o’ziga xos Konstitutsiya va qonunlarida bu masala o’z aksini topgan.
Jahonning qaysi bir mamlakatini olib qaramaydik, ularning har birida turli dunyo qarash, e’tiqodlarga ega bo’lgan kishilar yashashadi. Jumladan, O’zbekiston yoshlari o’rtasida ham islom, nasroniylik, iudaviylik, buddaviylik diniga e’tiqod qiluvchilar mavjud.
Ularning har biri o’zining ichki dunyosi, e’tiqodiga ega bo’lar ekan, boshqa xil e’tiqodga ega bo’lgan kishi bilan ham barga yashashga, mehnat qilishga ta’lim olishga, xizmat qilishga, qisqasi faoliyat ko’rsatishga to’g’ri keladi. Bu holat ko’ngilsiz qarama-qarshilik, to’qnashuv, naroziliklarga olib kelmasligi zarur.
Vijdon erkinligi dindorlarni majburan dindan qaytarishni ham, dinga ishonmaydiganlarni majburan dindor qilishni ham, mamlakat aholisining, xususan, yoshlarni dindorlarga yoki dahriylarga aylantirishni ham o’z ichiga olmaydi. Ayniqsa, mamlakatdagi barcha dinlar, cherkov va diniy birlashmalar, turli dinlarga e’tiqod qiluvchilarni teng huquqli, hech kim hech qanday imtiyozga ega emas, deb biladi. Biror din boshqasidan ustun qo’yilmaydi.
O’zbekiston 1991 yil mustaqillikka erishganidan keyin yangicha tafakkur, oshkoralik,yangilanish sohasida sodir bo’lgan jarayonlar, tabiiy vijdon erkinligi, davlat va din,dindorlar va dahriylar o’rtasidagi munosabatlarni ham o’z ia’siriga qamrab oldi.
Hozirgi vaqtda bu sohada butunlay boshqacha yangicha qarash odamlarning farovon yashash sharoitiga zamin yaratish, milliy istiqlol g’oyasining bosh maqsadi ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayotni barpo etish nuqtai nazaridan ishlar amalga oshirilmoqda. Ma’lumki, mamlakatimiz ko’p dinli yurtdir. O’zbekistonda shu kecha-kunduzda 17 ta diniy konfessiya uyushmalari faoliyat yuritmoqda. Ularning bu qismi yurtimiz uchun an’anaviy emasdir. Demak,
18
yurtimizda bu sohada bo’ladigan o’zgarishlar, tadbirlar turli din ahllari ehtiyoji uchun javob beradigan diniy bag’rikenglik asosida olib borilishi lozim.
Mamlakatimizda vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risidagi masalaning huquqiy, qonuniy asoslarini maxsus qonun himoya qiladi. 1991 yil 14 iyunda O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida»gi qonunni qabul qilgan edi. Lekin bu qonun mustaqillik yillarida sodir bo’lgan o’zgarishlarga javob beraolmay qoldi. Shundan keyin 1998 yil 1 mayda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Yangi tahrirdagi «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida»gi Yangi qonunni qabul qildi.
Ushbu qonunning huquqiy, qonuniy asoslarini 1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi himoya qiladi. Ushbu Konstitutsiyaning 31-moddasida «Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan diniga e’tiqod qilishi yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy Qarashlarni majburan singdirishga yo’l qo’yilmaydi», deyilgan. Shuni alohida ta’kidlashimiz zarurki, dndor bo’lish yoki bo’lmaslik har bir insonning shaxsiy ishidir.
Mamlakatimiz fuqarolari dinga bo’lgan munosabatlaridan qat’i nazar, O’zbekiston qonunlari oldida teng huquqlidirlar. Ularning huquqlarini cheklab qo’yish yoki imtiyozlar berish oqibat natijada ular o’rtasida nifoq va nafrat o’yg’otish, fuqarolarning tuyg’ularini haqoratlash kabi harakatlar qonun asosida qoralanadi, aybdor shaxslar javobgarlikka tortiladi.
Din, diniy tashkilotlarning davlatdan ajratilganligi shundaki, davlat diniy ishlarga aralashmaydi. O’z o’rnida din va diniy tashkilotlar ham davlat ishlariga aralashmasligi lozim. Ammo diniy tashkilotlar jamoat ishlarida qatnashish huquqiga egadirlar.
O’zbekiston fuqarolari dinga bo’lgan munosabatlari qanday bo’lishidan qat’i nazar, ta’limning mavjud barcha turlarini egallashlari mumkin. Xohlagan kishi diniy ta’lim olishi ham mumkin. Shu maqsada Toshkent shahrida Ismoil Buxoriy nomli islom instituti (ma’hadi), Buxorodagi Mir arab madrasasi, Toshkentdagi islom universitet iva boshqalar ishlab turibdi. 19
Diniy tashkilotlar amaldagi qonun xujjatlari talablariga rioya etishlari shart. Din davlatga va Konstitutsiyaga qarshi targ’ibot olib borishda, dushmanlik, nafrat, millatlararo adovat o’yg’otish; axloqiy negizlarni va fuqaroviy totuvlikni buzishda, buhton, vaziyatni beqarorlashtiruvchi uydirmalarni tarqatishda, aholi o’rtasida vahima chiqarishda hamda davlatga, jamiyat va shaxsga qarshi qaratilgan boshqa hatti-harakatlarda foydalanishga yo’l qo’yilmaydi. Terrorizm narkobiznes va uyushgan jinoyatchilikka ko’maklashadigan, shuningdek boshqa g’arazli maqsadlarni ko’zlovchi diniy tashkilotlar oqimlar, sektalar va boshqalarning faoliyati mann etiladi.
Xullas, O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va vijdon erkinligi haqidagi qonuni dindorlar va dahriylar o’rtasidagi munosabatni, XX asr oxirida shakllangan yangicha tafakkur darajasiga ko’tarilgan, ularning aholligi, bir yurtning farzandlari sifatida Ushbu O’zbekiston deb atalmish yurtning rivojlanishi uchun butun kuch, bilim, tajribalarini hayotga tadbiq etish imkoniyatlarini yaratgan. Tabiiy, bu Buyuk O’zbekistonni barpo etishga xizmat qiladi. Markaziy Osiyo azal-azaldan ilm-fan va ma’naviyat-ma’rifatning qadimiy markazlaridan biri bo’lib, bu o’lka mutafakkirlari jahon ilm-fani, madaniyatini rivojlanishida o’zlarining boy ijodiy meroslari bilan taraqqiyotimizga o’z ta’sirlarini ko’rsatib kelmoqda.
O’zbek xalqi ham juda qadimiy-ma’naviy va iqtisodiy merosga ega. Bu o’lmas tarixiy meros bilan har qancha faxrlanishga haqlimiz.
Markaziy Osiyo xalqlarining ijtimoiy iqtisodiy bilimlarini egallashlarida islom dinining tarqalishi, uning ijtimoiy-iqtisodiy g’oyalari ijobiy ahamiyat kasb etadi. Ma’lumki, islom dinida ham iqtisodiy, ham ma’naviy g’oyalar ilgari surilib, bu g’oyalar musulmonlarning muqaddas kitobi “Qur’oni Karim” da o’z ifodasini topgan. Ollohning kalomi bo’lgan bu muqaddas kitobda savdoning halolligi, mulkning dahlsizligi e’tirof etilgan.
Muqaddas Qur’oni Karimning Yunus surasi beshinchi oyatida shunday jumla bor: “U (Alloh) Quyoshni hamda (vaqtlarning) hisobini bilishlarimiz uchun uni (ya’ni, oyni bir qancha) manzil-burjlarga bo’lib qo’ygan zotdir. Hech shak- 20
shubhasiz, Olloh bu (borliqni) haq (qonun va maqsad) bilan yaratdi”. Demak, borliq zaminu osmon insonlarniki, ular uchun yaratilgan, undan foydalanish va e’zozlash bashariyat zimmasiga yuklatilganligi e’tirof etiladi.
Qur’onu Karimda “Bandalarim yenglar, ichinglar, isrof qilmanglar”, iste’mol me’yoridan (qorni to’ygandan keyin) ortgandan keyin ham iste’mol qilish (ortiqcha yeb ichish) makruhdir, deb farz qilingan.
Bu islomiy g’oya ostida juda katta mazmun bor. Bunda iste’mol me’yori va madaniyatini bilmaslik qoshoqlik va tenglikni olib kelishi mumkinligini ta’kidlagan.
Atoqli mutafakkir, qomusiy bilimlar sohibi bo’lgan Ahmad Donish jamiyatning asosiy bo’g’ini – oila va oilaviy munosabatlar haqida alohida to’xtalib o’tgan. Oilani iqtisodiy jihatdan ta’minlash, amalda iqtisod odobiga rioya etib, oilani boshqarish haqida to’xtalib, SHarqda oilaning yetakchisi erkak deb, unga quyidagi shartlarni qo’yadi:
Birinchi shart: “erkin kishida doimiy daromad bo’lishi kerak”; Ikkinchi shart: “erkak kishida keraklik uy-ro’zg’or asboblari va o’zini yashashi uchun doimiy joyi bo’lishi kerak”;
Uchinchi shart: “har bir erkak o’ziga yarasha, o’ziga mos xotinni tanlashi kerak” (“Navodir – ul vaqoye’”)
Mutafakkirning bu fikrlari bugungi kunda ham katta tarbiyaviy ahamiyatga ega bo’lib, oilaning mustahkamligini ta’minlashda asosiy qarashlardan biridir.
Sharqning yana bir allomasi Yusuf Xos Xojib aytadiki “Xizmat ahli o’z mehnati natijasidan umidvor turadi. Umidini topmagan xodimning ko’ngli sinadi”. “...xizmatiga loyiq taqdir ko’rgan xodimning boshi ko’kka yetadi”. U yana yozadi: “Xodim boyisa, davlat, el boshlig’i boyiydi, el boshlig’ining kuchi (davlatning kuchi) xalq bilan. Shuning uchun... xalq to’q bo’lsin”.
Inson mehnatini to’g’ri taqdirlash masalasi maqsimot munosabatlarining bosh masalasi, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning eng birinchi va ustvor vositasi hisoblanadi. Inson mehnatining to’g’ri va adolatli taqdirlanishini yo’lga qo’yishi aslida iqtisodiyotga juda katta foyda keltiradi.
21
Yusuf Xos Xojibning manfaat (shaxsiy manfaat) masalasiga doir g’oyasi ayniqsa ahamiyatlidir. “Aslida butun qimirlagan jon nafni o’ylab harakatlanadi” deb yozadi. Bu fikr “har qanday harakat zamirida manfaat yotadi” yoki tadbirkorlikning asosiy maqsadi ko’proq daromad olish degan fikrda ham o’z ifodasini topadi. Ulug’ bobokalonimiz Bahovuddin Naqshband bu fikrni “qo’lingiz ishda bo’lsin, qalbingiz ollohda bo’lsin” degan g’oya bilan rivojlantirdi.
Xalqimizning ma’naviy merosida, ulug’ shoirimiz, faxr-iftixorimiz, ma’naviy dahomiz Alisher Navoiyning o’rni beqiyosdir. Alisher Navoiy o’zining butun ongli faoliyatini umuminsoniy maqsadlarga qaratadi. U asarlarida taqsimot munosabatlariga, ularning adolatli tashkil etilishiga e’tibor qaratadi, xizmatga yarasha taqdirlash masalasi doimo diqqat markazida turadi. U yasavul misolida shunday deydi: “ agar u xizmatiga yarasha haq olish hayolida bo’lsa, u ota merosi va ona suti kabi haloldir”. (“Maxbub-ul qulub” T. 1983 y.).
Ma’lumki, Alisher Navoiy yashab ijod qilgan davrda asosiy ishlab chiqaruvchi kuch dehqonlar bo’lgan. Alisher Navoiy, o’z zohosi bilan dehqonlarning moddiy ne’matlar yaratuvchi asosiy kuch ekanligini, jamiyatning iqtisodiy-ijtimoiy taqdiri ularga bog’liqligini ko’ra bildi.U yozadiki, “olamning obodonligi dehqondan, mehnat ahli shodon, ular shodon”. “Dehqon qanday ekin ekishga qilsa harakat – elga ham oziq-ovqat yetkazir ham barakat” ( o’sha asar, 36- bet). Bu bilan Alisher Navoiy oddiy yaratuvchi odamlarni samimiyat, chuqur hurmat va ehtirom bilan sharaflaydi. Buyuk mutafakkirning dehqonlar haqidagi iqtisodiy g’oyalari bugungi kunimizning ham ustuvor yo’nalishlari bo’lib qolmoqda. Prezidentimiz I.A.Karimov “Dehqon to’q bo’lsa, yurt to’q bo’ladi”, degan suzlari buyuk shoirimiz iqtisodiy g’oyalariga hamohangdir. O’zbekiston o’z istiqloliga erishgandan so’ng jamiyat ma’naviy hayotini sog’lomlashtirish va rivojlantirish, inson omiliga katta e’tibor berish mamlakatimiz oldida turgan eng asosiy vazifalardan biri sifatida kun tartibiga qo’yilishi ham mazmunan ko’p asrlik saboqlarga, jamiyat oldida turgan yangi vazifalarni hal etishda oqilona yondoshishning ko’rinishidir.
22
Boy madaniy merosimizni chuqur o’rganish, milliy qadriyatlarimizni yanada rivojlantirish ma’naviy-ma’rifiy ishlarimizda benihoyat katta ahamiyatga ega. YUrtboshimiz Islom Karimov ta’qidlaganlaridek, o’z taraqqiyot va islohot yo’limizdan tezkorlik bilan ilgari siljishga kuchli ruhiy quvvat beradigan milliy madaniyatimiz, sharq falsafasining xayotbaxsh va teran buloqlaridan bahramand bo’lish muhimdir. Sharq falsafiy-diniy tafakkuri tarixida aloxida mavqega ega bo’lgan tasavvuf ta’limotida komil inson g’oyasi markaziy o’rinni egallaydi. Zerokim, tasavvuf ta’limoti o’zining insonparvarlik va axloqiy g’oyalarini yaratishda Qur’on va SHariatdagi g’oyalardan baxra olgan. Qur’oni Karimda ta’qidlaganidek, Olloh taollo yer yuzidagi barcha mavjudotni va undagi hayot kechirishga qulay iqlimni yaratganing xalifasi bo’lguvchi inson uchun yaratgandir. Komil inson g’oyasi azal-azaldan xalqimizning ezgu orzusi, millat ma’naviyatining uzviy bir qismi bo’lib kelgan. Zardushtiylikning muqaddas kitobi “Avesto”da halol mehnat komillikning asosiy mezoni sifatida talqin etilgan. Komil inson g’oyasi islom falsafasidan oziqlanib, yanada kengroq ma’no-mazmun kasb etgan. Ibn Sino, Beruniy, Farobiy, Navoiy kabi mutafakkirlarning komil insonni tarbiyalash haqidagi fikrlari jamiyat taraqqiyotiga yangi ma’naviy imkoniyatlar izlash maqsadlari bilan bog’langan. Tasavvuf Sharq xalqlarining ma’naviy hayoti tarixida munosib iz qoldirgan diniy-falsafiy okimlardan biridir X asrdan ortiq taraqqiyoti davomida tarixiy davrlarning ijtimoiy, madaniy-g’oyaviy va axloqiy talablariga mos xolda turli shakl va yo’nalishlarda rivojlanib keladi. Ma’lumki Mavorounnahr hududida va qadimiy Turkistonda tasavvufning Yassaviylik, Naqshbandiylik kabi tariqatlari shakllangan va rivoj topgan. Aholi zich joylashgan, hunarmandchilik yoki dehqonchilik bilan tirikchilik qilinadigan hududlarda darvishlar xalq xayr-ehsonlari hisobidan yashab turganligi uchun yassaviylikning barcha talabarini, jumladan, qanoat va zuhd bilan cheklanishini bajarishning imkoni bo’lmagan. Natijada YAssaviylik asosan Turon zaminining turkiy kuchmanchi chorvadorlar orasida vujudga kelgan va tarqalgan. Abduxoliq 23
G’ijduvoniy va
Baxouddin Naqshbandlarning kishilarni mehnatga, hunarmandchilik bilan shug’ulanishga da’vat etuvchi ta’limotlari esa ko’proq shaharlar va ular atroflarida tarqaldi. Tasavvuf ta’limoti o`z tarafdorlariga halol rizq, adolat, insof, ma’naviy va jismoniy poklik, sabr va qanoat kabi insoniy fazilatlarni rivojlantirib, yetuk
insoniylik- komil
inson darajasiga yetishishni tarbiyalagan. U el orasida yoyilib, haq va haqiqatga tashna kishilarning yuragini band etganiga sababchi bo`lib xattokim xalq orasida rasmiy islomdan ham makbulrok va yakinrok axamiyat kasb etgan. Ahmad Yassaviy o’z ta’limotida komillikka eltuvchi maqomlarni shunday keltiradi: “Va un maqom tariqatda turur: taslim turur, ya’ni agar balo va mehnat boshiga kelsa o’zini taslimga bajonudil solg’ay. Yana ichmakdin va yemakdin, kiymakdin xalqdin tilamasun va gilam porasini atlasdan ziyoda qursun, kunduzi ro’za, kecha nomozda bo’lsun va tilovati Qur’on birla bo’lsun” Yassaviylik tariqati o’sha davrda xalqni ezayotgan zolimlarning yovuzliklarini fosh etish, jamiyatdagi adolatsizlik, haqsizlikni qoralaydi, to’g’rilik, sofdillik, odillik, insof va diyonat, poklik va ezgulikni himoya qiladi. Hoja Ahmad Yassaviy o’z ta’limotining falsafiy ildizlari to’g’ridan-to’g’ri Qur’on g’oyalariga borib taqalishini, hikmatlari mag’zi Qur’onning mazmunini tashkil etishini, ular Xudoning so’zlaridan kelib chiqib bitilganini alohida ko’rsatib o’tadi: Mani hikmatlarim-farmoni subhon, O’qib olsang, hamma ma’niyi Qur’on. Xudoyim so’zidan chikkay bu hikmat Eshitganga yog’ar boroni rahmat”deb aloxida ta’kidlaydi. Ushbu aqidaga asoslangan Hoja Ahmad Yassaviy tariqat bosqichlarida qanchalik yuksalmasin, komil inson darajasiga erishmasin, o’zini shunchalik hokisor tutardi va bu hislatlar uning butun ta’limotiga ham singdirilgan. Hoja Ahmad Yassaviyning islom diniga sadoqatni, uning insonparvarlik g’oyalarini keng xalq orasida faol targ’ib etilganligi sababli ham “Madinada Muhammad, Turkistonda Hoja Ahmad” degan naql xalq orasida yoyilib, mashhur bo’lib qolgan, ya’ni komil inson timsoli bo’lgan. 24
Tasavvuf va uning Yassaviya tariqatida ham insonning mohiyati ikki asos modda va ruhdan iboratligi bilan izohlanadi. Har qanday kishida shu ikki asosning xususiyatlari jamlangan bo’lib, moddiylik g’alaba qilsa, insonda hayvoniylik va agar ruh tomoni ustun kelsa insonda ilohiylik rivojlanadi, ruh jism quliga aylanmasligi, aksincha jism ruh uchun bir asbob, vosita sifatida xizmat qilmog’i kerak, ruhlari taraqqiy etgan insonlar aqlu-zakovati, ilhomi va ijodkorligi, ilohiy farosati bilan ajralib turadilar deb tushuniladi. Yassaviy ta’limotida diniy-falsafiy tushunchalar bilan uyg’un tarzda keladigan ko’plab ma’no borki, ularda insonni ulug’likka, komillikka chaqiriladi, yomonlik bilan yaxshilikni farqlashga, halol nima, harom nimaligini bilishga, to’g’rilikni yoqlab, egrilikka bo’yin egmaslikka o’rgatiladi. Tasavvuf gunohni qoralaydi, ammo gunohlarga iqrorlikni to’la yoqlaydi, chunki tavba-tazarrux, tozalanish, poklanish demakdir deb tushuntiradi. Ma’lumki tasavvuf har tomonlama yetuk bo’lgan komil insonni voyaga yetkazish va takomillashshuviga masalasiga asosiy e’tiborni qaratadi. Ko’pchilik tasavvuf shayxlari (Abduxoliq G’ijduvoniy, Ahmad YAssaviy, Bahouddin Naqshband va boshqalar )ning e’tirof etishlaricha, so’fiylarning ruhiy takomili uchun to’rt bosqich-shariat, tariqat, ma’rifat va haqiqatni bosib o’tish zarurdir. Bu bosqichlarga erishish bir lahzalik ruhiy holat yoki hodisa bo’lmasdan, balki takomilga erishish uchun uzoq vaqt riyozat chekishi talab qilinadi. SHundagina Alloh vasliga zuhur bulish mumkin. Inson o’z nafsi ammorasini tiyish, orqali ruhini poklashi va abadiy ruh bilan birlashib ketishi mumkin. Bunday kishilar so’fiylik maqomiga ega bo’ladilar va komil inson darajasini egallaydilar. Shunday qilib, sufiylik tariqatlarining barchasida markaziy g’oya-bu komil inson bo’lib, kishilarni kamolot sari yetaklagan va chorlab kelgan. Ayniqsa Naqshbandiylik ta’limotidagi “Dil ba yoru-dast ba kor”(qul ishdayu qalb Ollohda) g’oyasi kishilarni mehnatsevarlik, xaqqoniylik va poklikka, ya’ni kamolot sari intilishga tarbiyalab kelgan. Ushbu o`gitlar bugungi kunlarda ham o’zining axloqiy-tarbiyaviy axamiyatiga ega bo’lib kelmoqda. |
ma'muriyatiga murojaat qiling