Djumanazarova mavluda abdunazarova
Barkamol avlod tarbiyasidagi uzluksizlik
Download 0.73 Mb. Pdf ko'rish
|
pedagogika fanlarini oqitishda qomusiy olimlar ilmiy merosidan foydalanish yollari
muxit Ona qornida Oilada Maktabgacha ta’limda Boshlang’ich ta’limda O’rta maktabda O’MKHTda Oliy ta’limda Oliy o’quv yurtidan keyingi faoliyatda 14
Milliy istiqlol g’oyalarining yoshlar qalbi va ongiga singdirishda umuminsoniy tamoyillar ham milliy qadriyatlar va tamoyillar kabi muhim o’rin egallaydi. Umuminsoniy tamoyillardan birin-vijdon erkinligi masalasi tashkil qiladi. Yoshlarni ma’naviy barkamol insonlar qilib tarbiyalashda milliy tarbiya modulini yaratish, yoshlarda ma’naviy kamolotni shakllantirish hamda inson manfaatlarining xalq, millat, davlat va jamiyat manfaatlari bilan uyg’unligini ta’minlash bugungi kunda muhim ahamiyat kasb etadi. Prezidentimiz I.A.Karimov yoshlarni barkamol etib tarbiyalashda “Ma’lumki insoning eng ustivor va muqaddas huquqlaridan biri-bu tinch yashash huquqidir.Davlat va jamiyatning burchi ana shu huquqni barcha qonuniy vositalar bilan kafolatlab berishdan iborat” 3 deb ta’kidlashi insonning ma’naviyatli bo’lishi uchun,ta’lim jarayonida turli yondoshuvlar asosida tashkil etish vazifasini qo’yadi. Prezidentimiz I.A.Karimov tashabbuslari bilan 2010 yml “Barkamol avlod yili deb e’lon qilinishi bugungi kunda yoshlarga bo’lgan e’tiborni kuchayganligidir.SHu maqsadda «Barkamol avlod yili» Davlat dasturi chora-tadbirlari ijrosini ta’minlash bo’yicha barcha ta’lim-tarbiya muassasalarida reja ishlab chiqildi. Rejaga asosan yoshlarda sog’lom turmush tarzini shakllantirish hamda shart-sharoitlari yaratish masalalari ham rejada ko’rsatilgan. Masalan: 1. “ Bolalarni bo’sh vaqtida ommaviy-madaniy tadbirlar, to’garaklarga jalb etish uchun barcha sharoitlarni yaratish 2. Maktabdan tashqari sport ta’limi muassasalarining huquqiy maqomini, ushbu muassasalarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish tartibini, ular faoliyatini moliyalashtirish manbalarini belgilash; 3. Tibbiy madaniyat masalalarida yoshlarning savodxonligini o’stirish va mas’uliyatini oshirish. 4. Yoshlar salomatligini ta’minlash maqsadida sihatgoh va tibbiyot maskanlariga imtiyozli yo’llanmalar ajratilishini yo’lga qo’yish; 5. Qishki va yozgi ta’til davrida talaba-o’quvchilarning sog’lomlashtirish maskanlarida dam olishlarini keng qamrovli tashkil etish
3
Karimov I.A. “Yuksak ma`naviyat- engilmas kuch” ._T. “Ma`naviyat” 2008, 73-b
15
6. Moddiy-texnika bazani mustahkamlash, zamonaviy o’quv va laboratoriya uskunalari bilan jihozlash, ta’lim jarayoni sifatini oshirish, talabalarning o’qish va yashash sharoitlarini yaxshilash. 7. Iqtidorli yoshlarni aniqlash, tarbiyalash va rag’batlantirish. 8. Yoshlar orasida sportni ommalashtirish. 9. Uzluksiz ta’lim tizimida o’quvchilar va talaba yoshlarda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun majburiy zarur eng kam ko’nikma va malakalarni shakllantirish chora-tadbirlarini amalga oshirish. 10. Yosh olimlarni qo’llab-quvvatlashga ko’maklashish, ularning ushbu yo’nalishdagi faoliyatini rag’batlantirish. 11. Bolalar va yoshlarda ijodkorlik iste’dodi va qobiliyatini aniqlash uchun shart- sharoitlar yaratish. 12. San’at, madaniyat va jurnalistikaning turli yo’nalishlari bo’yicha iste’dodli bolalar va yoshlarni taqdirlash va rag’batlantirish. 13. Yoshlar o’rtasida oilaviy qadriyatlarni targ’ib qilish bo’yicha quyidagi tadbirlarni amalga oshirish: 14. Yoshlarda sog’lom turmush tarziga, sog’lom oila qaror toptirishga, OIV infeksiyasini oldini olishga, tamaki chekish, alkogolli ichimliklar ichish, giyohvandlik va axloqsizlikdan voz kechishga intilishni shakllantirish. 15. Bolalarning tarbiyalashga va ma’naviy boy yosh avlodni shakllantirishga ko’maklashish. 16. Uchrashuvlar, davra suhbatlari, suhbatlar, munozaralar, viktorinalar, tushuntirish tadbirlari o’tkazish jadvali. 17. O’sib kelayotgan ma’naviy boy avlodni tarbiyalash. 18. Sog’lom turmush tarzi, yoshlarni giyohvandlikdan, axloqsizlikdan, chetdan ko’rsatiladigan zararli ta’sirlardan himoya qilish bo’yicha ilmiy-amaliy tavsiyalarni ishlab chiqish va joriy etish 19. Yoshlarda yoshi ulug’larga, Vatanimiz tarixiga, milliy an’analarga hurmat va ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo’lishni shakllantirish. 16
20. Aholi keng qatlamlarini yoshlar tashkilotlarining va yoshlarning har tomonlama kamolga yetgan yosh avlodni tarbiyalash uchun shart-sharoitlar yaratish ishlariga qo’shgan hissasidan xabardor qilish, shuningdek ushbu sohadagi ijobiy tajribani Davlat dasturida qo’yilgan vazifalarni amalga oshirishning aniq misollarini ko’rgazmali va qulay tarzda namoyish etish yo’li bilan tarqatish va ommalashtirish. 21. Yoshlarning bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish uchun sharoitlar yaratish 22. Ta’lim olayotgan ijtimoiy muhofazaga muhtoj talaba-yoshlarni qo’llab- quvvatlash” 1
Ma’naviyat insonning ulg’ayishi va kuch-qudrat manbai ekan, uning ma’naviy tiklanish hamda yuksalishida, albatta, ta’sirchan pedagogik mexanizmlarni topish zaruriyati vujudga keladi. Mustaqil O’zbekiston Respublikasining ijtimoiy siyosatida milliy o’zlikni anglash, milliy va umumbashariy qadriyatlarni o’zlashtirish orqali shaxs bilan jamiyat o’rtasida uyg’unlikni vujudga keltirish, ehtiyojlarning xususiylikdan umumiylikka o’sib o’tishining qondirilishi har jihatdan talabalar qobiliyatlari, iste’dodlari, ichki imkoniyatlarini, o’ziga xos individual-psixologik xususiyatlarini tadqiq etishni, shuningdek rivojlantirishni talab etadi. Yosh avlodning shaxs va sub’ekt sifatida shakllanishi ko’p jihatdan ularning ma’naviy qiyofasini shakllantirish va rivojlantirish masalalariga borib taqaladi. Shu jihatdan olganda, hurmatli Prezidentimiz Islom Karimovning: «Ma’naviyat haqida gap ketar ekan, men, avvalo, insonni ruhiy poklanish va yuksalishga da’vat etadigan, inson ichki olamini boyitadigan, uning iymon - irodasini, e’tiqodini mustahkamlaydigan, vijdonini uyg’otadigan qudratli kuchni tasavvur qilaman 2 »,- deyishida chuqur nazariy va ilmiy ma’no bor. Shunday ekan, bugungi kunda har tomonlama barkamol avlodni voyaga yetkazish, ularni komil inson qilib tarbiyalash- pedagogikaning eng dolzarb muammolari qatoridagi masalalardan biri bo’lib qoladi.
Download 0.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling